65
berish yo‘li bilan eski tartiblarni qaytadan o‘rnatishga bo‘lgan
urinish
amalga oshmaydi. Quldorlik jamiyatining rivojlanishi ijtimoiy va siyosiy
tartiblarni halokatga olib kelgan. Ichki kurashlar ta’sirida kuchsizlanib
qolgan Sparta boshqa yunon davlatlari kabi miloddan avvalgi II asr
o‘rtasida Rim davlati hokimiyati ostiga tushib qolgan.
Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi va rivojlanishi. Antik
dunyodagi eng qudratli, yirik davlat – Italiyada tarkib topgan Rim
respublikasi edi. U O‘rta yer dengiz davlatlari ichida eng kuchlisi bo‘lgan.
Keyinchalik miloddan avvalgi I asr va milodning II asrida Rim quldorlari
butun Shimoliy Afrikani, Yevropaning
ancha qismini va Old Osiyo
mamlakatlarini o‘z hukmronligi ostiga olgan va qariyb besh yuz yil hukm
surgan g‘oyat katta davlatga aylangan.
Qadimgi Rim davlati tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganamiz:
– Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining
tashkil topishi davri. Bu miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga asos
solinishidan to miloddan avvalgi 509-yilda oxirgi Rim podshosi
Tarkviniy Superbning Rim aholisi tomonidan haydab yuborilishigacha
bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi;
– Respublika davri. Miloddan avvalgi 509–27-yillar. Bu davrning
o‘zi ham 2 bosqichga bo‘linadi: ilk respublika (mil. avv. V–III asrlar) va
kechki respublika (mil. avv. III–I asrlar);
– Monarxiya davri. Miloddan avvalgi 27-yildan milodning 476-
yiligacha. Bu davr ham 2 bosqichga: prinsipat (mil. avv. 27-yildan ɬɨ
milodning 284-yillarigacha) va dominat, ya’ni mutlaq yakka hokimlik
(milodning 284–476-yillari)ga bo‘linadi.
Bundan keyingi davr Rim quldorlik davlatining inqirozi davri bo‘lib,
milodning 476-yilida G‘arbiy Rimni franklar qabilalari bosib olganlar
Rim Sharqiy Rim esa Vizantiya nomi bilan 1453-yilda usmonli turklar
Konstantinopolni bosib olgunlariga qadar yashaydi.
Miloddan avvalgi I asrga kelib Rimda ham polis tizimi tugagan.
Qullar qo‘zg‘oloni natijasida miloddan avvalgi I asrda
yirik
davlatchilikka asoslangan imperiya vujudga kelgan. Lekin, uzoq
vaqtlargacha polis tizimining ta’siri sezilib turgan. Keyingi davrlarda ham
respublika polis institutlari byurokratik monarxiya tashkil etishga ta’sir
ko‘rsatgan. Keyingi Rim imperatorlari hokimiyatining mustahkamlanishi
va xristianlikning qabul qilinishi natijasida polis tartiblari batamom
tugatilgan.
Antik dunyo davlatlarida huquqing umumiy va o‘ziga xos xususiyat-
lari. Antik davrda huquq birdaniga shakllanmagan. U ishlab chiqilishi
66
bo‘yicha ilk bosqichlarda sharq mamlakatlari huquqiy tizimiga o‘xshash
bo‘lgan. Antik yunoniston va Rimda huquqning rivojlanishi alohida
polislar doirasida amalga oshirilgan. Shahar-davlatlarda demokratik
institutlarning rivojlanishi huquqning diniy-mifologik jihatlardan xolos
bo‘lishi natijasida tug‘ilgan. Yozilmagan odatlar o‘rniga
yozma
qonunchilik kelgan. Huquq, shunday qilib, antik dunyoda polis hayotini
tartibga soluvchi nufuzli va majburiy me’yorlar majmuiga aylangan.
Yunonistonda qonunlar huquq ijodkorligining asosiy shakli sifatida
e’tirof etilgan. Rimda qonunlar huquqning muhim manbai sifatida
o‘rnatilgan va odat huquqi kodifikatsiya qilingan. Yunon an’analariga
asosan huquqning qadimiy kodifikatsiyalari Zalevka tomonidan Lokrada
(Italiya), Xaronda tomonidan Katon (Sitsiliya) va boshqa
yunon shahar-
davlatlarida o‘tkazilgan. Shunga o‘xshash huquqiy to‘plamlardan biri –
Drakont qonunlari miloddan avvalgi VII asrning oxirida Afinada tuzilgan.
Afinada xalq majlislari tomonidan yangi demokratik qonunlarning
qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI asrda Solon va Klisfen
islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa an’anaviy huquqiy odatlar
qayta ishlanib, XII jadval qonunlarida yozib qo‘yilgan. Bu qonunlarda
shuningdek, xalq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida
nazarda tutilgan.
Yunon shahar-davlatlarida fuqarolar yoshliklaridanoq qonunlarga va
polisda o‘rnatilgan tartiblarga bo‘ysunish va ularga hurmat ruhida
tarbiyalangan. Afinada demokratik tizim o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u qullar va
chet elliklar uchun emas edi. Huquqqa sig‘inish va qonunlarni hurmat
qilish nisbatan ko‘proq darajada Rim jamiyatida vudjudga kelgan.
Qonunlarga so‘zsiz amal qilish yuridik
majburiyat emas, balki sharafli ish
hisoblangan.
Yunonistonda Suqrot, Rimda esa mashhur yurist Sitsiron o‘z siyosiy-
huquqiy ta’limotlarini yaratganlar. Shu tariqa huquqiy davlat g‘oyasining
ilk shakllanishi yuz bergan.
Klassik Rim huquqi antik va butun qadimgi dunyo huquqi tarixidagi
eng yuksak cho‘qqidir. Antik dunyoning eng buyuk yutuqlaridan biri –
Rim xususiy huquqidir. Bu shakli, mazmuni, mantiqiy asoslanganligi,
qat’iy va aniq bayon qilinganligi uchun uni keyingi davrlarda retsepsiya
qilinishiga (andoza qilib olinishiga) sabab bo‘lgan. Rim huquqi bilan
birga rim yurisprudensiyasi ham rivojlangan. Rim yurisprudensiyasi
asosida yuridik kasb tug‘ilgan. Unga mos ravishda esa maxsus huquqiy
ta’limga asos solingan.