2-§. Angliya huquqi manbalari
Angliya huquqiy tizimi, jumladan huquq manbalari davlatchilik
taraqqiyoti bilan o‘ta uzviy bog‘liqlikda shakllangan. Angliyada qabul
qilingan konstitutsiyaviy qonunlar asosiy huquq manbalarini tashkil
etgan. Jumladan, Lavellerlar tomonidan 1647 -yilda «Xalq bitimi» e’lon
qilingan, bo‘lib, unda demokratik tamoyillar keng tarzda belgilangan,
«umumiy huquq» tizimining isloh qilinishi talab etilgan.
1628-yilgi Huquq to‘g‘risidagi petitsiyada parlament oppozitsiyasi
Erkinliklarning buyuk xartiyasiga tayangan holda qirolning fuqarolar
hayoti va mulkiga nisbatan huquqlari cheklangan. 1640-yil 3-noyabrdan
1653-yil aprelgacha, ya’ni «uzoq parlament» ish olib borgan davrda ikki
palatadan iborat parlament vakolati doirasida qator qonun va ordonanslar
chiqarilgan. 1649-yil 4-yanvarda umumpalata o‘zini Angliyada oliy
hokimiyat egasi, uning qarorlari qirol va lordlar palatasining roziligisiz
qonun kuchiga ega, deb e’lon qildi.
1653-yilda uzoq parlament tarqatilgandan so‘ng Angliyaning
«Boshqarish quroli» deb nom olgan yangi konstitutsiyasi ishlab chiqildi.
U Kromvel protektorati nomli diktaturani mustahkamladi. 1660-yilda
parlament «Bred deklaratsiyasi»ni qabul qilishi natijasida ilgari amal
qilgan siyosiy tuzum qayta tiklandi.
Parlament tomonidan 1679-yil 26-mayda qabul qilingan Xabeas
korpus akt (Habeas Corpus act), ya’ni shaxs huquqlari kafolatlari
haqidagi akt – qonunga ko‘ra, har qanday qamoqqa olingan mahbus
shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari va tanishlari orqali yuqori sudlardan
182
biriga Xabeas korpus haqida buyruq berishini talab qilishi mumkin edi.
Bunday sudyalar tomonidan berilgan yozma buyruqqa asosan
mahbusning ishini yurituvchi shaxs 24 soat ichida qamoqqa olish
sabablarini ko‘rsatgan holda uni sudga olib kelishi lozim edi. Aks holda
ish yurituvchiga nisbatan birinchi marta jarima, ikkinchi marta
mansabidan bo‘shatish jazosi belgilangan. Sud qamoqqa olish asoslarini
ko‘rib chiqib, mahbusni sudgacha garovga qo‘yib yuborish yo qamoqda
ushlab turish yoxud butunlay ozod qilish haqida qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ayni bugungi kunda mazkur «Xabeas
korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga
o‘tkazilishi muhim qadam bo‘ldi
1
.
1673-yilda Qirol qasamyodi to‘g‘risidagi akt qabul qilinib, uni
qo‘llashga 1689-yildan boshlab alohida e’tibor berilgan. 1689-yilda
konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilganligi parlamentda shu yil qabul
qilingan «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill», 1701-yilgi «Taxt vorisligi
haqidagi akt»da mustahkamlangan.
«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» davlatning shakli, oliy boshqaruv
organlari va ularning vakolatlari, fuqaro huquqlari va erkinliklari, soliq va
qo‘shin masalalarini ham tartibga solgan.
1701-yilda «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» qirol hokimiyatini
cheklovchi bir qancha qoidalar bilan to‘ldirilgan. Ushbu qoidalar ingliz
konstitutsiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sud
hokimiyatining ijroiya hokimiyatidan ajratilganligi e’lon qilingan.
Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyili bo‘yicha ular mansablaridan
parlament qarori bilan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan.
1701-yilgi «Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt» yana bir juda muhim
konstitutsiyaviy qonundir. U orqali taxtning keyingi davrlarda aynan
kimga va qaysi sulolaga o‘tishi mustahkamlangan. Ingliz konstitutsiyasi
izchillik bilan tuzilmagan bo‘lsa-da, unda hokimiyatning taqsimlanishi
g‘oyasi mujassamlangan. Shu tariqa davlat hokimiyatining juda muhim
institutlari rasmiylashtirilgan.
Shunday qilib, XVIII asr boshiga kelib Angliyada quyidagi uchta
muhim konstitutsiyaviy qonun: Xabeas korpus akt; Huquqlar to‘g‘risidagi
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ
Ɉɥɢɣ
Ɇɚɠɥɢɫɢ
Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ
ɩɚɥɚɬɚɫɢ
ɜɚ
ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 22.
183
Bill; Taxt vorisligi haqidagi akt qabul qilingan. Ular ingliz konstitut-
siyasining yozilgan qismini tashkil etgan.
Ingliz konstitutsiyaisning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u
yagona qonun hujjati bo‘lmagan. Uning muhim qismini amaliyotda
o‘rnatilgan va yozilmagan shartli qoidalar tashkil etadi. Ana shunday
qoidalar, ya’ni konstitutsiyaviy pretsedent (konstitutsiyaviy odatlar)ning
o‘rnatilishi XVIII asrda ingliz konstitutsiyasining rivojlanishini
belgilagan. Ulardan asosiylari qirolning ministrlar kabineti majlislarida
qatnashmasligi, hukumatning saylovlarda g‘olib chiqqan partiya
a’zolaridan tuzilishi, ministrlar kabinetining jamoa javobgarligi, qirolning
veto huquqidan voz kechishi hisoblanadi.
1707-yildan boshlab qirolning veto huquqidan umuman foydalanmay
qo‘yishi butun qonun chiqarish hokimiyatini parlamentga o‘tkazgan.
Keyingi davrlardagi huquqiy islohotlar aynan parlament qonun ijodkorligi
natijasida kechadi. Jumladan, 1832, 1867 va 1911-yillarda parlamentni
isloh qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga qadar jamiyat siyosiy tizimi bir
qancha demokratik qonun chiqarish orqali yaxshilanib boradi.
Konservator partiyasi tomonidan matbuot, ishlab chiqarish, mehnat
shartnomalari, ish vaqti, bolalarning mehnatini muhofaza qilish, jamoat
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan.
XIX asr oxirida saylov huquqini demokratlashtirishga qaratilgan
qator qonunlar qabul qilindi. 1865-yilda Angliya parlamenti «Mustam-
lakalar qonunlarining haqiqiyligi haqidagi akt»ni qabul qiladi. Unga
binoan mustamlaka parlamentlarga Angliya qonunlariga xilof bo‘lmagan
qonun chiqarish va sud organlarini tuzishga oid huquqlar beriladi.
184
XI BOB. YANGI DAVR FRANSIYA DAVLATI VA HUQUQI
Do'stlaringiz bilan baham: |