167
ma’naviy-ruhiy rag‘batlantiruvchi ruhoniy, qozi askar nazoratchisi va
gohida biror harbiy bo‘linma boshlig‘i sifatida qatnashgan. Joylardagi
shariat bo‘yicha axloqiy normalar bajarilishini
raislar bajargan. Ular
qozilar bilan sheriklikda ish olib borishgan.
Bosh mutavalliy xonlikdagi katta lavozim sanalgan. Mutavalli vaqf
bo‘yicha masjid, madrasalar faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan.
A’lam muftilar boshlig‘i,
tabiblar boshlig‘i (sarvari atibbo, tabiblar
sarvari) ham markaziy boshqaruv amaldorlari hisoblanadi.
Amir ul-umaroga xonlikning chegara viloyatlarida qo‘shinni
qurollantirish va saflash, o‘q-dori va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash
vazifalari yuklatiladi. Asosan u harbiy ta’minotni amalga oshiruvchi
amaldor bo‘lgan. Ushbu lavozim 1763–1770, 1855–1873-yillardagina
mavjud edi.
Davlatdagi shariatga asoslangan sud-jazo normalarini tartibga solish,
ijrosini nazorat etish ishlarini
qozikalon boshqargan. U qozilar ishlari
nazorati, ular chiqargan ayrim hukmlarni bekor qilish ishlarini bajargan.
Qozilarni mansabga tayinlash ishlarini xon tasdig‘idan o‘tkazib olgan.
Yer-mulk, qarz tilxati kabilarga muhr bosgan.
Aytish lozimki, joylardagi
qozilar qozikalon tavsiyasi, ammo, xon hukmi bilan mansabga tayinlanib,
ozod qilinganlar.
Qozi askar yoki
qozi urdu harbiy sud ishlarini amalga
oshirgan. Harbiy safarlarda xon bilan birga ishtirok etishi shart bo‘lgan.
Tasodifiy yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida hukm chiqarish uning
zimmasida bo‘lgan.
Suv xo‘jaligi sohasi
mirobboshi tomonidan boshqarilgan.
Naqib
ruhoniylar va ta’lim-tarbiya sohasidagi mutasaddilar boshlig‘i, saroydagi
diniy-siyosiy, xarajat ishlarni nazorat etuvchi va urush oldidan harbiy
ishlarning moliyaviy tomonlarini tartibga solish bilan shug‘ullangan.
Yasovulboshi shaxsan xon muhofazasi, saroy qo‘riqchiligi, maxfiy
mahkama va harbiy ishlarda rahbarlik faoliyatini amalga oshirgan. Unga
yasovullar, mirshablar, mahallalardagi militsiya xizmatini o‘tovchi
dorug‘alar, urug‘lar ichidagi bahodurlar, shotirlar, saroydagi eshikog‘alari
bo‘ysungan. XX asr boshlarida saroyda yasovulboshi
lavozimining
mavqei oshadi.
Saroyda doimiy majburiyat yuklatilmagan, lekin davlat ishlarida
muhim rol o‘ynovchi, xususan xon topshiriqlari ijrosini amalga
oshiruvchi, xon tomonidan berilgan vaqtinchalik vakolatlardan
foydalanuvchi va meros tariqasida o‘tuvchi yordamchi mansabdor shaxs
lavozimlari toifasi va saroy xo‘jalik mansablari (xon chuhralari)
joriy
etilgan. Jumladan, saroyda
mahrambegi va mahramlar (xonning bevosita
168
xizmatchisi yoki shaxsiy yordamchisi),
mirzaboshi (kotiblar boshlig‘i),
mirza(lar), maxfiy kotib (maxfiy hujjatlarni tayyorlovchi),
xazinachi,
xudaychi (davlat boshqaruviga oid barcha hujjatlarni saqlovchi),
muftilar,
mushriflar,
eshikog‘asi,
ikki eshikog‘asi,
munodargon (xon farmonlarini
xalqqa yetkazuvchi),
devon (she’riy devon tartib qiluvchi),
poshshob
(jallod) va boshqa shaxslar faoliyat ko‘rsatgan.
Qo‘shin boshqaruvida naqib bosh qo‘mondon hisoblangan.
Yasovulboshidan keyin
mingboshi
mansabi turgan. Mingboshi
shamxolchi, ya’ni, mergan o‘qchilar dastasiga boshchilik qilgan.
Yuzboshi
ham o‘qchilar boshlig‘i hisoblanadi. Yuzboshilar qo‘l ostidagi sipohi
(qurollangan harbiy)lar, sarhanglar (harbiy istehkom quruvchilar) va
qutvollar qazuv va grajdanlik qurilish ishlariga ham jalb etib turilganlar.
Mamlakatda huquq-tartibot ishlari yasovullik,
mirshablik, posh-
shoblik, dorug‘alik, kalontarlik, tunqotarlik xizmatlari va qozixonalar
zimmasida bo‘lib, eshikog‘alari, oqsoqollar, miroblar, o‘nboshi va
yuzboshi, navkarlar, dorug‘alar, kadxudo, kalontarlar tomonidan amalga
oshirilgan.
Butun xonlik miqyosida joylarda asosan shaharlarda mirshablar
xavfsizlik, jamoat tartibi va intizomni
saqlash faoliyat bilan
shug‘ullangan. Shuningdek, shariat normalarining buzilishini oldini olish,
qamoq joyi, ya’ni zindonda hukm qilinganlarni saqlash va qo‘riqlash
ishlarini ham amalga oshirganlar. Ular yuzboshi va yasovulboshiga
bo‘ysungan.
Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga taqsimlangan va
hokimlar tomonidan boshqarilgan. Quyi boshqaruv oqsoqollar tomonidan
yuritilgan. Ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari boshliqlari, ya’ni oliy
mansabdor shaxslari «inoq» (jami 4 ta ) deb atalgan. Qoraqalpoq aholisi
va turkman xalqlarida oliy mansabdor shaxslar «biy» deb yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: