Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo‘lib, tarkibiga 
Movarounnahr, Xuroson va Eronning sharqiy hamda shimoliy hududlari 
kirgan. Mazkur davlat yuz yilga yaqin faoliyat yuritgan. Somoniylar 
davlatining eng rivojlangan davri Ismoil Somoniy hukmronligi davriga 
to‘g‘ri keladi. Abdumalik davriga kelib turkiy lashkarboshilar mavqei 
kuchayadi. Somoniylar nomigagina hukmron hisoblanadi. Keyingi 
davrlarda ichki ziddiyatlar tufayli davlat zaiflashadi. Hukmron sulolaning 
cheklanmagan hokimiyatga intilishlari natijasida mahalliy zodagonlar va 
aholining norozilik kayfiyati uyg‘onadi. Oqibatda Somoniylar davlati 
tarkibiga kirmagan va qo‘shni bo‘lib yashovchi turkiy qabilalardan 
qarluqlar va qoraxoniylarning kurashlari natijasida yemiriladi.  
Qoraxoniylar X asrning ikkinchi yarmida Yettisuvda o‘z davlatlarini 
tuzgan. X asrning oxirida Qoraxoniylarning Movarounnahrga yurishi 
boshlanadi. Sulola asoschisi turkiy yag‘mo urug‘idan bo‘lgan Abulqosim 
Sotuq Bug‘roxon (Qoraxon, qora – «qudratli» ma’nosida) Buxoroni 
egallab, Movarounnahrda o‘z hokimiyatini mustahkamlaydi. Bu davlat 
o‘z tarkibida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Janubiy Tyanshan tog‘lari 
hududi va Movarounnahrni birlashtiradi. 
Ibrohim ibn Nasr (Bo‘ri Tegin) davrida (1052–1068-y.) Movaroun-
nahrning bosh kenti Samarqand bo‘lgan. U Sharqiy Turkistonga 
bo‘ysunmagan mustaqil davlatga aylangan. Bu katta hoqonlik maqomida 
bo‘lib, poytaxt shaharlar turli davrlarda o‘zgarib turgan. Ibrohim ibn Nasr 
Movarounnahr hukmdori Alp Teginning unvoniga baravar keladigan 
«Tamg‘ach Bug‘roxon» unvonini qabul qiladi.  
XI asrning ikkinchi yarmida davlat Saljuqiylar tomonidan bosib 
olinadi. Sulton Sanjar davrida (1118–1157-y.) Qoraxoniylar ularning 
vassaliga aylanadi. Bu davrda Samarqanddagi qoraxoniylar oliy hoki-
miyati Saljuqiy sultonlar tomonidan belgilanadi. O‘zaro ichki nizolar, 
urushlar natijasida zaiflashib qolgan bu davlat 1212-yilda o‘sha davrning 


 102
qudratli davlatiga aylangan Xorazmshohlar davlati tomonidan bosib 
olinadi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish