Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Rim davlati. Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi. Miloddan 
avvalgi 753-yilda Rim shahriga asos solingan vaqtda (Romul va Rem 
tomonidan) Tibr daryosi bo‘ylaridagi qabilalarda ibtidoiy jamoa 
tuzumining yemirilishi jarayoni yuz berayotgan edi. Bu yer uchta qabila: 
qadimgi lotin, sabin va etrusklarning xuddi Afinadagi sinoykizmga 
o‘xshab urushlar yo‘li bilan birlashtirilishi natijasida Rim jamoasi tashkil 
topgan. Qadimgi rim urug‘lari a’zolari patritsiylar deb atalgan. 
Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi mulkiy tabaqalanishga 
va xususiy mulkning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Turli manbalar asosida 
qulchilik kelib chiqqan. Kambag‘allashgan jamoachilar, kelgindilar va 
ozodlikka chiqqan qullardan – kliyentlar guruhi paydo bo‘lgan. Qulay 
shart-sharoitlar natijasida Rimga ko‘chib kelganlar plebeylar deb atalgan. 
Ular o‘rtasida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy farqlar mavjud bo‘lgan. 
Rim jamoasi tepasida senat tomonidan saylab qo‘yiladigan reks (ryex 
– podsho) turgan. Uning vakolatlari cheklangan bo‘lib, asosan harbiy, 
diniy va sud vakolatlariga ega bo‘lgan. Reks senatga raislik qilgan, 
fuqarolar lashkari – legionga boshchilik qilgan. Umummajburiy qarorlar 
chiqargan. 
Rim jamoasining muhim boshqaruv organi urug‘larning oqsoqollari 
kengashi – senat bo‘lgan. U sud vazifasini ham bajargan. Har bir urug‘ 
boshlig‘i senatga a’zo bo‘lib kirgan. Rim jamoasi 300 ta urug‘dan iborat 
bo‘lganligi uchun senat ham 300 ta senatordan tashkil topgan. 
Jamoaning muhim masalalari xalq yig‘inida ko‘rilgan. Biroq uning 
qarorlari senat va reks tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan. U 
muhim hukumat organi ham hisoblanadi.  
Rim jamoasining tashkil etilishi izchilligi va mukammalligi bilan 
ajralib turgan. Qabilalar – tribalar deb atalib, urug‘lar birlashmalari – 
kuriyalardan tashkil topgan. Tribada 10 kuriya bo‘lgan, har bir kuriyaga 
10 ta urug‘ kirgan. Shunday qilib, aholisi 3 ta qabila 300 ta urug‘dan 
iborat edi. Xalq yig‘ini ham aynan kuriyalar bo‘yicha chaqirilgan va qaror 
qilgan. Rim jamoasi boshqa xalqlar uchun yopiq bo‘lgan. 
Plebeylar va patritsiylar o‘rtasida ijtimoiy tengsizlik natijasida 
yuzaga kelgan urush miloddan avvalgi VI asrda plebeylarning g‘alabasi 
bilan tugaydi. Oqibatda ijtimoiy jamoa tuzumi yemirilib, davlatning 


 75
tashkil topish jarayoni yuz beradi. Plebeylar g‘alabasi va qadimgi Rimda 
davlatning tashkil topishi miloddan avvalgi VI asrda reks Serviy Tulliy 
tomonidan o‘tkazilgan islohotlar bilan mustahkamlanadi.  
Bu islohotlar Rimning ijtimoiy tuzumi asosiga mulkiy va hududiy 
tamoyillarni qo‘ygan. Ular yangi davlat organlarini shakllantirish yo‘lidan 
borgan. Islohotlar natijasida aholi mulkiga ko‘ra ma’lum qo‘shin beruvchi 
6 ta sinfga ajratiladi. Buning natijasida senturiyalar majlisi (senturiya - 
yuzlik) deb ataluvchi xalq majlisi vujudga kelgan. Erkin aholi hududiy 
belgilariga qarab bo‘linishida 4 ta shahar va 17 ta qishloq tashkil etilgan. 
Ayni bu davrda XII jadval qonunlari qabul qilinganligini unutmaslik 
kerak. Bu davrda shuningdek, qator podsholar va oliy mansabdor shaxslar 
tomonidan plebeylar huquq holatini yaxshilashga qaratilgan joriy 
qonunlar ham amalga kiritilgan. 
Miloddan avvalgi 509-yilda oxirgi (yettinchi) reks Tarkviniy Superb 
haydab yuborilgandan so‘ng Rimda respublika tuzumi o‘rnatilgan. Bu 
davrda Rim ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, hududiy va harbiy jihatdan ancha 
mustahkamlanadi. Chegaralari kengayib, u dunyodagi eng qudratli 
davlatga aylanadi. Miloddan avvalgi III asrga kelib qishloq jamoalari 31 
ta yetgan.  
Respublika davrida davlat hokimiyati sodda shaklda tashkil etilgan. 
Keng hududlar ustidan markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi oliy 
organlar tizimida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan. Bu esa boshqaruv 
samarasini kamaytirib, vaqt o‘tishi bilan respublika tuzumining qulashi 
sabablaridan biri bo‘lib qolgan. 
Rim respublikasida aristokratik va demokratik boshqaruv belgilari 
qo‘shilib ketgan. Bu oliy organlar – xalq majlislari, senat va 
magistraturaning vakolatlari va o‘zaro munosabatlarida ham o‘z aksini 
topgan. Davlat chegaralarining kengayishi va erkin kishilar sonining 
oshishi munosabati bilan majlislar tarkibida o‘zgarishlar kuzatilgan. 
Rim respublikasida xalq majlislarining quyidagi uch turi: sentu-
riyalar, tribalar va kuriyalar komitsiyalari (kengashlari) mavjud bo‘lgan. 
Senturiyalar davlat boshqaruvida katta o‘rin tutgan. Senturiyalar 
komitsiyasi (majlisi) vakolatlariga quyidagilar kirgan: respublikaning oliy 
mansabdor shaxslari (konsullar, pretorlar, senzorlar)ni saylash, urush 
e’lon qilish, sulh tuzish va o‘lim jazosiga hukm qilinganlar shikoyatlarini 
ko‘rib chiqish masalalarini hal qilish kabilar kirgan. 
Triba xalq majlislari triba aholisidan iborat bo‘lib, ularning 
vakolatlari quyidagicha bo‘lgan: quyi mansabdor shaxslar (kvestor, 
edillar va boshq.)ni saylaganlar, jarimaga undirish haqidagi hukmlar 


 76
ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rganlar. Miloddan avvalgi III asrga 
kelib, ular qonun chiqarish vakolatini ham qo‘lga kiritadilar. Kuriyalar 
kengashi bu davrlarda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan va asosan vasiyat qilish, 
o‘g‘il qilib olish kabi masalalarni hal qilgan. 
Davlat mexanizmida senat muhim o‘rin tutgan. U respublikaning oliy 
davlat organi hisoblangan. Senatorlar saylanmagan. Ularning soni dastlab 
300 ta, miloddan avvalgi I asrda 600 ta, keyinchalik esa 900 taga 
ko‘paytirilgan. Rasman senat maslahatchi organ bo‘lib, uning qarorlari 
senatus-konsult deb atalgan. Lekin senatning vakolatlari juda keng 
bo‘lgan. Xalq majlislarining qarorlarini tasdiqlagan va faoliyatini nazorat 
etgan. Uning vakolatlariga davlat xazinasini va harbiy hayotni boshqarish, 
davlat mulkini idora qilish, soliqlarni joriy etish, diniy marosimlar 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish ham kirgan. Senatning tashqi siyosiy 
vakolatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.  
Magistraturalar deb davlat mansabdorlariga aytilgan. Ularga nisbatan 
saylab qo‘yishlik, muddatlilik, kollegiallik, haq to‘lamaslik va javobgarlik 
tamoyillari amalda bo‘lgan. Hamma mansabdorlar senturiyalar yoki 
tribalar majlislari tomonidan bir yilga saylangan. Magistrlarning 
hokimiyati oliy va umumiyga bo‘lingan. Oliy hokimiyat faqat diktatorga, 
konsullarga va pretorlarga berilgan. Mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari 
doirasida farmoyishlar berib, bajarilishini nazorat etganlar. 
Magistrlik odatiy va odatdan tashqari (favqulodda) magistrlikka 
bo‘lingan. Oddiy-odatiy-doimiy magistraturalarga konsullar, pretorlar, 
senzorlar, kvestorlar, edillar va boshqa mansablar kirgan. 
Konsullar ikki nafar (biri patritsiylardan, biri albatta plebeylardan) 
bo‘lib, oliy magistratlar bo‘lgan va butun magistratura tizimiga boshchilik 
qilgan. Ular har yili senturiya kengashlarida saylangan. Harbiy va 
fuqarolik hokimiyati ular qo‘lida bo‘lgan. 
Pretorlar lavozimi miloddan avvalgi IV asrda konsullarning yordam-
chilari sifatida paydo bo‘lgan. Konsullar yo‘q vaqtida Rim shahrini 
boshqargan, sud ishlarini yuritishga rahbarlik qilganlar. Shuningdek, 
viloyatlarni boshqarganlar, senat topshirig‘i bilan legionlarga qo‘mon-
donlik qilganlar va umummajburiy qarorlar qabul qilib, huquqning yangi 
me’yorlarini chiqara olganlar. Ular dastlab 1 ta, keyin 2 ta saylanadigan 
bo‘lgan. Biri rim fuqarolari va yana biri chet elliklar ishlarini ko‘rganlar. 
Asta-sekin ularning soni 8 taga yetgan. 
Senzorlar – rim fuqarolarining ro‘yxatini tuzish, ularni mulkiy 
ahvoliga qarab darajalarga ajratish hamda senatorlar ro‘yxatini tuzish 
uchun senturiya komitsiyalari tomonidan 5 yilda 1 marta 2 tadan 


 77
saylangan. Ular vakolatiga axloqi kuzatib turish va tegishlicha ediktlar 
chiqarish ham kirgan. 
Kvestorlar – kichik magistratlarga mansub bo‘lib, ular triba komit-
siyalarida saylangan. Vaqt o‘tishi bilan ular senat roziligi ostida 
moliyaviy xarajatlarni yurita boshlaganlar, xazinachilik vazifasini 
bajarishgan, davlat arxivini qo‘riqlashgan, viloyat hokimlariga yordamchi 
bo‘lganlar va harbiy xazinaga mudirlik qilganlar. Shuningdek, ba’zi 
jinoiy  ishlar bo‘yicha tergov olib borganlar. Respublikaning oxiriga kelib 
ularning soni 20 taga yetgan. 
Edillar ham ikkita bo‘lishgan. Ular kichik magistratlardan bo‘lib, 
shaharda jamoat tartibini, bozorda savdoni va obodonchilikni kuzatganlar, 
shaxsni oziq-ovqat bilan uzliksiz ta’minlashga javob berganlar, bayramlar 
va xalq tomoshalarini tashkil etganlar. 
«Yigirma oltita erkaklar» kollegiyalari 26 kishidan tashkil topib, 
beshta kollegiyadan iborat bo‘lgan. Ular qamoqxonalar, pul zarb etish, 
yo‘llarni tozalash masalalarini va ba’zi sud ishlarini yuritganlar.  
Har bir magistrat ixtiyorida o‘z mahkamasi, unda ko‘pdan-ko‘p 
xattotlar, jarchilar va boshqa xizmatchilar bo‘lgan.   
Odatdan tashqari magistrlardan Diktator – senatning taklifi bilan 
konsullarning biridan tayinlangan. Ba’zi hollarda senturiyalar kengashi 
bevosita diktator tayinlashga haqli bo‘lgan. Diktator cheklanmagan 
hokimiyatga ega bo‘lib, barcha magistratlar unga bo‘ysungan. Harbiy va 
fuqarolik hokimiyati 6 oy mobaynida diktator qo‘lida bo‘lgan. Veto 
huquqi unga ta’sir etmagan va uning faoliyatidan shikoyat qilish mumkin 
bo‘lmagan.  
Odatdan tashqari favqulodda magistratlar qatoriga detsemvirlar 
komissiyasini ham kiritish mumkin. Bu komissiya plebeylarning teng 
huquqlar uchun navbatdagi kurashlardan biri ko‘tarilgan davrda mil.avv. 
450 – 451-yillardagi XII jadval qonunlarini tayyorlash uchun tashkil 
etilgan edi.  
Rim respublikasi tarixida armiya juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Armiya o‘ta intizomli va yaxshi qurollangan edi. Armiyaning bosh 
ko‘tarishi natijasida miloddan avvalgi 88-yilda Sulla davrida mavjud 
hokimiyat ag‘darib tashlanadi. 
Binobarin, miloddan avvalgi II–I asrlarda quldorlik munosabatlari 
rivojlanishi natijasida sinfiy va ijtimoiy ziddiyatlar yanada keskinlashadi. 
Bu davrda aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlar (tribunlar) tomonidan triba 
majlislari orqali zodagonlar siyosiy nufuzini zaiflashtiruvchi, kambag‘al 
va yersiz dehqonlarni mulk egasiga aylantirishga qaratilgan qonunlar 
amalga kiritilgan.  


 78
Siyosiy vaziyat keskinlashuvi natijasida davlat muassasalarini yangi 
tarixiy sharoitlarga moslashtirishga qaratilgan harakatlar qilingan. Bunday 
harakatlardan eng muhimi Sulla diktaturasi davrida (mil. avv. 82–79-y.) 
amalga oshirilgan edi. 
Sulla diktaturasidan keyin qisqa vaqt o‘tgach YU. Sezar diktaturasi 
o‘rnatilib, u miloddan avvalgi 45-yilda imperator unvonini olgan. 
Miloddan avvalgi 27-yilda Rim davlatining imperiya davri boshlanadi.  
Imperiya davrida imperator hokimiyatining kuchayib borishi ko‘zga 
tashlangan. Boshqaruv imperator boshchiligidagi amaldorlardan iborat 
byurokratik va harbiy apparat ixtiyoriga o‘tgan. 
Milodning 476-yilida esa german qabilalari G‘arbiy Rim imperiyasini 
bosib olishi natijasida bu davlat tugatilgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish