165
nisbatan o‘zgarib borgan bo‘lsa-da, siyosiy tuzumda jiddiy o‘zgarishlar
ro‘y bermagan.
Xiva xonligi uncha kuchli bo‘lmagan tarqoq davlat bo‘lgan. XVI
asrda xonlik hududi xon xonadoniga mansub bo‘lgan sultonlar o‘rtasida
taqsimlangan bo‘lib, ular o‘zlariga tegishli yerlarni mustaqil bosh-
qarganlar. Shunga ko‘ra xon mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega
bo‘lmagan. Xon hokimiyati uning yoshlikdagi otalig‘i tomonidan
bamaslahat holda kelishib olib borilgan. Oila a’zolari maslahati bilan xon
majburan taxtdan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan. Umumiy boshqaruvni
kelishuv asosida amalga oshirgan.
Mamlakat boshqaruvida ko‘chmanchi o‘zbek qabilalarining boshliq-
lari inoqlar katta ta’sirga ega bo‘lishgan. Ular xon saylash tadbirida
ishtirok etishgan. O‘z qabilasi va uning hududini boshqarishgan. Bir
vaqtning o‘zida xonning maslahatchilar hisoblanishgan.
Oliy hokimiyat deyarli barcha davrlarda vasiyat asosida sulolaning
yoshi katta vakiliga meros tariqasida o‘tgan. Odatda, taxt otadan o‘g‘ilga
meros qolgan. Yangi xonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan xonni
ko‘tarish, ya’ni saylash tadbiri o‘tkazilgan.
Oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lib,
u davlat, qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati boshlig‘i hisoblangan. Xonlikdagi eng oliy
mansabdor shaxs va oliy hokimiyat egasi bo‘lib, o‘z navbatida oliy
qo‘mondon sifatida harbiy sohaga boshchilik qilgan. Shuningdek,
ko‘chmanchi aholi vakillarining yer, suv, soliq va harbiy munosabatlarini
hal etgan. Ayrim hollarda aholi murojaatiga ko‘ra ichki munosabatlarga
xon tomonidan aniqlik kiritilgan.
Xon davlat boshlig‘i sifatida mamlakat ichki
va tashqi siyosatda uzil-
kesil qaror qabul qilish, xalq safarbarligini e’lon etish, bosh qo‘mondon
sifatida qo‘shinga rahbarlikni qo‘lga olish vakolatiga ega bo‘lgan. Xon
sudi saroy markaziy harbiy sudi hamda siyosiy, o‘ta og‘ir va mansabdor
shaxslarga oid jinoyatlarni ko‘ruvchi oliy suddan tashkil topgan. Xonlar
o‘z vakolati doirasida islom qonunchiligi usuli va yassa aqidalariga
tayangan holda nishon, yorliq, farmon va hukmlar chiqargan.
Xonlar odatda, aholining mansabdor shaxslar ustidan
shikoyati bor
paytda saroyda arz so‘raganlar. Saroyda arz so‘rashning ma’lum kunlari
tayin etilgan. Zaruriy suratlarda xon mamlakatdan uzoqda payti arzni
Kengash a’zolari tinglashgan. Bundan tashqari, xonlar muayyan vaqtlarda
xalq oldiga chiqib turgan. Davlat boshlig‘i uchun ham farz ham qarz
hisoblangan bu an’ana «ko‘rinush» deb atalgan.
166
Rus podsholigi mustamlakachiligi davrida
xon vakolatlari bir muncha
o‘zgaradi. Mamlakat ichki boshqaruvida vakolatlar deyarli bekor
qilinmaydi. Balki, rus davlati manfaati nuqtai nazaridan majburiyatlar
yuklanib, tashqi faoliyat bilan bog‘liq vakolatlari qisqaradi.
Saroyda
oliy maslahat kengashi mavjud edi. U yuqori qonun
chiqaruvchi, ma’muriy va sud hokimiyatini amalga oshirgan. Uning
yig‘ilishlari «mashvarat», «majlis» deya nomlangan.
Tarkibi turli
davrlarda mahalliy miqyosiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Unda asosan
siyosiy, moliyaviy va harbiy ishlar muhokama qilingan.
Xonlik aholisining muqim yashashiga ko‘ra, davlat hududi ikki
qismga, ya’ni ko‘chmanchi aholi istiqomat qiladigan shimoliy hudud va
o‘troq aholi yashaydigan janubiy hududga bo‘lingan holda boshqarilgan.
Har bir oliy va markaziy mansabdor shaxslar xon tomonidan
lavozimga tayinlangan va lavozimdan ozod etilgan. Odatda,
lavozimlar
xon tasdig‘idan so‘ng meros tariqasida o‘tgan. Ularning huzurida doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi mahkamalar joriy etilgan.
XIX asrning birinchi yarmida xondan keyin oliy lavozim
qushbegi
mansabi hisoblangan. U vaziri a’zam maqomida bo‘lgan. XIX asrning
ikkinchi yarmiga kelib vaziri a’zamlik mehtarga o‘tadi. Keyinchalik esa
Do'stlaringiz bilan baham: