128
sud ishlarini yuritish. Parlament davlat boshqaruvini o‘ziga bo‘ysundirish
yo‘lida XIV asrning oxirida impichment protsedurasini joriy etadi.
XIII asr davomida yangi ijroiya organi Qirollik kengashining
rivojlanishi sodir bo‘ladi. Ilgarigi qirolning eng yirik vassallari yig‘ini
bo‘lgan Katta kengashning funksiyalari endi parlamentga o‘tadi. Yangi
kengash tor doiradagi oliy ijroiya va sud organi hisoblangan.
Uning
tarkibiga qirolning yaqin maslahatchilari, odatda kansler, xazinachi,
sudyalar va vazirlar kirgan.
Mahalliy boshqaruv vakolatlari eski sudlar va graflik majlislari
qo‘lidan chiqib, yangi mansabdor shaxslarga va sayyor sudlarga o‘tadi.
Ularning vakolatlari tobora kengayib boradi. Joylarda konstebllar
politsiyachilik funksiyalariga ega bo‘lganlar.
XIII–XIV asrlarda sud tizimining ixtisoslashuvi jadallashgan. Biroq
ko‘pgina muassasalarning ma’muriy va sud hokimiyati ajratilmagan. Bu
davrda Angliyada Qirol
kursisi sudi, Umumiy tortishuvli sud va Xazina
sudi oliy sudlar hisoblangan. Ulardan adolat yuzasidan ish ko‘ruvchi
Lord-kansler sudi ajralib chiqadi. XIV asrda umumiy sayyor sudlar
o‘rnini ancha ixtisoslashgan sayyor komissiyalar egallaydi. Bu davrda
shuningdek, cherkov sudlari ham faoliyat yuritgan.
Absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi).
Angliyada absolut monarxiya boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi
feodalizm inqirozi va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining
vujudga kelishi davrida o‘rnatilgan.
Bu davrda hokimiyat va boshqaruvning oliy organlari qirol, yashirin
kengash va parlament edi. Real hokimiyat qirol qo‘lida to‘plangan. U
ko‘p sonli va faqat o‘ziga bo‘ysunuvchi organlar orqali qonun chiqarish,
ijro etish va oliy sud hokimiyatini amalga oshirgan.
Yashirin kengash oldin mavjud bo‘lib, bu vaqtda batamom
rasmiylashgan. U davlatning oliy mansabdor shaxslari bo‘lgan lord-
kansler, lord-xazinasi, qirolning shaxsiy muhrini
saqlovchi lord va
boshqalardan iborat edi. Kengash tarkibi doimiy bo‘lmagan. Uning
vakolatlarini qirol belgilagan bo‘lib, maslahat organi edi. Ushbu kengash
qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organi sifatidagi faoliyatini
komissiyalari va komitetlari orqali bajargan. Uning farmon va ordo-
nanslari parlament hujjatlari bilan tenglashtirilgan.
Parlamentning vakolatlari absolutizm davrida ham ilgarigidek
saqlanib qoladi. U
oldingi davrlardagidek, soliq va yig‘imlar miqdorini
o‘rnatish imtiyoziga ega edi.
129
Cherkov ustidan ham bu davrda qirol hokimiyati o‘rnatilib, islohotlar
o‘tkaziladi. Mamlakatda oliy cherkov organi – Yuqori komissiya tashkil
etilgan. U diniy xarakterdagi ishlar yuzasidan tashkiliy va nazorat etish,
diniy-targ‘ibot vakolatiga ega bo‘ladi.
Absolutizm o‘rnatilishi bilan
mahalliy organ tizimi, ularning
markaziy boshqaruv organlari bilan munosabati belgilanadi. Asosiy
o‘zgarishlar tariqasida lord-leytenant mansabi joriy etiladi, cherkov
prixodi (qavmi)ning quyi mahalliy birlik sifatida rasmiylashtiriladi. Lord-
leytenant bevosita qirol tomonidan graflikka tayinlangan. U mahalliy
ko‘ngilli qo‘shinlarga boshchilikni, murosaga keltiruvchi sudyalar va
konstebllar faoliyatiga rahbarlikni yuritgan.
Angliya davlati XVI–XVII asrlarda Britaniya orolining egallanmagan
hududlarini bosib olishga qaratilgan harakatini kuchaytiradi. Amalda bu
bir necha davlatlar mustamlakaga aylantirilishi bilan tugaydi. Qo‘shinni
tashkil etishning asosiy tamoyillari uncha o‘zgarmagan. Bu borada
davlatning monopol huquqi o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: