Qadimgi Hindiston huquqining asosiy belgilari. Qadimgi Hindiston
davlati va huquqi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari avvalo huquq
manbalarida o‘z aksini topgan. Qadimgi Hindistonning huquq manbalari
sifatida vedalarni, dxarmashastralar, artxashastralarni, Manu qonunlarini
va podsholar ediktlarini ko‘rsatish kerak.
Qadimgi Hindiston huquqi manbalari vedalar, dxarmashastra (diniy-
huquqiy, axloqiy yo‘l-yo‘riq)lar, artxashastralar (siyosat va huquq
haqidagi asarlar) hisoblanadi.
Artxashastra o‘ziga xos yozma yodgorlik bo‘lib, uni Iskandar
Maqduniyning zamondoshi mashhur mansabdor shaxs jamlagan. Davlatni
51
idora qilish to‘g‘risidagi bu ajoyib asarda mamlakatning
markazlashtirilgan va byurokratlashtirilgan davrining sharoitini aks
ettiradigan bir qancha muhim maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar, farmoyishlar
mavjud.
Dxarmashastralar dastlab braxmanlar tomonidan shogirdlari uchun
qo‘llanma sifatida tuzilgan. Keyinchalik u artxashastralardan ham muhim
huquq manbaiga aylangan. Eng qadimgi dxarmashastralar bo‘lmish
Gautama, Baudxayana, Apastamba va Vasishtxa «dxarmasutralar»
(sutratizma) degan nom bilan yuritilgan. Ular taxminan miloddan avvalgi
I ming yillikning ikkinchi yarmida va yangi era oralig‘ida paydo bo‘lgan.
Ana shu dxarmashastra asosida miloddan avvalgi II asr va milodning II
asrida vujudga kelgan Manu qonunlari
1
qadimgi hind qonunchiligida
alohida o‘rin tutadi. U braxmanizm maktablaridan biri tomonidan tuzilgan
bo‘lib, diniy kuch berish maqsadida afsonaviy podsho Manu nomi bilan
atalgan.
Manu qonunlari tuzilishiga ko‘ra 12 ta bob, 2685 ta moddadan iborat.
Undagi me’yorlar 2 misrali she’riy shaklda yozilgan. U mazmuniga ko‘ra
diniy, axloqiy va huquqiy me’yorlar yig‘indisidan iborat. Huquqiy
me’yorlar ko‘proq IV, VII, VIII va X boblarda belgilangan.
Huquq manbalari ichida odat huquqi ham muhim o‘rin tutgan. Hatto
dxarmashastralarda urf-odatlarga ko‘plab havolalar uchraydi.
Bundan tashqari, hind huquqi rivojlanishining turli bosqichlarida
podsholarning ediktlari – amr-buyruqlari ham huquqning muhim
manbaini tashkil etgan. Ularning sudlar uchun qonuniy-majburiy kuchi
artxashastralarda mustahkamlangan.
Qadimgi Hindiston huquq tizimi va institutlarini o‘rganish borasida
Manu qonunlariga murojaat etish lozim bo‘ladi.
Mazkur huquqda mulk, mulkka egalik qilish shakllari, mulkiy
huquqning tugash hollari belgilab qo‘yilgan. Mulkning asosiy turi yer
bo‘lib, harakatdagi mulklar ham himoya qilingan. Mulkka egalik qilishda
ayollar, bolalar hamda qullarning huquqi cheklab qo‘yilgan.
Fuqarolik huquqining majburiyatlarga oid munosabatlari Manu
qonunlarida ancha batafsil ishlab chiqilgan. Qonunlarda asosan
shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar haqida gapiriladi.
1
Izoh: Bu qonunlarning paydo bo‘lish vaqti hali to‘liq aniqlanmagan. Ko‘pgina
olimlar ularni miloddan avvalgi II asr va milodning II asri oralig‘ida paydo
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Huquqshunos olim H. Muhamedov ushbu fikr haqiqatga
yaqinligi ta’kidlaydi.
52
Shartnomalarning qarz, oldi-sotdi, saqlab turish, ijara va boshqa turlari
mavjud bo‘lgan. Shartnomalar uchun umumiy tamoyillar o‘rnatilgan.
Shuningdek, shartnomalar yozma shaklda tuzilib, unda tuzilgan vaqti va
joyi, tomonlarning turar joyi, urug‘ va kastaga mansubligi aniq
ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan. Aks holda ular haqiqiy hisoblanmagan.
Ularning bajarilishi tomonlar va davlat tomonidan tartibga solingan.
Qonunlarda shartnomalarning amal qilish muddatlari va bajarilish
vositalari ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda guvohlar talab
qilingan. Ayollarning, oilaning moddiy qaram a’zolarining huquqiy
layoqati cheklab qo‘yilgan.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha zarar
to‘la qoplangan va ustiga podsho foydasiga teng miqdorda jarima
to‘langan.
Nikoh-oila munosabatlari. Manu qonunlaridagi me’yorlar oilaviy
munosabatlarni mustahkamlashga ham qaratilgan. Ota xotini va
farzandlari ustidan to‘la hukmron bo‘lgan. Nikoh mulkiy bitim
hisoblangan. Uning natijasida xotin sotib olingan va erning mulkiga
aylangan. Erkaklar 24 yoshdan ayollar 8 yoshdan nikohga kirishi
mumkinligi belgilangan. Ayollar mustaqil bo‘lishga layoqatli emas, deb
qaralgan. Ayollar o‘z erlarini yomon bo‘lsa ham xudo deb hisoblashi
qattiq talab qilingan. Er bir nechta xotin olishi va ajrashishi mumkin
bo‘lgan. Ayollarga esa bu taqiqlangan.
Meros barcha o‘g‘illar o‘rtasida teng taqsimlangan. Qizlar merosdan
chetlashtirilgan, aka-ukalar o‘z ulushlaridan ¼ qismini ularga sep-sidirg‘a
sifatida ajratishi lozim bo‘lgan. Vasiyat bo‘yicha me’yorlar belgilan-
magan.
Qadimgi hind jinoyat huquqida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos ordaliya,
jamoaviy javobgarlik saqlangan. Talion prinsipi qo‘llanilmagan.
Jinoyatlar subyektiv tomoni, ijtimoiy xavfliligi va takroriy sodir etilishiga
qarab turlarga ajratilgan. Jinoyatlar orasida davlatga, shaxsga, mulkka va
oilaga qarshi jinoyatlarga alohida e’tibor berilib, ularga og‘ir jazo
tayinlangan.
Huquq, din va axloqning chambarchas bog‘liqligi natijasida jinoyat
va gunoh o‘rtasida aniq farq bo‘lmagan. Jazo tayinlashda ishtirokchilik va
varnaga mansublik inobatga olingan. Zaruriy mudofaa holatida jinoyat
sodir etilsa, oqibatidan qat’i nazar javobgarlik belgilanmagan. Yuqori
varnaga mansub kishi aybdor bo‘lsa, odatda, jarima jazosi tayinlangan.
Davlatga qarshi jinoyatlarga – o‘z mamlakatini yoki qishlog‘ini
qattiq ovoz chiqarib so‘kkanlik uchun eng yuqori jarima belgilangan.
53
Manu qonunlari shaxsga qarshi har qanday zo‘rlikni qoralagan. Quyi
varnadagi shaxs yuqori varna vakilining sog‘lig‘iga ziyon yetkazsa, shu
a’zosi kastratsiya qilingan. O‘lim kelib chiqsa, u ham qatl etilgan.
Manu qonunlarida mulkiy jinoyatlarga katta o‘rin ajratilgan. Unda
o‘g‘rilikka alohida e’tibor berilgan. Mulkni yashirincha egallash, oshkora
(talonchilik) va zo‘rlik yo‘li bilan egallash (bosqinchilik)dan aniq
ajratilgan. O‘g‘rilikni ko‘rib bu haqda xabar bermagan shaxs ham
javobgarlikka tortilgan.
Qonunlarga binoan jazolarning xilma-xil turlari qo‘llanilgan. Ularga
oddiy va murakkab turdagi o‘lim jazosi, barmoqlarni, oyoqlarni, jinsiy va
tanadagi boshqa a’zolarni kesish kabi tan jazosi turlari qo‘llanilgan.
Ulardan tashqari jarima, haydab yuborish, qamoq kabi jazolar
belgilangan. Mamlakatdan, kastadan, oiladan haydab yuborish kabi
jazolar hamda sharmanda qiluvchi jazolardan – tamg‘a bosish, sochini
olib tashlash singari jazolar ham amal qilgan.
Huquq manbalarida sud ishlarini yuritish haqida batafsil bayon
etilgan. Fuqarolik va jinoyat ishlari bir xil tartibda yuritilgan. Sud
ma’muriyatdan ajratilmagan. Sud ishlari tomonlarning arizasi asosida
qo‘zg‘atilgan. Manu qonunlarida da’volarning 18 ta turi ko‘rsatilgan.
Tergov sud majlisidagina amalga oshirilgan. Protsessual huquqda alohida
hollarda, tomonlarning roziligi bilan muhim dalillar bo‘lmaganda va
guvohlar bo‘lmasa, ordaliyadan foydalanilgan. Uning 5 ta sinash usuli
tarozi, olov, suv, zahar va qasam ichish bilan amalga oshirilgan.
Sudda ashyoviy dalillarga ham e’tibor berilgan. Adolatli podsho
o‘g‘rilangan narsani topmay turib o‘g‘rini qatl etmasligi Manu
qonunlarining IX bobi 270-moddasida ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |