Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

3-§. Qadimgi Yunon va Rim siyosiy tuzumining shakllanishi 
Ma’lumki, insoniyat sivilizatsiyasi tarixi va unga xos davlat va huquq 
tarixi Qadimgi Sharqdan boshlanadi. Undan kelib chiqqan 
sivilizatsiyaning yangi va yuqori darajasi O‘rta yer dengizida 
Yevropaning janubida tashkil topgan antik jamiyatning rivojlanishi bilan 
bog‘liq. 
Tarix fanida «Antik dunyo»
1
 iborasi, odatda, Qadimgi Yunoniston va 
Qadimgi Rim, shuningdek, ellinistik davlatlar tarixiga nisbatan ishlatiladi.  
Qadimgi Yunoniston – Bolqon yarim oroli, Egey va O‘rta yer 
dengizlaridagi bir qancha orollarni o‘z ichiga olgan mamlakat. U tabiiy 
jihatdan 3 qismga: Shimoliy Yunoniston, O‘rta Yunoniston va Janubiy 
Yunoniston (Peloponnes)ga bo‘linadi. Maydonining 2/3 qismi 
tog‘liklardan iborat. Yunoniston tarixi Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi 
bilan bir vaqtda va u bilan o‘zaro aloqador holda rivojlangan. 
Qadimgi Yunoniston tarixi quyidagi besh davrga bo‘lib o‘rganiladi: 
– egey yoki krit-miken davri (mil. avv. III–II minginchi-y.). Ilk 
davlatlarning paydo bo‘lishi davri; 
– Gomer davri (miloddan avvalgi XI–IX asrlar). Doriylar mustam-
lakasi davrida ibtidoiy munosabatlarga qaytish va undan keyin 
umumyunon rivojlanish davri; 
– arxaik davr (miloddan avvalgi VIII–VI asrlar). Polis shaklidagi 
sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetgan; 
– klassik davr (miloddan avvalgi V–IV asrlar). Antik polislarda 
quldorlik munosabatlarining eng yuqori darajada rivoj topishi; 
– ellinizm davri (miloddan avvalgi IV asrning II yarmi va I asrning 
o‘rtalari). Eron davlatining yunon-makedoniya istilosiga uchraganidan 
so‘ng Yaqin Sharq yerlarida quldorlik jamiyatining yanada rivojlanishi 
davri. U g‘arb tomonidan Rim, sharqiy qismi Parfiya tomonidan bosib 
olinishi bilan tamomlanadi.  
So‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi III ming 
yillikdayoq Bolqon yarim orolining janubida va uning atrofidagi orollarda 
ibtidoiy jamoa munosabatlari buzila boshlagan. 
Antik sivilizatsiya o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga miloddan avvalgi 
I ming yillikda va yangi era boshlarida erishgan. Ayni shu vaqtda 
yunonlar va rimliklar insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, jumladan 
1
Izoh: Antik so‘zi lotincha «antiguitas» – qadimgi, eski so‘zidan olingan.


 62
siyosiy-huquqiy sohalarda ham katta yutuqlarga erishganlar. Shu 
munosabat bilan antik davlatchilik alohida o‘rin tutadi. 
Yunon-rim dunyosida dastlabki shahar-davlatlar O‘rta yer dengizi 
bo‘g‘ozida miloddan avvalgi III–II ming yilliklardayoq sharq dunyosining 
muhim ta’siri ostida tashkil topgan
1
.
Qadimgi Yunonistonda davlatning tashkil topishi jarayoni 
qabilalarning ko‘chib o‘tishi va aralashuvi munosabati bilan to‘lqinsimon, 
uzilib-uzilib sodir bo‘lgan. Bunda ichki va tashqi omillar qo‘shilib birdek 
ta’sir ko‘rsatgan. Antik dunyo davlatchiligi tashkil topishi jarayonining 
xususiyatlarini ko‘p jihatdan tabiiy-geografik omillar belgilab bergan. 
Masalan, birgalikdagi sug‘orish ishlari va jamoa yer egaligi kam bo‘lgan. 
Hunarmandchilik esa mehnat unumdorligini oshiruvchi sifatida keng 
tarqalgan. Dengiz savdosi ayniqsa keng taraqqiy etgan. Tabiiy sharoitlar 
boshqa jihatdan ham Yunonistonda davlat hokimiyatini tashkil etishga 
ta’sir ko‘rsatgan. Yunonlarning ko‘pchilik qismi yashagan dengiz 
qirg‘oqlarini kesib o‘tgan tog‘ tizmalari va ko‘rfazlari mamlakatning 
siyosiy birlashtirilishiga to‘siq bo‘lgan. Shunday qilib, tabiiy to‘siqlarning 
o‘zi bu yerda ko‘p sonli, uncha katta bo‘lmagan va bir-biridan ancha 
ajralib qolgan shahar-davlatlar – polislarning tashkil topishiga sharoit 
yaratgan. 
Polis tizimi nafaqat Yunonistonga, balki butun antik dunyoga xos 
bo‘lgan davlatchilikning muhim va xarakterli belgisi hisoblanadi. 
Polislarining ichki ehtiyoji ularning dengiz savdosi orqali o‘zaro aloqaga 
kirishiga va polislar tizimining vujudga kelishiga, O‘rta yer dengizi 
siyosiy madaniyati, sivilizatsiyasini tashkil etishlariga olib kelgan. 
Qadimgi yunonlarda shahar-davlatlarning ichki tuzilishi xilma-xil 
bo‘lgan. Ularning boshqaruv shakli turlicha bo‘lgan. Jamiyatda klassik 
quldorlik va antik demokratiya gullab-yashnagan. Polislar dastlab yagona 
podsho – tiran (basiley, reks va h.k.)lar tomonidan idora etilgan. So‘ngra 
podsho va aristokratiya hukmron bo‘lgan. Tiraniya davrida ham tiran o‘z 
hokimiyatini saqlash maqsadida polis aholisiga tayangan. Keyinchalik 
monarxiyalar tugatilib, respublika tuzumi va polislarning mustahkam 
tizimi yaratilgan. 
Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari 
va II ming yillikdan to doriy qabilalari bosqiniga qadar Miken, Pilos, 
Tirinf, Krit nomli yirik davlatlar faoliyat ko‘rsatgan. 
1
 Qarang: Ɇɭɯɚɦɟɞɨɜ ΢. ɏɨɪɢɠɢɣ ɦɚɦɥɚɤɚɬɥɚɪ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ.
1-ԕɢɫɦ. – Ɍ., 1999. – Ȼ. 186.


 63
Miloddan avvalgi XIII–XII asrlarda doriy qabilalari Bolqon yarim 
orolining shimolidagi yerlardan janub tomon siljib, O‘rta va Janubiy 
Yunonistonga bostirib kiradilar. Natijada mavjud davlatlar tor-mor etiladi. 
Bu yerdagi aholi qaytadan ibtidoiy munosabatlar girdobiga tushadi. 
Gomer davrida shahar-davlat – viloyatlar boshqaruvi qabilaviy 
boshqaruv shaklida harbiy demokratiya sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. 
Qabila (filo) boshliqlari – basiley (filobasiley)lar bo‘lgan. Hokimiyat 
doimiy organ oqsoqollar kengashi – bule ixtiyorida bo‘lgan. Ijtimoiy 
hayotda xalq yig‘inlari muhim ahamiyat kasb etgan. 
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishdan so‘ng Yunonistonda 
yangidan kichik-kichik quldorlik davlatlari tashkil topa boshlagan. 
Bo‘linib ketgan mayda viloyatlardan birinchi shahar-davlat – polislar 
tashkil topgan. Miloddan avvalgi XI–VIII asrlarda yunonlar dunyosida 
Afina, Sparta, Korinf, Megara, Agros, Fiva, Siklon va boshqa juda ko‘p 
kichik-kichik shahar-davlatlar bor edi.  
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda bir necha yuz qadimgi yunon 
polislari ichida harbiy jihatdan ancha yirik va kuchli Afina va Sparta 
shahar-davlatlari birinchi o‘ringa chiqqan. Aynan ular Yunoniston 
tarixida muhim rol o‘ynagan. 
Afinada xususiy mulkchilik, quldorlik, savdo-sotiq ancha rivojlanib, 
antik demokratiyaning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.  
Sparta esa unga qarama-qarshi o‘laroq, aristokratik harbiy-lager 
davlat bo‘lgan. Boshqacha aytganda, Afina – quldorlik demok-
ratiyasining, Sparta esa – quldorlik aristokratiyasining namunasi bo‘lgan. 
Ular o‘rtasida Yunonistonda hukmronlikni qo‘lga olish uchun kurash 
boshlanib, butun yunon dunyosi polis tizimining zaiflashishiga olib 
kelgan. 
Afina davlati tarixi miloddan avvalgi VII–VI asrlarda tashkil 
topishidan boshlanadi. U miloddan avvalgi V–IV asrlar o‘ta rivojlanadi. 
Afinaning halokatga uchrashining sababi faqat qulchilik tuzumi bo‘lmay, 
balki davlatning ichki polis tizimi zaifligida bo‘lgan. Miloddan avvalgi V 
asrning oxirlariga kelib Afinada mulkiy tengsizlik kuchayadi. Miloddan 
avvalgi 431-yilda boshlangan Peloponnes urushi natijasida Afina ittifoqqa 
kirgan davlatlar va Sparta tomonidan mag‘lubiyatga uchraydi. Miloddan 
avvalgi 336-yilda Afina va butun Yunoniston Aleksandr Makedonskiy 
imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan. Keyinchalik ham butun Yunoniston 
uning avlodlari davlati tarkibida bo‘lgan. Miloddan avvalgi II asrda rim 
legionlari Afinaga bostirib kirgan va natijada Afina butun Yunoniston 
singari Rim davlatining provinsiya (viloyat)laridan biriga aylangan. 


 64

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish