2-§. Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai
O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida huquqning asosiy
manbalari qatorida Chingizxon yusunlari bilan birga o‘troq aholi
yashaydigan hududlarda shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududida
odat huquqi normalari amal qilgan.
Ulkan davlat tuzgan Chingizxon bu davlatning ichki mustahkamligini
ta’minlab turishda qonunlarning ahamiyati katta ekanligini tushungan, bu
holat uning bitiklarida o‘z aksini topgan. 1206-yilda Yoso qonuni qabul
qilindi. Bu huquqiy qoidalar to‘plami shaxsan Chingizxon tomonidan
ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, uning
davriga qadar o‘g‘rilik, vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat
va jirkanch illatlar oddiy bir hol bo‘lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat
etmas, yoshlar kattalarga quloq solmas, erlar xotinlariga ishonmas,
xotinlar erlariga bo‘ysunmas, qaynona kelinni va kelin qaynonani hurmat
140
qilmasdi, boylar kamabag‘allarga yordam bermas edi. Chingizxon bu
ishlardan nafratlanadi, o‘zi bosh bo‘lgan mamlakatda qattiq tartib intizom
o‘rnatishni maqsad qiladi. Shu boisdan ham «Yaso» qonunida bunday
tartib intizomning huquqiy qoidalari ishlab chiqilgan.
Unda mulkiy tengsizlik ko‘zga tashlanib, hukmron tabaqa tarhon-
larga katta imtiyozlar berilgan.
Ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi aholi o‘rtasida tuman va
uluslarda ayniqsa, aholi o‘z urf-odatlari, qabila urug‘chilik an’analariga
qat’iy amal qilib kelganlar. Shu boisdan ham Chingizxon Yaso qonunlari
xususiyatlarini o‘zida singdirgan. Odat huquqi mazkur yerlarda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish, xususan harbiy hizmatni o‘tash, sha’nu-
sharaf, izzat-nafs, chorvani o‘g‘irlash, kelin o‘g‘irlash, qalin to‘lash,
qarindoshlarni o‘ldirganlik uchun qasd olish kabi nizolarni muhokama
qilish va hal etishda taomilga asoslangan holda qo‘llanilgan.
Yasoni tuzishdan maqsad markazlashgan mo‘g‘ul davlatini tuzishdan
iborat edi. Unda davlat huquqi, harbiy qurilish, davlat boshqaruvi, beklar,
noyonlar va amaldorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga oid qoidalar,
jinoyat, fuqarolik, sud yuritish, jazo va uning turlariga, oila-nikoh va
mulkka tegishli me’yorlar to‘planib metall taxtalarga o‘yilib yozilgan va
har safar yangi xonni saylash vaqtida e’lon qilingan. Yasoning 33
parchasi hamda Chingizxonning davlat boshqaruvi, harbiy ishlar, jinoyat
va jazoga oid 27 nutqi – biliklari, parchalar tarzida bizgacha yetib kelgan.
Har bir yangi saylangan xon birinchi navbatda o‘zi «Yaso»ga qat’iy
rioya qilish to‘g‘risida qasam ichishi lozim bo‘lgan. Xalqqa «Yaso»ga
xiyonat qilgan xonni taxtdan ag‘darish va uni umrbod qamoq jazosiga
solish huquqi beriladi.
Yusunlarda osmon va yerni yaratuvchi, hayot va o‘lim, boylik yoki
kambag‘allik beruvchi, ibodatlarimizni qabul qiladigan yoki qilmaydigan
yagona xudoni tan olish haqida qoida mavjud.
Unga ko‘ra islom dini boshliqlari qalandarlar, qorilar, darveshlar,
so‘filar, yuvg‘uvchilar, zohidlar, gadolar, qozilar, tabiblar soliq to‘lash,
og‘ir ishlardan va jamoat ishlaridan ozod qilinadilar.
Urushlar davrida ayollarning gunohi afv etish lozimligi belgilandi.
O‘g‘rilarga nisbatan qattiq jazo tartiblari joriy qilingan. Agar o‘g‘ri
chorvani o‘g‘irlasa, u chorva haqqini to‘qqiz barobar to‘lashi lozim.
To‘lash imkoniyati bo‘lmasa, o‘g‘rining farzandlari asoratga solinishi,
farzandlari va mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda esa u o‘lim jazosiga
mahkum etilardi.
141
«Yaso»da mo‘g‘ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg‘in
uslubini singdirish faxrli ish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Umuman
olganda, o‘lim jazosi mo‘g‘ul harbiy-feodal davlati tuzumini
mustahkamlashning birdan-bir samarali vositasi hisoblangan. Jumladan,
fohishalar, poraxo‘rlar, yolg‘onchilar, suv va olovni haqoratlaganlar
uchun hamda sutni yerga to‘kkanlik uchun o‘lim jazosi belgilangan.
Ayniqsa, qo‘shinni mustahkamlash va unda tartib intizomni yo‘lga
qo‘yish maqsadida o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Xonning buyrug‘ini
bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xon buyruqlari uning
ixtiyoridagi amaldorlar tomonidan bevosita tumanbegilarga va qabila
boshliqlariga yetkazilgan. Boshliqlarga o‘zga boshliqqa tobe jangchilarni
qabul qilish qat’iyan taqiqlangan. Belgilangan joyga qo‘yilgan har bir
boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham ruxsatsiz o‘z
joyidan keta olmas, o‘z navbatida boshqalar ham undan yordam kutishga
haqlari yo‘q edi. Bu qonunni buzish o‘lim bilan jazolangan. Maxsus
buyruqsiz dushmanni talon-toroj qilish ham o‘lim bilan jazolangan. U
yoki bu mamlakatga urush ochish va qo‘shin tortib borish masalasini
faqat qurultoy hal qilar edi.
Yaso ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun harbiylar tomonidan,
ayniqsa, harbiy amaliyotlar davrida taqiqlangan 36 xil harakatdan 13
tasiga o‘lim jazosi berish belgilangan. Jumladan, boshliqqa itoatsizlik,
belgilangan joyga qo‘yilgan boshliqning o‘z o‘rnini o‘zboshimchalik
bilan tashlab ketishi, o‘z boshlig‘ining buyrug‘ini bajarmaslik, jang
vaqtida qochish, kelishmay turib chekinish, sotqinlik va xoinlik, qochoq
qulni egasiga qaytarmaganlik hamda asirga olingan kishiga asirga
oluvchining ijozatsiz yordam berish kabi jinoyatlarga bir jazo – o‘lim
jazosi berilgan.
Bulardan tashqari, ayg‘oqchilar, soxta guvohlik beruvchilar,
jodugarlar, axloqsizlar, tabiatni ifloslantiruvchilar, vazifasidan foydalanib
pora oluvchilar, fohishalar va unga dalolatchilarga nisbatan ham o‘lim
jazosi tayinlangan
1
.
Mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlardan mayda o‘g‘rilik uchun
o‘g‘irlangan narsaning uch baravari (ba’zi hollarda 9 baravari) miqdorida
jarima undirish, agar uni to‘lay olmasa, 7–700 martagacha qamchi bilan
urish, ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik uchun esa o‘lim jazosi belgilangan.
1
Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003.
– Ȼ. 139.
142
Mo‘g‘ullarning jinoiy jazo siyosatida amal qilgan din – buddaviylik
huquqiy mafkurasining ta’siri sezilib turadi. Masalan, yolg‘on ko‘rsatma
berganlik, suv va o‘t (yaylov)ni ifloslantirganlik hamda muqaddas
ichimlik hisoblangan sutni yerga to‘kkanlik uchun qatl etish jazosi
tayinlangan.
Yaso qoidalariga ulug‘ xonlari, ayniqsa, Chig‘atoyxon qattiq amal
qilgan. Ba’zi hollarda ularning o‘zlari ham bu qoidalarning benuqson
bajarilishi uchun buyruqlar chiqarganlar.
Yaso qonunlar Mo‘g‘ullar hukmronligi tarkibida bo‘lgan barcha
hududlarda, jumladan Oltin Urda doirasida ham qo‘llanilgan. Ammo
o‘zbekxon davrida mo‘g‘ullar yoppasiga islom dinini qabul qilib, o‘zlari
turklashib ketganlar. O‘sha davrdagi o‘zbek tili – turk-chig‘atoy tili Oltin
O‘rda adabiy muhitda, shuningdek, davlat ishlarini yuritishda ham
shakllana borgan. Binobarin, mazkur xonlikda Yaso qonunlaridan ko‘ra
shariat huquqi asosiy huquq manbaiga aylangan
1
.
Sud tizimi borasida shuni aytish mumkinki, Oltin O‘rda yoki bu
davrda Chig‘atoy ulusining tarkibiga kirgan hozirgi O‘zbekiston hududida
sud ishlarining tashkil qilinishi masalalariga doir manbalar yoki maxsus
bir asar hozirgi kunga qadar ma’lum emas. Dastlabki vaqtlarda, ya’ni
jamiyatning yuqori tabaqasi musulmon dinini qabul qilmagan va mo‘g‘ullar
hokimiyati musulmonlashmagan davrlarda mo‘g‘ullarga taalluqli ishlarda
sud yuritish Yasoga asoslangan. XIV asrning 30-yillarida Oltin O‘rdaning
eng madaniy o‘lkasi – Xorazmning poytaxti Urganchga borgan arab sayyohi
Ibn Batutta o‘z esdaliklarida Oltin O‘rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug‘
Temurxonning qabul marosimida bo‘lib sud masalalari xususida
quyidagilarni yozib qoldirgan: «Bu amirning adolatlaridan biri shuki, har
kuni qozi uning qabulxonasiga keladi va o‘ziga ajratilgan kursiga o‘tiradi,
uning bilan birga faqihlar va kotiblar keladilar. Qozining ro‘parasiga
amaldorlardan biri o‘tiradi, uning qabulida org‘uchi (yorg‘uchi)
deb
ataladigan sakkizta amir va turk shayxlari ham ishtirok etadilar. Odamlar
ularning huzuriga sudlashish uchun keladilar. Diniy ishlarga taalluqli
janjallarni qozi hal qiladi, boshqa ishlarga shu amirlar yechim topadilar.
Ularning qarorlari aniq va adolatlidir»
2
.
Professor Z. Muqimovning fikri mazkur shahodatlarni dalolatlaydi,
ya’ni quyidagi xulosalarni ilgari suradi: sud ishlari markazda bevosita xon
1
Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003.
– Ȼ. 140.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |