2-§. Mustaqil o‘zbek xonliklarining vujudga kelishi
va ularning davlat tuzumi
XVIII–XIX asrlar o‘zbek davlatchiligi tarixidagi muhim
bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu vaqtga kelib, 2400 yillik ulkan tarixiy
taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligida tarqoqlik holati
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bir vaqtning o‘zida Buxoro, Xiva va Qo‘qonda
alohida davlatlar faoliyat ko‘rsatadi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib
O‘rta Osiyoda boshlangan yangi davr xonliklarning iqtisodiy rivojlanish
davri bo‘lib hisoblanadi. Bu davrda Xivada qo‘ng‘irotlar, Buxoroda
mang‘itlar va Qo‘qonda minglar hokimiyatni egallaydi. XIX asrning
ikkinchi yarmidan esa ular Rus davlati tomonidan mustamlakaga
aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |