Qo‘qon xonligi. Ashtarxoniylar hukmronligi yillarining so‘nggi
bosqichida markaziy hokimiyati zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy
namoyandalarning mavqei kuchaygan. XVIII asr boshlarida mahalliy
ruhoniylarning ta’siri hamda o‘zbeklarning minglar urug‘i vakili
Shohruxbiy sa’y-harakati samarasida Farg‘onada mustaqil hokimiyatga
asos solinadi. Ho‘qand qishlog‘i o‘rnida Shohruxbiy bino qilgan Qo‘qand
shahri yangi davlat poytaxti bo‘lgan. O‘zini Chingiziylar avlodidan deb
hisoblagan Shohruxbiy asos solgan sulola XIX asrning birinchi yarmida
deyarli butun Sirdaryo havzasini va Yettisuvning bir qismini o‘z qo‘liga
oldi. Ushbu davlat 1709–1876-yillarda Qo‘qon xonligi nomi bilan
yashaydi.
169
Davlatda oliy hokimiyat xon qo‘lida to‘plangan. Hokimiyat meros
tariqasida o‘tgan bo‘lsa-da, odatga ko‘ra xon saylangan (ko‘tarilgan).
Uning vakolati asosan poytaxt va uning atrofi doirasidagina amal qilgan.
Mahalliy hududlarda xon hokimiyatining ta’siri kuchli bo‘lmagan.
Xon o‘zining shaxsiy qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. U urush vaqtlarida
farmoyish berish orqali viloyat va shaharlardan qo‘shin to‘plagan hamda
unga qo‘mondonlik qilgan. Keyingi davrlarda doimiy qo‘shin tashkil
etilib, uning ta’minotini shaxsan xon yuritgan.
Qo‘qon xonligi boshqaruvi tizimi ko‘p jihatdan Buxoro va Xiva
boshqaruviga o‘xshash bo‘lsa-da, o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lgan.
Harbiy lavozim egasi mingboshining mavqei ayrim davrlarda juda yuqori
bo‘lgan. Qushbegi va parvonachiga mingboshi harbiy unvoni berilishi
ham shuni ko‘rsatadi.
Mamlakatda oliy va markaziy boshqaruvi saroy tomonidan amalga
oshirilgan. Saroyda faoliyat ko‘rsatuvchi mingboshi unvoniga ega
qushbegi bosh vazir hisoblangan. U xon maslahatchisi bo‘lib, biror
shaharning hokimligini amalga oshirgan. Otabek harbiy qo‘shin
qo‘mondonligini bajargan. Shig‘ovul shariat va odil sudlovga tegishli
mansablarga tayinlash va ular faoliyatini nazorat etish bilan shug‘ul-
langan. Shuningdek, parvonachi, lashkar amiri yuqori mansablardan
sanalgan.
Saroyda shu bilan qatorda hudaychi xon yordamchisi bo‘lib, xon
nomiga kelgan arizalarni qabul qilgan. Tunqator xon yostig‘i posboni va
tunda xon topshiriqlarini bajaruvchi hisoblanadi. Noyib sarbozlar
boshlig‘i bo‘lgan. Kotiblarga ularning boshlig‘i risolachi rahbarlik qilgan.
Davlat xazinasi dasturxonchi tomonidan boshqarilgan. Bundan tashqari,
boshqa xonliklardagi singari otaliq, dodxoh, mehtarboshi, mahramboshi,
eshikog‘aboshi,
miroxo‘rboshi,
bakovulboshi,
yuzboshi va boshqa
mansablar joriy etilgan.
Sud hokimiyati tepasida joylardagi qozilar bo‘ysunuvchi qozikalon
turgan. U quyi qozi sudlar ustidan apellatsiya instansiyasi tartibida ish
ko‘rgan. Shayx ul-islom musulmonlar jamoasi diniy ishlarining oliy
boshlig‘i bo‘lgan. Shayxulmashoyix muqaddas joylarning mutasaddisi
bo‘lgan.
Mamlakat ma’muriy-hududiy jihatdan viloyat (beklik) va shaharlarga
bo‘lingan. Mahalliy hokimiyat xon tomonidan tayinlanadigan hokimlar
tomonidan deyarli mustaqil amalga oshirilgan. Hokimlar bek, beklar begi
va qushbegi unvonlariga ega bo‘lishgan. Ko‘chmanchi aholi hududlari
biylar tomonidan boshqarilgan.
170
Jumladan, siyosiy tizimda Toshkent shahri boshqaruvi alohida
ahamiyat kasb etib, u erkin shahar hisoblangan. Uning hokimiyati
tepasidagi shaharning boylari va zodagonlari (xojalar) xonga katta ta’sir
ko‘rsata olgan. Ichki boshqaruv va sud ishlari mustaqil olib borilgan.
Tashqi shahar tevarak hududlari bilan to‘rt dahaga (Beshyog‘och,
Ko‘kcha, Shayxontohur, Sebzor), dahalar esa mahallalarga taqsimlangan.
XV asrning 80-yillarida ko‘chmanchi o‘zbeklarning bir qismi hozirgi
Qozog‘iston yerlarida qolgach, turk-mo‘g‘ul qabila va urug‘lari bilan
birlashib, qozoq xonligiga asos soldi. Boshqa bir qismi XV asr oxiri va
XVI asr boshlarida Shayboniyxon rahbarligida Movarounnahr, Xorazmga
bostirib keldi va temuriylar hukmronligiga barham berdi.
Shayboniyxon boshliq ko‘chmanchi o‘zbeklar qisqa muddat (1501–
1506-y.) ichida Movarounnahr va Xorazm ustidan o‘z hukmronliklarini
o‘rnatdilar. Ammo Shayboniyxon o‘ldirilgandan keyin ko‘p vaqt o‘tmay
mamlakatda o‘zaro kurashlar, nizolar avj oldi, natijada Xuroson
safaviylar qo‘liga o‘tdi, Movarounnahr esa Shayboniylarning mayda
mulklariga bo‘linib ketdi. Abdullaxon II (1583–1598-y.) uzoq davom
etgan va ko‘p qon to‘kilgan kurashlardan so‘ng mamlakatni birlash-
tirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning vafotidan so‘ng mamlakat yana
bo‘linib ketdi. Keyinchalik xonlikda kuchli mang‘it qabilasi boshliqlari
hokimiyat tepasiga keldi. Mang‘itlar hukmronligi ostida Buxoro va
qo‘ng‘irotlar rahbarligidagi Xiva xonligi vujudga keldi. XVIII asr
boshlarida (1709-y.) Farg‘onada, markazi Qo‘qon hisoblangan uchinchi
xonlik tashkil topdi. Bu xonlik tepasida ming qabilasi boshliqlari turgan.
Xulosa qilib aytganda, ko‘chmanchi o‘zbeklar XVI–XVIII asrlarda
O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida ham muhim o‘rin tutganlar.
Buxoro, Xiva va Qo‘qon davlatlarining ijtimoiy-siyosiy tuzumi
haqida ko‘plab qo‘lyozma asarlarda ma’lumot beriladi. Shulardan eng
muhimlari hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
171
X BOB. YANGI DAVR BUYUK BRITANIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |