126
Angliyani egallashda Rim papasining xayrixohligi va Fransuz
qirolining
yordamiga tayanadi. Normandlar boshqaruvi davrida markazlashgan
davlatga asos solinadi.
O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini
quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
– ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar);
– markazlashgan sen’orlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini
cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri;
– tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi –
XV asr);
– absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi).
Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar).
Dastlabki davrlarda ijtimoiy tuzum ruhoniylar, urug‘-qabila zodagonlari
(erllar), erkin kishilar (kryollar, keyinroq genitlar), yarim erkin kishilar
(letlar yoki uillar, keyinroq esa va geburlar deb yuritiladi) va qullardan
iborat bo‘lgan.
Ilk davrlarda ko‘p sonli qirolliklarda qirollar saylab qo‘yilgan.
Yagona davlat ingliz-sakslar davlati tashkil topishi bilan sekin-asta qirol
hokimiyati barobarida uning mavqei ham yuksala boradi.
Qirol oliy sud,
harbiy hokimiyat va oliy yer egasi hisoblangan.
Oliy davlat organi – vitanagemot (vitanlar – donishmandlar, donish-
mandlar kengashi) bo‘lgan. Barcha muhim davlat ishlari uning maslahati
va roziligi bilan hal etilgan. Uning asosiy funksiyalari qirollarni saylash
va oliy sudni amalga oshirish edi.
Mamlakat boshqaruvi qirol saroyi tomonidan amalga oshirilgan.
Qirol saroyining asosiy boshqaruvchilari ichida quyidagilar katta
ahamiyatga ega bo‘lgan. Kamerariy qirollik mol-mulki va moliyasi
ahvoliga javob bergan. Marshal qirollik otliq askarlarining qo‘mondoni
hisoblangan. Qirollik kapelanlari davlatning devonxona
ishlarini
yuritganlar.
Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik bo‘lgan. Ular
yuzliklarga, yuzliklar qishloq jamoalari (tunlar)ga, jamoa esa o‘nta
tomorqa (oila)ga bo‘lingan.
Bir qancha grafliklar tepasida eldormenlar turgan. Ular qirol to-
monidan kelishib, vitanlar tomonidan mahalliy feodallar orasidan tayin-
langan. Grafliklarga qirolning shaxsiy vakillari – sheriflar tayinlangan.
Yuzliklar yuzlik yig‘inida saylanuvchi yuzboshilar tomonidan
boshqarilgan. Qishloqning yuqori organi – jamoa yig‘ini (galimot) bo‘lib,
jamoa tepasida oqsoqol turgan.
127
Angliyada markazlashgan sen’orlik monarxiyasi (XI–XII asrlar).
Normandlar istilosidan so‘ng kuchli qirol hokimiyatiga
asoslangan
markazlashgan davlat tashkil topadi. Bu vaqtda qirol oliy yer egasi, qonun
chiqaruvchi hamda oliy sud va oliy harbiy hokimiyat egasi hisoblanadi.
Qirolga tegishli qonun chiqarish hokimiyati ko‘pincha qirollik
kuriyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan. Kuriya oliy sud organi
sifatida ham ish olib borgan. XII asrga kelib
kuriya katta kengash va
doimiy hukumat organi (kichik kuriya)ga ajralgan. Kichik kuriya oliy sud,
ma’muriy va moliyaviy hokimiyatni amalga oshirardi.
Bu davrda davlatning quyidagi oliy mansabdor shaxslarini va
boshqalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bosh yustitsiar qirol Angliyada
yo‘qligida amalda davlatni idora etib turuvchi ruhoniy shaxs hisoblangan.
Kansler uning yordamchisi bo‘lgan. Kansler dastlab qirolning shaxsiy
kotibi, keyinchalik qirol devonxonasi boshlig‘i va davlat kotibi vazifasini
bajargan. Marshal qo‘shinlar qo‘mondoni, kamerariy xazinabon, qirollik
mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi hamda
hisob
palatasi boshlig‘i edi.
Mahalliy boshqaruv tizimi normandlar istilosidan keyin o‘zgarmadi.
Yuzliklarda grafliklardagi sheriflarning yordamchilari beyliflar qirollik
ma’muriyati vakillari bo‘lib qolganlar. Sherif graflik hududida ijro,
harbiy, moliyaviy va politsiyachilik hokimiyatiga egalik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: