Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ɏɚɥԕɢɦɢɡ ɛɨɪ ɷɤɚɧ, Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ɧɨɦɢ ɛɚɪԟɚɺɬɞɢɪ// əɧɝɢɱɚ
ɮɢɤɪɥɚɲ ɜɚ ɢɲɥɚɲ – ɞɚɜɪ ɬɚɥɚɛɢ. Ɍ.5. –Ɍ., 1997. – Ȼ.166–167.


 146
ushlanglar, shundagina men kabi podshohlik tizginini mustahkam 
tutgaysizlar. Shu yo‘l bilan men Turon va Eronni muxoliflar va 
mufsidlardan tozaladim, adolat va ehson orqali obod etdim. Agar mening 
vasiyatlarimga amal qilgudek bo‘lsangiz, adolat va himmatni o‘zingizga 
maqsad qilib olsangiz, davlat va mulk uzoq yillar davomida siz bilan 
qolgay. Agar oralaringda bir qadar qarama-qarshilik yuz bergudek bo‘lsa, 
bilingki, uning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki (bunday 
sharoitda) dushmanlar fikrini fisqu fasod qamrab oladi va (bu sizlar uchun 
ko‘plab kutilmagan) qiyinchiliklarni tug‘diradi. 
Rivoyat qilishlaricha, Tarag‘ay Bahodir kunlarning birida g‘alati tush 
ko‘radi. Tushida bir nuroniy odam uning qo‘liga qilich tutqazadi. Islomga 
e’tiqodi kuchli bo‘lgan Tarag‘ay ertasiga bomdod namozidan keyin piri-
shayx Shamsuddindan ko‘rgan tushining ta’birini so‘raydi. Shayx unga 
«sen o‘g‘il ko‘rasan, bu o‘g‘lon dunyoni zabt etadi», deydi. Chindan ham 
oilada o‘g‘il tug‘iladi. 
Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to‘g‘risida Ibn Arabshoh-
ning quyidagi iboralari g‘oyatda asoslidir: «Amir Temur jismu jasadi 
kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo‘yli, go‘yoki qadimgi pahlavonlar 
avlodlari misoli bo‘lib, boshi katta, g‘oyatda kuchli va salobatli, ajoyib 
bo‘lalik, oqish yuzini och qizil rang jonlantirgani bilan hech bir dog‘siz, 
bug‘doyrang emas. Qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari 
yo‘g‘on, pochalari go‘shtli, bo‘yi basti kamoliga yetgan, sersoqol, ikki 
ko‘zi bamisoli ikki shamdek bo‘lsa-da shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli 
edi, u o‘limdan qo‘rqmas, yoshi saksonga yetgan bo‘lsa-da iztirobsiz, 
vazmin, badani to‘la va pishiq bo‘lib, go‘yo zich tosh misoli qattiq edi. U 
hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu ko‘ngil xushlikka 
maylsiz, garchi unda o‘ziga ozor yetadigan biron so‘z bo‘lsa ham haqiqat 
(to‘g‘ri so‘zlik) unga yoqar edi. U bo‘lib o‘tgan ishga aziyat chekmas va 
qo‘lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi»
1
.
Manbalarda Amir Temurning quyidagi shaxsiy fazilatlari keltiriladi: 
ma’rifatparvarlik, insonparvarlik, donishmandlik, raiyatparvarlik, 
adolatparvarlik, kechirimlilik, rahmdillik, olijanoblik, mardlik, bahodirlik, 
qattiqqo‘llik, irodalilik, jasoratlilik, sobitlik, vazminlik, chidamlilik, sabr-
bardoshlik, insoflilik, mehribonlik, muruvvatpeshalik. 
Amir Temur tarixan o‘ta murakkab vaziyatda XIV asrning 60-
yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Bu davrda mo‘g‘ul hukmdorlari 
o‘rtasida toju taxt, davlat va mol-dunyo uchun bo‘lgan kurashlar 
1
ɂɛɧ ȺɪɚɛɲɨΣ. Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ɬɚɪɢɯɢ. 2-ɤɢɬɨɛ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 62.


 147
kuchayib, Chig‘atoy ulusida feodal tarqoqlik avj oladi. Movarounnahr 
hududida o‘ntacha mustaqil bekliklar vujudga keladi. Shahrisabzda Hoji 
Barlos, Xo‘jandda Boyazid Jaloyir, Balxda Amir Husayn, Shibirg‘onda 
Muhammad Aperdi Nayman, Ko‘histonda Amir Sotilmish, Arhang 
Saroyda O‘ljoy Aperdi va boshqalar o‘zlarini hokimi mutlaq deb 
hisoblashardi. Shu boisdan ham feodal tarqoqlikka barham berish, 
markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish, mo‘g‘ullarning 
istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi kuchayib borar edi. Xalqning 
ana shu istak va orzusini birinchilar qatorida tushungan mahalliy 
amirlardan biri Amir Temur edi.  
Amir Temur dastlab Shahrisabz bekligida hokimiyatni egallagan 
tog‘asi Hoji Barlos yonida yelkadosh sifatida yuradi. So‘ngra 1361-yilda 
Mo‘g‘uliston (Jete) xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrdaligi paytida 
uning xizmatiga kirib, o‘z maslahatlarini beradi. 1365-yilda Tug‘luq 
Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Movarounnahrga yurish qilishi va bunda 
mahalliy aholi mudofaasi – sarbadorlar harakati ustun kelishi tufayli Amir 
Husayn bilan birga Amir Temur Samarqandga keladi. Hukmron Amir 
Husayn o‘zi Balxga, ya’ni Xurosonga ketib, o‘rniga Amir Temurni 
qoldiradi. 1370-yilda Balx (Amir Husayn hokimligi)ni egallab, poytaxti 
Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. 
1370–1371-yillarda Farg‘ona, O‘tror, Yassi, Toshkent, Hisor, 
Badaxshon, Qunduz bo‘ysundiriladi. 1381-yilda Hirot, Seiston, 
Mozondaron, Saraxs, Sabzavor egallanadi. 1371–1389-yillarda jami 7 
marta yurish qilib Mo‘g‘uliston hukmdori Amir Qamariddin qo‘li ostidagi 
Movarounnahrning Sharqiy va Shimoliy hududlari (Farg‘ona, Shibirg‘on 
viloyati, Qashg‘ar, Issiqko‘l va Yettisuv) bosib olinadi. 1371, 1373, 1375, 
1379, 1388-yillarda Xorazmdagi so‘fiylar sulolasini yengib, Xorazm 
qo‘shib olinadi. 1386–1388, 1392–1396, 1398–1404-yillarda Eron, 
Kavkaz orti hududlari, Shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik 
Osiyoning ko‘pgina qismi bosib olinadi. Shu tariqa 1361–1404-yillarda 
Amir Temur davlati hududiy jihatdan kengayib boradi. Sohibqironning 
ta’biri bilan aytganda, saltanat 27 o‘lka (jumladan, Turon, Oltin O‘rda va 
h.k.)dan tashkil topadi.  
Amir Temur davlati o‘z davrida dunyoning ko‘p qismiga ega saltanat 
sifatida dunyoning qudratli davlatlari tomonidan tan olinadi. Yevropaning 
Fransiya, Angliya, Ispaniya davlatlari bilan iqtisodiy, diplomatik aloqalar 
olib boriladi.  
Temur juda ko‘p jangu jadal, tadbirkorlik bilan kuchli davlat barpo 
eta oldi. Temur davlatining siyosiy tizimi o‘sha davr ijtimoiy iqtisodiy va 
siyosiy holatiga mos kelardi. 


 148
Temur davrida markazda va joylarda xon boshchiligida ɦɭɣɹɧ davlat 
boshqaruv apparati tuzildi. Boshqaruv tizimi ikkiga: dargoh va 
devonlarga (vazirliklar) bo‘lingan. 
Dargoh – eng oliy davlat idorasi. Uning boshlig‘i o‘zida vaqtning 
o‘zida davlatning oliy hukmdori hisoblanadi. Amir Temur davlat tepasiga 
kelgandan so‘ng chingiziylardan bo‘lmish Suyurg‘atmishni xon, ya’ni 
oliy hukmdor deb e’lon qilgan. Suyurg‘atmish «soxta xon» mavqeida 
bo‘lib, amaldagi hokimiyat Amir unvonidagi Sohibqiron ixtiyorida 
bo‘lgan. 
Mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar uning hukmi va 
ko‘rsatmasi asosida hal etilgan. Shu bilan birga, muhim davlat masalalari 
kengashda  hal etilib, dargohda vaqti-vaqti bilan kengaytirilgan va 
qisqartirilgan tartibda majlislar o‘tkazilib turilgan. Katta kengashda 
mamlakat hayotiga molik umumiy masalalar haqida kelishib olingan. 
Kichik kengashda davlat va idorasi faoliyati, yurtda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar muhokamasi, muhim mansab va vazifalarga tayinlash kabi 
masalalar ko‘rib chiqilgan. U g‘oyatda tor doirada o‘tkazilib, davlat 
ahamiyatiga molik masalalarning chetga ayon bo‘lishidan nihoyatda 
saqlanilgan.  
Kengashlarda amirning qarindoshlari, oliy din vakillari, bosh amir, 
beklar-begi, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, oliy mansabdor shaxslar, 
vazirlar, devonbegi va boshqalar ishtirok etgan. Majlis bayoni maxsus 
kotib tomonidan daftarga tushirib borilgan. Aftidan, keyingi majlislarda 
ana shu bayon asosida ilgari qabul qilingan qarorlar, turli choralar 
natijalari tekshirilgan. 
Dargoh, vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini Oliy 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish