Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Ashtarxoniylar davlati. Shayboniy Abdulmo‘minxondan so‘ng 
taxtga chiqqan Pir Muhammad (1598–1601-y.) hukmronligi ko‘p davom 
etmaydi. Samarqand hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtini qo‘lga 
kiritib, xon deb e’lon qilinadi. Shu tariqa shayboniylarning bir asrlik 
hukmronligi tugaydi. Mamlakat boshqaruvi yangi sulola ashtarxoniylar 
qo‘liga o‘tadi.  
Ashtarxoniylar sulolasi XV asr 30-yillarida Volga bo‘yida Oltin 
O‘rda (Jo‘ji ulusi)dan ajralib chiqqan Ashtarxon (Hoji tarxon, Astraxan) 
xonligini boshqargan mang‘it sulolasi vakillari bo‘lgan. Ular 1556-yilda 
Rus davlati tomonidan xonlik tugatilishi natijasida Movarounnahrga 
kelgan. Movarounnahrdagi ashtarxoniylar namoyandasi Yor 
Muhammadxon bilan shayboniylar o‘rtasida dastlab do‘stlik, so‘ngra 
quda-qarindoshlik munosabati o‘rnatilgan. Xususan, Boqi Muhammad ota 
tomondan ashtarxoniylarga, ona tomondan shayboniylarga mansubdir. 
Bora-bora ashtarxoniylarning mavqei oshgan. Mamlakatda e’tiborli 
viloyatlardan Samarqandni boshqarishga erishgan Boqi Muhammadxon 
oliy taxtni shayboniylardan tortib oladi. Shu bilan mamlakatda 
ashtarxoniylar sulolasining bir yarim asrlik faoliyati boshlanadi.  
Oliy va mahalliy boshqaruvda ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari 
boshliqlari bo‘lgan amirlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Viloyat hokimligiga 
asosan u yerda o‘rnashgan qabila amirlari hokim etib tayinlangan. Bu esa 
keyingi davrlarda davlatning parchalanib ketishiga olib kelgan. Hattoki, 
Buxoroda amirlar hukmronligiga asos solingan. 
Ashtarxoniylar davlati 1740–1747-yillarda Eron shohi Nodirshoh 
ta’siri ostida bo‘ladi. Shu davrdan boshlab ashtarxoniy xonlarining 
mavqei rasmiy jihatdangina tan olinadi. Amalda hokimiyat boshqa bir 
mahalliy sulola mang‘itlar namoyandasi Muhammad Hakimbiy otaliq 
ixtiyoriga o‘tadi. 1753-yilda uning o‘g‘li Muhammad Rahim otaliq o‘zini 
Buxoro amiri deb e’lon qiladi. Shu tariqa Ashtarxoniylar xonligi 
tugatiladi. 
Ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlat boshqaruvida jiddiy 
o‘zgarish kuzatilmaydi. Oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat dargohda 
mujassamlangan. Aniq ravishdagi dargoh va ijroiya (devonlar) 
taqsimotini bu davrda ham ko‘rmaymiz. Shuningdek, biror lavozimdagi 
amaldorga ijtimoiy mavqei va xon bilan munosabatiga qarab boshqa 
vakolatlar ham yuklatilgan. 
Davlat boshlig‘i xon sulola vakillari – sultonlar tomonidan saylangan. 
Otaliq bu vaqtga kelib xondan keyingi birinchi o‘rinda turgan. U birinchi 
vazir vazifasini bajargan. Otaliqdan keyingi mansab devonbegi  lavozimi 


 162
bo‘lgan. U soliqlar ro‘yxatini tuzish va to‘plash, boshqa davlatlar 
elchilarining yorliqlarini qabul qilish va uni xonga topshirish bilan 
shug‘ullangan.    
XVIII asr boshlariga kelib qushbegiboshining  mavqei kuchaygan. 
Unga  amaldorlarni mansabga tayinlash va unvon berish, xon yorlig‘isiz 
shaxsan yozma ko‘rsatmalar tarqatish, oliy qabullarda o‘z xohishiga ko‘ra 
ishtirok etish kabi vakolatlar berilgan. 
Markaziy boshqaruv apparatida parvonachi  in’om olganlarga 
yorliqlarini berish bilan shug‘ullangan. Dodxo  xon nomiga kelgan 
arizalarni qabul qilish va qarorni arizachiga yetkazish ishini yuritgan. 
Katta inoq o‘zbek qabilalarining boshqaruvini olib borgan. Ko‘kaldosh 
siyosiy mirshablikni boshqargan. Yasovullar  alohida topshiriqlarni 
bajargan. Bundan tashqari bosh qoziharbiy qozishayxulislom  kabi 
lavozimlar mavjud bo‘lgan. 
Saroy qutvoli lavozimi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, davlat xazinasi 
hisobidan amalga oshirilgan qurilish, obodonchilik ishlariga javobgar 
bo‘lgan. 
Viloyat va shaharlar xonning harbiy vassallari tomonidan idora 
etilgan. Buxoro shahri maxsus hokim – dorug‘a tomonidan boshqarilgan. 
Poytaxtda mirshablik lavozimlari joriy etilgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish