Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


XONLIKLARINING DAVLAT TUZUMI VA HUQUQI



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

XONLIKLARINING DAVLAT TUZUMI VA HUQUQI 
1-§. Shayboniylar davlati tuzumi 
Temuriylar va Oltin O‘rda davlatida feodal tarqoqlik, o‘zaro nizo va 
janglar oqibatida XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqning sharqiy 
hududlarida, ya’ni Oltin O‘rdaning Oq O‘rda qismida Volga bo‘ylaridan 
to Sirdaryo shimoligacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan 
ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati tashkil topadi.  
XV asr o‘rtalariga kelib o‘zbeklar davlati hozirgi Qozog‘iston va 
janubiy-g‘arbiy Sibirning juda katta hududlarini o‘z ichiga olgan. 
Xususan, ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining chegaralari shimoldan 
Turkiyagacha, janubdan Xorazmning g‘arbiy qismi bilan Orol dengizi va 
Sirdaryoning quyi oqimigacha yetib borgan. Sharqiy chegara esa Sabron 
(Savron)dan o‘tgan. G‘arbdan Topol va Yoyiq (Urol) daryolari chegara 
bo‘lgan. Bu davlat Qozog‘iston, G‘arbiy Sibirning ko‘p qismi va 
Xorazmning janubiy-g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga olgan. Unga Volga 
daryosining o‘ng qirg‘og‘idan (Buyuk Bulg‘ordan) to Darbandgacha 
bo‘lgan yerlar ham bo‘ysungan. 
Ushbu davlatning asoschisi temuriylar saltanatiga barham bergan 
Muhammad Shayboniyxonning (1450–1510-y.) bobosi Abulxayrxon 
(1428/29–1468/69-y.) hisoblanadi. Mazkur davlat 40 yildan ziyodroq vaqt 
hukm surgan. Temuriy shahzodalarning o‘zaro taxt talashishi davrida 
Abulxayrxon tez orada Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotida hal 
qiluvchi o‘rin egallaydi. Chunonchi, Shayboniylar sulolasi vakillari Oltin 
O‘rda namoyandalari sifatida Movarounnahrni sobiq Chig‘atoy ulusining 
tarkibi deya, unga o‘z da’volarini haqli hisoblaydilar. Abulxayrxonning 
nevarasi Muhammad Shayboniyxon tomonidan 1499–1510-yillar 
oralig‘ida Temuriylar mulki to‘la egallanadi.  
Yangi davlatning poytaxti dastlab Samarqand deb topildi. XVI 
asrning 60-yillarida Buxoro ma’muriy-siyosiy markaz mavqeini oladi. 
XVI asrda Rossiyada «Buxariya», «Velikaya Buxariya», Sharqiy 
Turkiston esa «Kichik Buxoro» nomi bilan mashhur bo‘lgan. 
Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati tashkil topishi bilan bu hudud 
huquqiy tizimida yangi o‘zgarishlar joriy qilinishiga ehtiyoj tug‘ildi. 
Chingizxon va Temur davrida qo‘shinda joriy qilingan harbiy tartib-
qoidalar saqlanib qoldi. 


 157
Shayboniyxon hokimiyatni mustahkamlab olgach, bir qator islohotlar 
o‘tkazdi. Bular yer-suv va pul islohotlaridir. Shayboniyxon 1505-yilda 
yirik qonunshunoslarning kengashini chaqirib unda bundan avvalgi o‘n 
yil ichida soliqlarning og‘irligidan, amaldorlar zulmidan qochib yer-
suvlarini tashlab ketganlar mulklarining taqdiri muhokama qilindi. 
Kengash egasiz yer-suv, mulklar podsho tasarrufiga o‘tkazilishi, egalari 
qaytib kelgach davlat xazinasidan ularning mol-mulklari qaytarib berishi 
va ushbu mol-mulkdan foydalanganlik uchun tegishli haq to‘lash 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1507-yilda pul islohoti o‘tkazilib, mamla-
katning barcha yirik shaharlarida vazni bir xil bo‘lgan kumush tangalar, 
mis chaqalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. 
Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan (1539–1540-y.) so‘ng 
mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Buxoroda Ubaydulloxon 
o‘g‘li Abdulaziz (1540–1550-y.), Samarqandda esa Ko‘chkunjixon o‘g‘li 
Abdulatif (1540–1551-y.) hokimiyatni boshqaradi. Abdullaxon II (1583–
1598-y.) davriga kelib mamlakat yana markazlashtiriladi. Mamlakat 
poytaxti Buxoroga ko‘chiriladi va shu davrdan boshlab Buxoro xonligi 
deb atala boshlandi. Pul islohotini o‘tkazilib, bir xildagi oltin va kumush 
tanga hamda mis chaqa muomalaga kiritiladi. Ichki va tashqi savdo 
rivojlanadi. 
O‘zbek davlatchiligining Rossiya bosqinidan oldingi bosqichi XVI 
asrdan, ya’ni hokimiyat shayboniylar qo‘liga o‘tishi bilan boshlanadi. 
Aynan mazkur asrdan boshlab davlat boshqaruvida shu davrgacha 
shakllanib kelgan an’analardan chekinish holati ko‘zga tashlanadi. 
Xususan, dargoh va undagi turli lavozimlar mavqei kuchayib, ijroiya 
hokimiyati markaziy mansabdor shaxslar qo‘lida mujassamlashadi. 
Natijada devonlar tizimi chegaralangan. Buning sababi shayboniylar 
o‘zlari bilan davlat boshqaruvining ko‘chmanchi va yarim ko‘chman-
chilarga xos shaklini olib kirganligidadir. 
Shu davrga xos yana bir holat sifatida mansabdor shaxsning o‘z 
doimiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha vazifalarga ham jalb etilganligini 
ko‘rish mumkin. Jumladan, dargohda faoliyat yurituvchi ko‘pgina 
amaldorlar qo‘shimcha ravishda harbiy ishlar yoki elchilik vazifalari bilan 
ham shug‘ullanib kelganligini ko‘rsatish mumkin. 
Oliy davlat idorasi – dargoh  (saroy) hisoblangan. Markaziy 
boshqaruv faoliyati yuqorida ta’kidlanganidek, saroy devoni va dargoh 
amaldorlari tomonidan amalga oshirilgan. 
Oliy hokimiyat egasi xon bo‘lgan. Dastlabki davrlarda oliy hokimiyat 
hukmron sulolaning eng ulug‘ yoshdagi namoyandasiga o‘tgan. XVI 


 158
asrning 40-yillaridan boshlab sulola ichidagi oilaviy an’ana ustun chiqa 
boshlaydi. 
Dargohdagi xondan keyingi muhim mansabdor shaxs naqib 
hisoblangan. Tarjimada «sardor», «boshliq», «yetakchi» ma’nosini 
beruvchi naqiblik mansabi amalda ancha keng vakolatga ega bo‘lgan. U 
ichki va tashqi siyosat hamda harbiy masalalarda oliy hukmdorning 
birinchi maslahatchisi hisoblangan. Uning maslahati bilan qaror qabul 
qilingan. Harbiy yurishlarni uyushtirish, davom ettirish, dushman harbiy 
imkoniyatlarini o‘rganish va elchilik vazifalari ham naqibga yuklangan. 
Odatda, ushbu lavozimga asosan Muhammad S.A.V. payg‘ambarimiz 
avlodlari hisoblanadigan sayyidlar xonadoniga mansub kishilar 
tayinlangan. Rasmiy qabul marosimlarida uning oliy hukmdordan chap 
tarafi tomonidan birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohda tutgan 
yuksak maqomidan dalolatdir (masalan, 1570-yili Buxoroda Abdullaxon 
II yana o‘z hokimiyatini tiklarkan, buxoroliklar tomonidan o‘rtaga 
solingan mashhur Qosim shayx Azizxon (vafoti 1578-yil) bilan 
muzokaraga o‘z naqibini yuboradi). 
Yuqori mansabdor shaxs hisoblangan devonbegi saroy devoniga 
boshchilik qilgan. U devon faoliyati haqida xonga kunlik hisobot berib 
borgan. Saroy devonining asosiy vazifasi mamlakatning muhim 
ishlaridavlat ya’ni davlat mulki, moliya, soliq, yer-suv boshqaruvi, 
joylardagi amaldorlarga ish taqsimlash, mansablarga tayinlash ishlarini 
yuritish bo‘lgan.  
Dargohdagi  ko‘kaldosh  ilgarigi davrlardagi Devoni mushrifning 
faoliyatini amalga oshirgan. U umumiy davlat nazoratini olib borgan. U 
oliy hukmdor va rasmiy sulolaga eng yaqin kishilardan tayinlangan. 
Odatda, ko‘kaldoshning ijtimoiy mohiyati sulolaning biror bir vakili bilan 
bir onani emganlik bilan tushuntiriladi. Demak, ko‘kaldosh dargohning 
eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, unga topshiriladigan vazifalar 
vazifalar nozik qadar nozik va mas’uliyatli bo‘lgan. Bir so‘z bilan 
aytganda, mazkur maqom vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib 
borayotgan siyosat daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari bilan 
bog‘liq yumushlardan iborat edi. Masalan, Abdullaxon II va Abdul-
mo‘min o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etishda Abdulmo‘min 
harakatlari va maqsadlarini oldindan oldindan, xonga to‘g‘ri ma’lumot 
berishda asosiy o‘rinni Qulbobo ko‘kaldosh tutgani ma’lum.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish