2-§. «Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba
Mashhur «Temur tuzuklari» Amir Temur tomonidan yaratilgan
bo‘lib, XVII asrda Hindistonda Bobur avlodlari uni turkiy tildan fors
tiliga tarjima qilganlar. 1783-yilda fors tilidan ingliz tiliga, so‘ngra
fransuz tiliga va 1894-yilda I. Ostroumov tomonidan «Temur tuzuklari»
nomi bilan rus tiliga o‘girilgan. Tuzuklarning asl nusxasi hanuzgacha
topilmagan.
Temur tuzuklari XIV asrning ikkinchi yarmi, ya’ni 1342–1405-
yillarga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni bayon etadi. Amir Temur
saltanati, davlat tuzumi, boshqaruvi, sud tizimi va uning boshqaruviga oid
muhim qoidalar va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi tarixiy hujjatdir.
Qisqacha aytganda, o‘zining mazmun-mohiyati va xususiyatiga ko‘ra o‘z
davrining harbiy-ma’muriy huquq kodeksi hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Temur va temuriylar davrining huquq
manbalari qatoriga Temur tuzuklari bilan birga o‘troq aholi hududlarida
shariat qonunlari va odat huquqini ham kiritish, ularning ham amal
qilganligini eslash o‘rinlidir. Temur tuzuklarini mazmuni va tarkibiy
tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
«Temur tuzuklari»ning birinchi qismi – harbiy yurishlar haqidagi
tarixiy, geografik-avtobiografik qaydlardan iborat. Shuningdek, unda
Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish, mustahkamlash, mukammal
qurollangan qudratli qo‘shin tuzish bobidagi rejalari va tatbiq etgan
tuzuklari hamda maxsus jadvallar asosida qo‘shinning jangovar saflanish
tartibi ham ko‘rsatib berilgan. Jumladan, qo‘shin qo‘mondonlari, qabila
va uluslar boshliqlari, vazirlar, oliy ruhoniy namoyandalar bilan
markazlashgan davlat tuzish borasidagi o‘tkazilgan kengash va tadbirlar
bayon etiladi.
Binobarin, Amir Temur qo‘shinni – davlatning yaxlitligi va qudratini
belgilovchi tayanchi va kafolati, deb bilganligi bois, uni tashkil etish va
mustahkamlashga asosiy e’tiborni qaratgan.
«Temur tuzuklari»ning ikkinchi qismi – o‘ziga xos harbiy nizomdan
iborat. U kuchli davlatni qurish, qo‘shinni tashkil etish, dushman
qo‘shinini yengish hamda tinchlik davrida va harbiy yurish paytidagi
boshqaruv masalalari yuzasidan amalga oshirilgan va keyingi avlodga
o‘git tariqasida aytilgan tuzuklardan tashkil topadi.
Chunonchi, mazkur davrda feodal tarqoqlik va o‘zaro janjallarga
barham berish, mustahkam hokimiyat o‘rnatish hamda mahalliy
hokimlarning o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yish, aholidan olinadigan
155
soliqlar va majburiyatlarning aniq miqdorini belgilab qo‘yish talab
etilgan.
Natijada, davlat boshqaruvini tashkil etish va odil sudlovni amalga
oshirishga jiddiy ahamiyat berilgan. Unda quyidagi masalalar, jumladan:
davlat daxlsizligini muhofaza qilish; hukmdor hokimiyatining
cheklanmaganligi va mustaqilligi; vazirlarning majburiyati va vazifalari;
ulus amirlari va tuman hokimlarining vazifalari; davlat kengashi; davlat
xavfsizligi, jamoat tartibi va mamlakat osoyishtaligini saqlash; aholidan
olinadigan soliq (xiroj va zakot)larning miqdorini belgilash; qo‘shin
qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimini oshirish, rag‘batlantirish va ularga
maosh belgilash; vazirlar, amirlar va sipohiy (harbiy askar)larning shahar-
lar, viloyatlar va mamlakatlarni zabt etishda ko‘rsatgan jonbozliklarini
rag‘batlantirish; qo‘shinning harbiy yurish va janglarda joylashuvi va
uning ajratib turuvchi alohida belgilar kabi masalalar bayon etilgan.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning tarix oldidagi xizmatlari
nihoyatda buyuk va qimmatlidir. Birinchidan, u mamlakatda kuchayib
ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni birlashtira oldi hamda
markazlashgan yirik va kuchli davlatga asos soldi. Ikkinchidan, Amir
Temur qay maqsadda bo‘lmasin, qator mamlakatlar va xalqlarni
mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘lishga yordam berdi. O‘sha davrning
qudratli podsholaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni (1389–1402-y.)
tor-mor etib (1402-yil) Usmonli Turklar istibdodiga tushib qolgan Bolqon
yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag‘ishladi. Oltin O‘rda
xoni To‘xtamishxonni (1376–1395-y.) ikki marta (1391 va 1395-yil) tor-
mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutilishini qariyb
300 yilga tezlashtirib yubordi
1
.
1
Qarang: Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ʆɝɢɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 5–6.
156
IX BOB. SHAYBONIYLAR DAVLATI VA HUQUQI. O‘ZBEK
Do'stlaringiz bilan baham: |