163
Abdulfayzning o‘g‘li Abdulmo’min (chingiziylardan bo‘lgan 9 yoshli
bola)ni o‘ldiradi va 1753-yil zodagonlar hamda ruhoniylar roziligi bilan
Buxoro taxtiga amir unvoni bilan o‘tiradi. Shu tariqa Buxoro xonligi
negizida tashkil topgan bu davlat oliy hukmdor unvonidan kelib chiqib
amirlik nomi bilan yuritila boshladi. Hokimiyat tepasiga mang‘itlar
sulolasi keladi va bu sulola 1920-yili inqilob
natijasida hokimiyatdan
chetlashtiriladi.
Buxoro amirligida dastlabki davrda Muhammad Rahim tomonidan
mamlakatni markazlashtirishga qaratilgan ma’muriy-siyosiy islohotlar
amalga oshiriladi. Shoh Murod (1785–1800-y.) soxta xonlik an’anasiga
chek qo‘yilib, amir unvoni bilan rasman taxtga o‘tiradi. U mamlakatda
qattiq tartib intizom o‘rnatadi. Soliq islohotini amalga oshirib, ayrim
soliqlarni bekor qiladi.
Oliy hokimiyat egasi
amir hisoblangan. Uning huzurida yirik yer
egalari, ruhoniylar va davlat
xizmatchilaridan iborat maslahat kengashi
mavjud bo‘lgan.
Davlat boshqaruvida ko‘chmanchi aholi qabila boshliqlari, ya’ni
inoqlar (katta inoq, kichik inoq) ham faol ishtirok etishgan. Ular ko‘proq
qo‘shimcha topshiriqlarni ijro etishgan. Xususan,
kichik inoqda oliy
hukmdor muhri saqlangan.
Buxoro amirligida markaziy boshqaruv dargohda mujassamlangan.
Qushbegi amirdan keyingi oliy mansabdor shaxsga aylangan. U mamlakat
boshqaruvi, xazina va poytaxtdagi ahvolni nazorat qilgan. Shuningdek,
unga barcha viloyatlar bo‘ysungan.
Devonbegi oliy mansabdor
shaxslardan hisoblangan. U
xazina kirim-chiqimi, saroy xo‘jaligi va zakot
yig‘ish ishlarini boshqargan. Odatda, u quyi qushbegi deb atalgan.
Otaliq
asosan Samarqand va Buxoro, ya’ni amirlikning markaziy hududlarining
suv taqsimotiga bosh bo‘lgan.
Saroyda
shig‘ovul amirning shaxsiy yordamchisi bo‘lgan. U elchilar
qabulini ham uyushtirgan.
Udaychilar amirga joylardagi ahvol to‘g‘risida
axborot berib turuvchilar bo‘lgan.
Mirza (munshiy) amirning shaxsiy
kotibi va amir qabulxonasi boshlig‘i hisoblangan.
Pavronachi oliy
hukmdor yorliqlarini tegishli kishilarga yetkazish
va arablar aholisi bilan
shug‘ullanishni amalga oshirgan.
Dodxoh amir nomiga kelgan arzlarini
amirga va uning javobini manfaatdorlarga yetkazishga mas’ul bo‘lgan.
To‘qsabo dastlab hukmdor oldiga taom tortish ishini bajargan. XIX asrga
kelib esa harbiy mansabdor shaxs darajasiga ko‘tarilgan.
Ko‘kaldosh
mamlakat miqyosida xavfsizlik xizmatini boshqargan. Yuqorida
ko‘rsatilgan mansabdorlardan tashqari qo‘shimcha
lavozimlar ham joriy
164
etilgan. Ular zimmasiga ayrim hollarda boshqaruvga oid ishlar ham
yuklatilgan.
Qo‘shinga to‘pchilar qismining qo‘mondoni va Buxoro harbiy
qarorgohi boshlig‘i rahbarlik qilgan.
Qo‘rchiboshi qurol-aslahaga mas’ul
hisoblangan.
Udaychi urush paytida harbiylarni taqsimlovchi amaldor
bo‘lgan.
Shayxulislom mafkuraviy munosabatlar va din ishlarini boshqargan.
Unga muxtasib, raislar, sadr (vaqf mulklari hisobi va nazorati bilan
shug‘ullanuvchi)lar bo‘ysungan.
Qozi Kalon umumiy sudlov va fuqarolik
ishlarini yuritishga boshchilik qilgan. Unga qozi askar, joylardagi
qozilar
va muftiy (rivoyat va fatvo bilan ta’minlovchi)lar bo‘ysungan. Amir Shoh
Murod davrida sud tizimi islohotlari natijasida amir huzurida 40 nafar
faqihdan iborat
oliy mahkama ta’sis etiladi. XIX asr ikkinchi yarmiga
kelib alohida ishlar va 2000 so‘mdan ortiq nizoli ishlar
Qozi Kalon
tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: