Mavzu : o`rta osiyoning shayboniyhonlar davri tarixiy geografiyasi



Download 24,54 Kb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi24,54 Kb.
#494730
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu1


Mavzu : o`rta osiyoning shayboniyhonlar davri tarixiy geografiyasi.


Qipchoqdan bostirib kelgan Shayboniyxon boshliq 
qo‘shinlar qariyb 10 yil (1501-1510 yillar) ichida Sirdaryodan 
M arkaziy Afg‘onistongacha b o ‘lgan hududlarni, jum ladan 
temuriylaming Movarounnahr va Xurosondagi barcha mulklarini 
qo‘lga kiritdilar. 1510 yili Shayboniyxon Eron shohi Ismoil I 
bilan bo'lgan jangda yengilib, qatl qilindi. Xuroson Ismoil I qo‘liga 
o‘tdi.
Movarounnahrni shayboniy avdodlari o ‘z q o ‘llarida saqlab 
qoldilar. M uhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko‘chkun- 
chixon (1510-1531 yillar) va Abu Sa’id (1531-1533 yillar) 
davrida M ovarounnahr va X urosonda markaziy hokim iyat 
^axilashib, am irlar va sultonlar o'rtasida nizo kuchaydi. Bu 
paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va Turkiston 
yerlari parchalandi. 0 ‘zaro urushlarga birm uncha barham
bergan Shayboniyxonning ukasi M ahm ud Sultonning o ‘g ‘li 
Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukm dori bo'lgan b o ‘lsa, 
1533 yildan butun m arkazlashgan o ‘zbek davlatining oliy 
hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan 
Buxoroga k o ‘chirdi.
Shayboniylar o ‘rtasidagi o ‘zaro urushlar natijasida Mova­
rounnahr ikkiga bo‘linib, mustaqil Xiva xonligi ajralib chiqdi. 
Shayboniylardan Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557-1598 
yillar) Movarounnahrda feodal tarqoqliklarga barham berilib, oltin 
va kumush tangalar zarb qilindi, karvonsaroylar, sug‘orish inshoot- 
lari (Abdullaxon bandi) qurildi. Buxoro mamlakat markaziga 
aylandi. Abdullaxon II vafotidan keyin taxtni egallagan shaybo-
niylaming so'ngi vakili Abdulmo'min feodal zodagonlar tomonidan 
o'ldirildi.
Shayboniylardan keyin Buxoro taxtini egallagan sulola — 
ashtarxoniylar
(kelib chiqishi Astraxandan bo'lganligi uchun) yoki 
joniylar
(sulola asoschisi Jonibek sulton nom idan olingan) 
hukmronligi o ‘zbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr 
hisoblanadi. Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq (1601-1756 
yillar) davr mobaynida o'z qo'llarida saqlab kelgan ashtarxoniylar 
davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi, o'zaro urushlar 
nihoyatda avj oldi. Abdullaxon II ning sa’y-harakati bilan barpo 
etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi. Markaziy 
hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi, hududiy 
yaxlitlikni ta ’minlay olmaganligi sababli XVII asr boshlaridayoq 
Xurosonning katta qismi qo'ldan boy berildi. Xorazmda mustaqil 
Xiva xonligi barpo etildi. XVIII asr boshiga kelib esa xonlikning 
shimoliy chegaralarida Q o‘qon xonligiga asos solindi.
Ashtarxoniylar davlati tizimi o'z tuzilishi, mohiyatiga ko'ra 
shayboniylar davlat tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman 
oliy hokimiyat boshlig'i bo'lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga 
bog'liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha 
oliy farmonlar xon tom onidan joriy qilinar, uning nomidan 
tangalar zarb qilinar, xonning nom i xutbada qo'shib o'qilar edi. 
Lekin amalda ko'pgina ashtarxoniy hukm dorlar yirik saroy 
amaldorlari qo'lida to'plangan bo'lsa, joylarda mahalUy hokimiyat 
tam om ila viloyat hokim lari ixtiyorida edi. Bu markazi} 
boshqaruvning zaifligi oqibati bo'lib, davlat tizimining beqarorligiga, 
ijtimoiy-siyosiy inqirozlarga olib kelar edi.
Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar 
Balx bo'lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Davlat boshqaruvi ikki 
bosqichli bo'lib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega 
edi. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi keskin qisqarib, 
XVII asr boshlariga tegishli manbalarda xonlikka bo'ysunuvchi 
oltita viloyat - Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O'ratepa, Shahrisabz
va G ‘uzor viloyatlari tilga olinadi, xolos. Keyinchalik Imomqulixon 
tomonidan Hisor, Toshkent, Turkiston, Faig‘ona, Balx viloyatlari 
qayta b o ‘ysundirilgan b o ‘lsa-da, Xurosondagi bir necha yirik 
viloyatlar (Hirot va boshqa hududlar) va Xorazm butunlay Buxoro 
xonligi tarkibidan chiqdi. Xonlikka b o ‘ysunuvchi viloyatlar 
o ‘rtasidagi aniq m a’muriy chegaralar haqida m a’lumotlar saqlanib 
qolmagan. Ko‘pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz amalda 
yarim m ustaqil bosh q arilib , Buxoroga nom igagina tobe 
hisoblanardi. V iloyatlar xuddi shayboniylar davridagidek 
tumanlarga va boshqa m a’muriy birliklarga bo‘lingan.
Xorazm xonlari (Abulg'ozixon, Anushaxon) Buxoro va 
Samarqand atroflarini tez-tez talab turdilar. Eron va Hindiston 
hukmdorlari M ovarounnahr ichki ishlariga aralasha boshladilar. 
Ubaydullaxon davrida (1701-1711 yillar) feodal tarqoqlik 
kuchayishidan foydalangan M ahm udbiy otaliq (q atag ‘on 
urug‘idan) 1706 yili Balxda hokimiyatni qo'lga oldi. Ubaydullaxon 
o ‘ldirilgach, uning o ‘miga taxtga o ‘tirgan Abulfayzxon (1711- 
1747 yillar) nomigagina xon bo‘lii>, aslida hokimiyat bir guruh 
nufuzli amirlar qo‘lida edi. 1740 yili Abulfayzxon davlati Eron 
shohi Nodirshohga qaram b o ‘lib qoldi. 1747 yili Abulfayzxon 
•oy fitnachilari tom onidan o'ldirildi. Abulfayzxonning taxtga 
o ‘tqazilgan 9 yashar o ‘g‘li Abdulmo‘m in ham bir yildan keyin 
o ‘ldirildi. Uning o ‘miga ukasi Ubaydullo nomigagina xon bo‘lib, 
aslida davlat ishlari m ang‘it urug‘i boshlig‘i, otaliq M uhammad 
Rahim qo‘liga o ‘tdi. M uhammad Rahim davlat boshliqlari va 
ruhoniylami ko‘ndirib, 1753 yili Buxoro taxtini egalladi. Shundan 
boshlab Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo-sotiqni jonlantirish 
maqsadida 1507 yilda pul islohoti o‘tkazilib, markaziy shaharlarda 
vazni bir xil bo‘lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar 
zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy 
mavqeini kuchaytirish, shayboniy xonlari va beklari hukmronligini 
mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan 
keyin kuchayib ketgan o ‘zaro urushlar natijasida yaxshi natija
b erm ad i va p ul q ad rsizlandi. 1515 yilda oliy h u k m d o r 
K o‘chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo'ldi. Ayniqsa, 
Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy 
hayotida katta ahamiyat kasb etib, markaziy hokimiyatning 
kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga 
yordam berdi. Pul islohotini bosqichm a-bosqich o'tkazgan 
Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullami otasi nomidan (1560- 
1583 yillar) chiqarganda mamlakatda bir qancha shaharlarda pul 
zarb qilingan b o ‘lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarda 
(1583-1598) asosan Buxoroda markazlashgan pul zarb qilishni 
yo'lga qo‘ydi. Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba’zan Balx, 
Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga 
ruxsat bergan.
Iqtisodiy hayotda sun’iy sug'orish asosiy rol o‘ynaganligi 
sababli shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha 
e ’tibor berildi. 1502 yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv 
a y irg 'ic h , 1556-1585 yillarda Q ashqadaryo, Z arafsh o n , 
Amudaryo, Murg‘ob va Vaxsh daryolaridan chiqarilgan kanallar, 
suv ayirg‘ich va suv omborlari buning yaqqol misoli bo'la oladi.
Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo'jaligi, 
savdo-sotiq va hunarm andchilik bo'lib, yer asosiy boylik 
hisoblangan. Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarli 
o'zgarishlar yuz bermadi. Dashti Qipchoqdan kelgan o'zbeklar 
yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo'lib, ular 
Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib 
kelganlari yo'q, balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy- 
iqtisodiy tizimni qabul qildilar hamda unga moslashdilar.
Yer egaligining 

Download 24,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish