143
noibining huzurida, uning nazorat
ostida olib borilgan; diniy ishlar shariat
huquqi asosida yorg‘uvchilar (sudyalar) tomonidan hal etilgan; sudyalar –
yorg‘uchilar nufuzli, e’tiborli zodagonlardan tayinlanganlar;
sud funk-
siyasi kundalik ish bo‘lgan.
XIV asrlarga kelib, Yaso asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini uzil-kesil
shariat normalariga bo‘shatib bera boshlagan
1
.
Shuni alohida
qayd qilmoq lozimki, Chingizxon vafotidan keyin mo‘g‘ul
davlati uluslar mulki tarzida yashadi. Keyinchalik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz,
boshqird, totar va boshqa xalqlar tarkibiga kirgan turk urug‘ va qabilalari bu
davlatning tayanch kuchlariga aylandi. Zero, Yaso qonunlari O‘zbekiston
davlatchiligi va huquqi tarixida o‘z ta’sirini qoldirdi. Zotan, o‘zbek
davlatchiligi va huquqining keyingi taraqqiyot bosqichlarida sezilarli iz
qoldirdi, ayniqsa bu, odat huquqining ko‘p jihatlarida namoyon bo‘ldi va
ko‘chmanchi aholi o‘rtasida keng tarqalib uzoq vaqt amal qilib keldi.
Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni bosib olishi bilan bu yerda davlat va
huquq, armiya bilan bog‘liq masalalarda ham mo‘g‘ullar davri ma’lum
darajada iz qoldirdi. Jumladan, bu hududdagi davlatlar
hayotiga
qurultoylar o‘tkazish, mahalliy-ma’muriy bo‘linish, soliq birliklarini
aniqlash, tumanlarning joriy etilishi, hujjat evaziga ma’lum shahar,
qishloq va tumanlarni suyurg‘ol (hadya) qilib berish, ba’zi
bir jinoyat
(o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik) uchun Yaso qonunlariga binoan og‘ir
jazo tayinlash, armiya ta’minoti
va tuzilishi, tartibi kabi davlat boshqaruvi
unsurlari kirib kelib o‘zbek xonliklari davrida ham ma’lum darajada
amalda bo‘ldi. Ularning ko‘plari qadimgi turkiy xalqlardan olingan
bo‘lsa-da, Turkistonga bosqinchilar orqali joriy bo‘lgan
islohotlar sifatida
baholanishi mumkin. Chig‘atoy ulusining ikkinchi qismi Mo‘g‘ulistonga
kelsak, uning aholisi turkiy va turkiylashgan mo‘g‘ul qabilalaridan iborat
bo‘lib, ular Tug‘luq Temurxon davridan, xususan, u xonlikka ko‘tarilgan
davrdan (1347–1348-y.) e’tiboran islom dinini qabul qila boshladilar. Shu
munosabat bilan Chingizxon yasosidan ko‘ra shariat huquqi ular orasida
keng yoyila boshladi.
Xulosa qilib aytish
mumkinki, Movarounnahrdagi mo‘g‘ullargina
emas, balki Mo‘g‘uliston yoki «Jete»da ham mo‘g‘ullar turklashib, islom
dinini qabul qildilar va shariat huquqini XV
asrning birinchi yarmidayoq
huquqning asosiy manbai sifatida tan oldilar.
1
Qarang
ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003.
– Ȼ. 141.