83
hokimiyat, bo‘ysunish xarakterida, xususiy huquq rasman tenglik
xarakterida bo‘lgan.
Mulkiy munosabatlarni tartibga solish rim xususiy huquqida
markaziy o‘rin egallaydi. Ashyolar xarakteriga ko‘ra turlarga ajratilgan.
Bu davrda mulk huquqiga ega bo‘lish usullariga katta e’tibor berilgan.
Xalqlar huquqi va xususiy huquqda ham uning turlari batafsil ishlab
chiqilgan.
Xususiy mulkni himoya qilinishi uchun mulkdan foydalanishga
to‘sqinlik uchun progibator, begona mulkka asossiz qilingan da’voga
qarshi negator da’volardan ham foydalanilgan.
Xususiy mulk egasi
vindikatsion da’vo natijasida o‘z mulkini isbotlasa, u egasiga qaytarilgan.
Mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va uni oddiy ushlab turish bir-
biridan farqlangan.
Klassik davrda garov huquqi ham keng rivojlangan. Qarz summasidan
qat’i nazar u qaytarilmasa, garovdagi ashyo umrbod kreditorda qolgan.
Imperatorlik davrida yunon huquqining ta’siri ostida impoteka degan garov
shakli ham rivojlangan. Bunda garov qo‘yilgan ashyo (odatda yer)
qarzdorning o‘zida qolgan, kreditor esa ashyo huquqiga – qarzdor
tomonidan
garovga qo‘yilgan yerning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik va majburiyatlar
bajarilmagan holda talab qilib olish huquqiga ega bo‘lgan.
Majburiyat huquqi instituti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi
bilan klassik davrda ancha taraqqiy etgan. Ayniqsa, shartnoma (kontrakt)
va bitim (pakt)lar ancha batafsil va aniq ishlab chiqilgan. Shartnomalar
verbal (og‘zaki), literal (yozma), real (ashyo zarur) va konsensual (bitim)
kabi guruhlarga ajratilgan.
Klassik davrda er hokimiyatisiz nikohning yangi shakli keng tarqala
boshlangan. Ayol ko‘pgina huquqlarga (qarindoshlari bilan aloqa qilish
va h.k.), mulkiy mustaqillikka va bolalariga nisbatan ba’zi huquqlarga ega
bo‘lgan. Oilaviy munosabatlar kuchsizlangan. Postklassik davrda
ayollarning muomala layoqati amalda erkaklarning muomala layoqati
bilan tenglashtirilgan.
Oilada kuchli ota hokimiyatining yumshatilishi
meros huquqida ham
ba’zi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Merosxo‘rlar doirasi kengayib, ular
qatoriga xotinining qarindoshlari ham kirgan.
Fuqarolik jarayoni shakllaridagi o‘zgarishlar natijasida fuqarolik
ishlari endi boshidan oxirigacha bitta magistrat tomonidan ko‘riladigan
bo‘lgan. Fuqarolik ishlarini ko‘rish uchun boj olish tartibi joriy etilgan.
Tomonlarning bayonotlari sud qaydnomalariga yozib borilgan, bu yozma
sud ishlarini yuritishga asos solgan. Magistrat chiqargan sud qarori
ustidan apellatsiya bosqichi joriy etilgan. Biroq oliy apellatsiyaga bergan
shaxslar ishda ikkinchi marta ham yutqazsa, juda katta jarima to‘lagan.
84
Bu davrda rim jinoyat huquqi butun imperiya hududi va
aholiga
taalluqli bo‘lgan. Xususiy delikt (huquqbuzarlik) ham jinoiy jazolana-
digan bo‘lgan. Bu davrda juda ko‘p yangi jinoyatlar paydo bo‘lgan.
Jumladan, davlat asoslariga xavfli tajovuz sifatida ko‘riladigan jinoyatlar.
Doimiy armiya o‘sishi bilan harbiy jinoyatlar ham o‘sgan. Imperiya
davrida tan jarohati yetkazish jinoyatlari uchun javobgarning ijtimoiy
mavqeiga qarab javobgarlik belgilangan. Oila va axloq sohasiga taalluqli
jinoyatlar doirasi ham kengaygan.
Shuningdek, jazolarning turlari ham birdaniga o‘sgan, jazoni
qo‘llashning yangi usullari amal qilgan. Agar jazo dastlabki vaqtlarda
yetkazilgan zararni undirish tamoyili asosiga qurilgan bo‘lsa, dominat
davrida esa u borgan sari ko‘proq qo‘rqitish maqsadini ko‘zlagan. Bu
davrda sudyalar sud tizimi va jarayonining qayta tuzilishi munosabati
bilan katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan.
Sudda jinoyat ishlari yopiq holda ko‘rib chiqilgan. Jinoyat jarayoni
shafqatsiz xarakter kasb etgan. Sudya ham ayblov
ham sudlov funk-
siyasini amalga oshirgan. ayblanuvchi huquq yordam huquqidan mahrum
etilgan. Respublika davridagi mavjud kafolatlar ham yo‘qotilgan. Uchta
instansiyaga yo‘l qo‘yilmagan.
Klassik davrning Rim jinoyat huquqida yuridik texnika sohasida
ba’zi ilg‘or natijalar ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayb, ishtirokchilik,
suiqasd va boshqa tushunchalar ishlab chiqilgan. Ular keyinchalik
G‘arbiy Yevropaning o‘rta asrlardagi jinoyat huquqi rivojlanishiga
ma’lum ta’sir o‘tkazgan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, antik dunyo davlatlarining monarxik
xususiyatlari, ularda yirik davlat-ehrom xo‘jaligining hamda jamoa
yerlarining mavjudligi ularning tipik Sharq monarxiya davlatlariga
o‘xshashligidan dalolat beradi. Yunonistonning tabiiy sharoitlari bu yerda
davlat hokimiyatining tashkil etilishiga boshqa jihatdan ham ta’sir etgan.
Polis tuzumi faqat Yunonistongagina emas, balki butun antik
dunyoga xos bo‘lgan davlatchilikning muhim va o‘ziga xos belgisi
hisoblanadi. O‘z navbatida huquq ham alohida
polislar doirasida taraqqiy
etgan va alohida shahar-davlatlar demokratik institutlar taraqqiyot
darajasi huquqda ham o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, rim huquqi antik
dunyoda klassik quldorlik tuzumi eng avjiga chiqqan bir sharoitda
vujudga kelgan.
Barcha qadimgi sharq mamlakatlarida jinoiy jazo aybdorning ijtimoiy
mavqeiga qarab turlicha qo‘llanilgan. Dastlabki davrlarda hatto Rimda
ham jinoyat huquqi hukmron tabaqalar manfaatiga xizmat qilgan.