116
– sen’orlik monarxiyasi davri – IX–XIII asrlar;
– tabaqa-vakillik monarxiyasi davri – XIV–XV asrlar;
– mutloq monarxiya davri – XVI–XVIII asrlar. Ushbu har bir
bosqichning ijtimoiy va siyosiy tuzumida o‘ziga xos o‘zgarishlarning
uchrashi ularni alohida o‘rganishni talab qiladi. So‘nggi bosqichda feodal
tuzumning inqirozi 1789-yilgi inqilobga olib keladi. Ushbu inqilob
natijasida Fransiyada absolutizm va eski siyosiy tartib
batamom barham
topadi.
Sen’orlik monarxiyasi (IX–XIII asrlar). Davlatda Karolinglar X
asrning oxirigacha hokimiyatni o‘z qo‘llarida saqlab keladi. Dastlabki
davrlarda birinchi fransuz qiroli Karlning hokimiyati zodagonlar
tomonidan cheklangan. Ilk davrlardayoq davlat
xilma-xil mustaqil yerlar
– sen’orliklardan iborat bo‘lib, nomiga yagona davlat bo‘lgan. Bu davrda
hokimiyat qirol va feodallar o‘rtasida taqsimlangan. Erkin dehqonlar yer
egaligi tugatilgan. Bu davrda siyosiy tarqoqlik hukm surgan. Feodal titul
va unvonlar meros tariqasida o‘tgan.
IX–X asrlarda dunyoviy va diniy feodallarning yuqori qismi
tomonidan saylangan. 987-yilda Gugo Kapetning saylanishi bilan
Kapetinglar sulolasiga asos solinadi va XII asrdan taxt meros tariqasida
o‘tgan.
XII asrga kelib qirol ahamiyatining kuchayishi natijasida barcha
vassallar qirol vassalliga aylantiriladi (immediatizatsiya). Qirolning yirik
feodallarning katta kengashi roziligi bilan qonun hujjatlari (etablissement)
chiqarish amaliyoti tiklanadi. XIII asrda qirol Lyudovik IX tomonidan
o‘tkazilgan islohotlar natijasida qirol barcha feodallarning syuzereniga
aylanadi.
Markaziy boshqaruv organlari mamlakat
tarqoqligi sababli aniq
o‘rnatilmagan. Qirol saroyi xizmatchilari (vazirlar) orqali davlat boshqa-
ruvi ta’minlangan.
Saroyda senashel (qirol saroyining boshlig‘i, armiya qo‘mondoni,
davlat xizmatlarini imzolovchi) eng katta ahamiyatga ega bo‘lib,
keyinchalik u tugatiladi. Seneshaldan keyin Konnetabl – qirol otliq
askarlarining boshlig‘i turgan. Uning yordamchisi marshal XIII asrdan
boshlab qirollik admirali hisoblangan. Qirol xazinachisi
xazina va davlat
arxiviga boshchilik qilgan, uning vakolatlari XIII asrda qisqartiriladi.
Unga kamerger yordam bergan.
Qirollik devonxonasiga kansler rahbarlik qilib, davlat ishlariga ta’siri
katta bo‘lgan. U qirol hujjatlarini tahrirdan o‘tkazib, qirolga imzo uchun
taqdim etgan va muhr qo‘ygan.
117
Oliy boshqaruv organi sifatida qirol kuriyasi faoliyat ko‘rsatgan. U
dastlab qirol vassallaridan iborat bo‘lib, maslahat xarakteriga ham ega
bo‘lgan.
Unda siyosiy, moliyaviy, sud, harbiy va diniy ishlar muhokama
qilingan. Uning majlislarida qudratli vassallar ishtirok etmagan.
Mahalliy boshqaruvda lavozimlar saroydan tayinlangan. Odatda,
davlat amaldorlari joylarda turli xil ma’muriy, harbiy, sud va moliyaviy
ishlarni boshqarishgan.
XI asrda prevotlik (maxsus okrug)ka boshchilik qiluvchi prevo, uning
qishloqlardagi yordamchilari serjantlar, shaharlar mayorlar tomonidan
idora etilgan. Prevo xazinaga soliq yig‘ish, qo‘shin tuzish, boshqaruv va
sud ishlarini hal etish bilan shug‘ullangan.
Filipp II Avgust davrida (1180–1223-y.) ko‘p yerlar qo‘shib olinishi
natijasida ma’muriy islohot o‘tkaziladi. Barcha
mulklar balya tomonidan
boshqariladigan yirik hududga ega va o‘suvchi balyajlarga bo‘lingan.
Janubda va chegara hududlarga balyalar o‘rniga senashallar tayinlangan.
Prevo ustidan balya nazorat etgan. Prevo, balya va seneshallar sud, soliq,
harbiy va ijroiya ishlariga boshchilik qilishgan, nazorat va kuzatuvni
yuritishgan.
Sud ishlari har bir toifaga nisbatan alohida olib borilgan. U
ma’muriyatdan ajratilmagan.
Lyudovik IX tomonidan harbiy, ma’muriy, sud va moliya islohotlari
o‘tkazilishi natijasida qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan.
Jumladan,
shahar militsiyasi va yollanma qo‘shin tashkil etiladi. Qirollik kuriyasi
(kengashi) markaziy muassasaga aylanib, bir qancha boshqarmalarga
bo‘linadi. Undan oliy mansabdor shaxslardan iborat va doimiy ish
yurituvchi tor doiradagi kengash ajralib chiqadi. Sud ishlarini yurgizuvchi
boshqa qism (parlament) hamda qirollik daromad va xarajatlari ustidan
qaraydigan alohida hisoblash palatasi ham kuriyadan ajralib chiqadi. Ular
orasida sud islohoti keyingi davr taraqqiyoti uchun ijobiy sharoit yaratadi.
Bu davrda feodallardan olinadigan to‘lov va cherkov in’omlari hisobiga
qirollik budjeti juda o‘sadi.
Shuningdek, mamlakatning siyosiy jihatdan
markazlashuvi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini taraqqiy etishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, XIII asrda Fransiya ijtimoiy va davlat tuzumida yuz
bergan o‘zgarishlar tabaqa vakillik monarxiyasining kelib chiqishi uchun
zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: