104
lavozimga tayinlagan va lavozimdan ozod qilgan. Barcha turdagi
jinoyatlarni ko‘rib chiqqan va jazo belgilagan. O‘zining shaxsiy
qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. Eng katta yer egasi bo‘lgan.
Davlat hokimiyati amir saroyi, ya’ni dargoh va devonlarga bo‘lingan.
Devonlar o‘zining keng qamrovli tarmoqlariga ega edi. Dargohning
asosiy vazifasi davlat boshlig‘ining hukmlari ijrosini ta’minlash bo‘lgan.
Unga sohibi xaros (amiri xaros) boshchilik qilgan. Unga devonboshilar va
boshqa mansabdor shaxslar bo‘ysungan.
Saroyda devonbegi, mirza-
boshilar, mirzalar va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan. Saroy xo‘jaligi vakil
tomonidan boshqargan. Shayxulislom mamlakatdagi diniy ulamolarga
rahnamolik qilgan va diniy ishlarni boshqargan.
Markaziy boshqaruv mahkamalari o‘nta devondan iborat edi.
Ularning viloyatlarda ham boshqaruv idoralari (arabcha «kasaba») ish
olib borishgan. Ular ichida eng kattasi Vazir (Bosh Hojib, Hojib ul-
hujjob, Hojib ul-buzruk) devoni sanalgan. Barcha devonlar unga
bo‘ysungan va uning farmoyishlarini bajargan. Vazirlik mansabi meros
tariqasida o‘tgan. Vazir qo‘shinga rahbarlikni ham amalga oshirgan.
Qo‘shinda xizmat muddatiga qarab beriluvchi unvonlar joriy etilgan.
Undan keyin Mustafiy devoni turgan.
U davlatning daromad va
xarajatlarini yuritgan. Unda mustaufi (xazinador), hisobchilar faoliyat olib
borgan.
Devoni rasoil (devoni insho, umid ul-mulk) boshqa davlatlar bilan
tashqi aloqalar va davlat hujjatlarini yuritish kabi ishlarni borgan.
Devoni ariz (Soqchilar devoni, Devoni shurat) – qo‘shin ta’minotini
yuritgan. Ushbu devonga maxsus mansabdor shaxs – Ariz boshchilik
qilgan. Uning joylardagi xodimlari mahalliy boshliqlarga emas, Devoni
baridga bo‘ysungan.
Devoni barid (aloqa devoni) pochta-aloqa xizmati bilan shug‘ullan-
gan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri markazdan xat-xabarlar yetkazib turgan. Mahalliy
hokimlar faoliyati ustidan kuzatuv olib borgan. Bu haqda amirga hisobot
bergan va faqat amirga bo‘ysungan.
Muhtasib devoni savdogarlarning tosh-tarozisini, hunarmandlar mah-
sulotining sifatini tekshirib turgan. Keyinchalik
u shaharlarda din va ax-
loq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib turuvchi mansabga aylangan.
Mushrif devoni asosan xazinadagi daromad va xarajatlarni nazorat
qilgan. Davlat mablag‘larining sarflanishini kuzatib borgan.
Devoni az-ziyo esa davlatning yer mulklarini boshqaruvchi devon
bo‘lgan. Hukmdor sulola egalik qiluvchi yerlar o‘z navbatida davlat
yerlari hisoblangan.
105
Qozilar devoni shariat asosida sud ishlarini olib borgan. Vaqf devoni
diniy muassasalar va ularga tegishli mulklarni boshqargan.
Viloyatlarda boshqaruvni hokimlar (eroncha «kadxudo», ya’ni yaxshi
xo‘jayin) amalga oshirgan. Hokimlar amir tomonidan tayinlangan bo‘lib,
lavozimi meros tariqasida o‘tishi mumkin bo‘lgan.
Alohida ɦɚɜԕɟɝɚ ega bo‘lgan viloyatlar (Masalan, Xuroson)
Nishopurda joylashgan Sipohsalarga bo‘ysungan. Xuroson sipohsalari
bevosita amirga va vazirga bo‘ysungan. Shaharlar
raislar tomonidan
boshqarilib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan.
Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy tuzumi shu davr davlatlaridagi
singari chorvadorlar, dehqonlar, hunarmandlardan iborat edi. Mamlakatda
iqtadorlik keng tarqalgan. Xususiy boshqaruvga olingan katta yer va
chorva mollari – qo‘riq
1
deb atalgan.
Qoraxoniylar davlat boshqaruvida Somoniylar boshqaruv tartibining
ko‘p qismini saqlab qolganlar (faqat
udel boshqaruv tizimi keng
ɬɚɪԕɚɥɝɚɧ). Qoraxoniylarning markaziy ma’muriy apparati, xuddi
Somoniylardagidek dargoh ɜɚ devonga bo‘lingan. Qoraxoniylar markaz-
lashgan davlat idoralarini tuzganlar. Davlat ilk tashkil topgan vaqtlarda
uning boshlig‘i eng yuqori unvon bilan xon deb atalgan. Keyinchalik
imperiya vujudga kelgach, davlat boshlig‘i xoqon (tamg‘achxon) deb
atalgan. Rasmiy o‘rnatilgan qoida bo‘yicha butun
imperiya, yerlar va
barcha turdagi mulklar uning mulki hisoblangan. Taxt meros tariqasida
otadan o‘g‘ilga qoldirilgan. Harbiy qo‘mondonlar va viloyatlar
hokimlarini lavozimga tayinlagan. O‘z huzuridagi kengashni idora etgan.
Dargohda vazir, saroy boshqaruvchisi, xos hojib va boshqa
amaldorlar faoliyat ko‘rsatgan. Mamlakat boshqaruvida
vazir mavqei
kuchli bo‘lgan xoqondan keyingi yuqori mansabdor shaxs hisoblangan.
Mamlakat bo‘laklari sulola a’zolaridan iborat ilekxonlar tomonidan
idora etilgan. Ko‘chmanchi xalqlar el boshliqlari, ya’ni elchilar
tomonidan boshqarilgan. Bu lavozimga odatda beklar tayinlangan. Ular
xoqonga bo‘ysungan. Bir necha beklar ustidan beklar begi (ulug‘ bek,
buyuk bek) tayinlangan.
1
Izoh: XIX asr oxirida qadimshunos olim M.S.Andreyev tomonidan Farg‘ona
vodiysida, Isfara soyining yuqorisidagi Vorux qishlog‘idan topilgan qoyatoshdagi
arabiy yozuvlarning birida Qoraxoniy sulolasiga mansub
Isfara hukmdori Abul Fazl
Abbos Arslon Teginning nomi va mansabi hamda shu hududdagi keng o‘tloq va
ovloq yerlar qo‘riq joyga aylantirilganligi, ya’ni hukmdorga tegishli (boshqalarga
man qilingan) mulk ekanligi yozilgan.
106
Beklar jamoat tartibini saqlash, sud hukmlarining ijrosini ta’minlash,
urf-odat huquqlarining bajarilishini nazorat qilish, davlat chegaralarini
qo‘riqlash ishlarini bajarishgan.
Shaharlarda Somoniylar davrida mavjud bo‘lgan lavozimlardan rais,
muhtasib va boshqalar saqlangan. Qishloq va ovullarda-boshqaruvni
oqsoqollar (koxgen-sanam) olib borgan. U o‘z yordamchisiga ega
bo‘lgan.
Qoraxoniylar davlatining o‘troq, ya’ni shahar va qishloq aholisi
o‘rtasida musulmon huquqi, ko‘chmanchi aholi orasida odat huquqlari
(tura) huquq manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: