Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Germaniya davlati (IX asrning o‘rtasi – XVIII asr). Germaniya 
davlati Verden taqsimotiga muvofiq Lyudovik Nemisga o‘tgan «Sharqiy 
Frank yerlari»da tashkil topgan. Bu vaqtlarda mamlakat bir necha 
qabilaviy knazliklar yerlaridan iborat bo‘lgan. Yirik hududiy birliklar 
gersogliklar bo‘lgan. Shuningdek, tez orada qator fransuz, italyan va 
slavyan yerlari ham Germaniyaga qo‘shib olingan. Mazkur hududlarda 
shu tariqa yagona Germaniya qirolligi tashkil topgan.  
Qirollik dastlabki davrlarda Sharqiy Franklar qirolligi, X asr 
o‘rtalarida Tevtonlar davlati, XI asr o‘rtalarida esa Germaniya deb yuritila 
boshlandi. 
O‘rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida 
quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
– ilk feodal monarxiyasi (X–XIII asrlar); 
– kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri 
(XIV–XVII asrlar); 
– german qirolliklari absolutizm (knazlik absolutizmi) davri (XVII–
XVIII asrlar). 
Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim 
imperiyasi» (X–XIII asrlar). X asrlarda Germaniya bir necha mustaqil 
davlat (viloyat)lardan iborat bo‘lib, qirol hokimiyati rasmiy jihatdan tan 
olingan. XII asrdan e’tiboran siyosiy tarqoqlik hukm surgan. 
Dastlabki davrlarda qirol odat huquqi asosida saylangan. Otton I 
davriga kelib (936–973-y.) hokimiyat meros tariqasida o‘tgan. U German 
imperatorlarining siyosiy markazi bo‘lgan Italiya ustidan 951–962-
yillarda o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Natijada imperatorlik tojini olib, Rim 
imperatori deb e’lon qilinadi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim 
imperiyasi» nomi beriladi. XII asrga kelib, «German millatining 
muqaddas Rim imperiyasi» deb ataladigan bo‘ladi va bu nom 1806-
yilgacha saqlanib qoladi. Davlat tepasida rasman imperator va papa 
turgan bo‘lib, butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan. 
Ijtimoiy tuzum diniy va dunyoviy zodagonlar, harbiy-ritsarlar, 
dehqonlar va shaharliklardan iborat edi.  


 122
Davlat tuzumida ilk markazlashtirish siyosati natijasida ilk feodal 
monarxiyasi tashkil topadi. Oliy davlat hokimiyati qirol saroyidan amalga 
oshirilgan. Markaziy hukumat apparatini saroydagi qirol oila a’zolari, 
ularning xizmatchilari, vazirlari va erkin xizmatchilari tashkil etgan. 
Saroy amaldorlari orasida kansler asosiy mansabdor shaxs bo‘lib, 
deyarli barcha boshqaruv ishlarini yuritgan. Saroybon (mayordam) saroy 
ishlarini yuritgan. Shuningdek, saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, 
kapellan va boshqalar ham ajralib turgan.  
Mamlakatda xizmatchilar tabaqasi vazirlardan iborat bo‘lib, hukumat 
ishlarini yuritishgan. Asta-sekin ular saroy amaldorlarini ikkinchi o‘ringa 
surib chiqarishgan. 
Mamlakat boshqaruvida feodallar syezdlari juda katta rol o‘ynagan. 
Unda ichki va tashqi siyosiy masalalar hal qilingan. U mustaqil organ 
sifatida qirol vakolatlarini belgilash, uni hokimiyatdan chetlatish, 
qonunlar chiqarish, oliy mansabdor shaxslarni tayinlash va boshqa 
faoliyatni amalga oshirgan. Unda asosiy hal qiluvchi kuch eng yirik 
feodallar-knazlar bo‘lgan. 
Qirol huzurida yirik zodagonlar vakilidan iborat qirollik kengashi – 
goftag tashkil etilgan. U bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlari hal 
qilingan. 
Mahalliy boshqaruv uzoq vaqtgacha qabilaviy gersogliklar bo‘yicha 
amalga oshirilgan. Keyinchalik ular deyarli mustaqil hududiy 
knazliklarga bo‘lingan. 
Qo‘shinning bosh qo‘mondoni imperator bo‘lib, feodallar qo‘mon-
donligida turgan. Qo‘shin imperiya armiyasi va knazliklar qo‘shinlariga 
ajralgan. Ayrim hollarda xalq lashkari ham chaqirib turilgan. 
Sud tizimi korolinglar monarxiyasidan meros qilib olingan. Imperator 
oliy sudya hisoblangan. Keyingi davrlarda dunyoviy va diniy knazlarning 
hududiy sud hokimiyati kengayib, sud tizimi murakkablashgan va ko‘p 
bosqichli xarakter kasb etgan.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish