Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

1-§. Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining 
tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati 
Ma’lumki, Amir Temur butun jahonga mashhur va buyuk qudratli 
davlat barpo etgan. Uning tashkil etgan bu davlati o‘zbek milliy 
davlatchiligi davomi bo‘lib hisoblanadi. Bu fikrning tasdig‘ini Amir 
Temurning quyidagi so‘zlarida ham ko‘rishimiz mumkin: «Biz kim, 
Mulki Turon Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi va 
eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz». Amir Temur o‘zbek davlat-
chiligini tashkil etish bilan Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar mustam-
lakachiligiga barham berdi. Islom dini, shariat qoidalarini qo‘llab-
quvvatladi. 
Amir Temurning o‘zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri 
shundaki, u 150 yillik uzoq bir davr o‘tib, odatlar, an’analarda katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo‘lgan o‘zbek 
davlatchiligi boshqaruv tizimining eng ilg‘or namunalarini qaytadan 
tikladi. Davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatini belgiladi. Jumladan, 
jamiyat a’zolarini 12 tabaqaga ajratib, davlatchilik asoslarini mazmunan 
boyitdi. 
Sohibqiron Amir Temur shaxsi va o‘gitlari bugungi kundagi 
ahamiyati kattadir. Hozirgi kunda istiqlol sharofati tufayli Amir Temur 
shaxsi va faoliyati milliy davlatchilik tajribasi nuqtai nazaridan 
o‘rganilmoqda. Temur tuzuklari esa boy ilmiy-ma’naviy meros sifatida 
qadrlanib kelinmoqda. 
Ushbu so‘zlarimizning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz: 
«Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning 
qoldirgan merosi, pandu-o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, 
oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan 
ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot 
qilmasdan haqqimiz yo‘q»
1
. Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrida 
mavzuning dolzarbligini yana bir marotaba ko‘rish mumkin.  
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ – ɮɚɯɪɢɦɢɡ, ԑɭɪɭɪɢɦɢɡ// əɧɝɢɱɚ ɮɢɤɪɥɚɲ ɜɚ
ɢɲɥɚɲ – ɞɚɜɪ ɬɚɥɚɛɢ. Ɍ.5. –Ɍ., 1997. –Ȼ.190–191.


 145
Prezident Islom Karimovning yana quyidagi fikrlarini keltirish 
o‘rinlidir: «Hamisha xalq g‘amini, yurt g‘amini o‘ylab yashagan 
Sohibqiron yovlar oyog‘i ostida toptalgan o‘lkani dunyoning eng qudratli 
saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do‘stlar, barchamiz yakdil 
bo‘lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan 
O‘zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu 
yo‘lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz 
bo‘lsin» degan dono o‘gitlari doimiy shiorimiz bo‘lsin»
1
.
Amir Temur hijriy 736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprel)da Qashqadaryo 
vohasining Shahrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, 
barlos Tarag‘ay xonadonida tavallud topgan. Otalari – turkiy barlos 
urug‘ining biyi (oqsoqol) Muhammad Tarag‘ay, onalari Sadr ash-shari’a 
ɭɪɭԑɢɞɚɧ
Ȼɭɯɨɪɨ qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina 
Muhibegimdir. 
Amir Temur quyidagi unvonlarga ega bo‘lgan: Sohibqiron - Zuhro va 
Mushtariyning bir-biriga yaqinlashish holati «Qiron burji» deb ataladi. 
Amir Temur Zuhro (Venera) va Mushtariy (ɘɩɢɬɟɪ) bir-biri bilan 
yaqinlashganda tug‘ilgan. E’tiqodga ko‘ra bunday bola kelajakda toj-
saltanat va baxtu-iqbol egasi bo‘ladi; Qutbiddin – zamona peshvosi, yo‘l 
ko‘rsatuvchisi, avliyo; Ⱥɛɭɥɦɚɧɫɭɪ – zafarmand, g‘alaba qozonuvchi. 
Amir Temur 1405-yil 18-fevral kuni Xitoyga yurish chog‘ida 
O‘trorda vafot etadi. U umrining eng so‘nggi daqiqalarigacha faqat bir 
narsani – el-yurt osoyishtaligi va ravnaqini o‘yladi. Bu uning 
vasiyatlarida o‘z aksini topgan: Zo‘ravonlikka monelik qilish ishini 
kechiktirish mamlakatni xavfu xatar ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning 
huzur halovatini buzadi, maslagu-tariqatning buzilishiga olib keladi. 
Qiyomat kuni bizdan so‘raydilar, surishtiradilar. Shu kundan e’tiboran 
farzandimiz (nabiramiz) Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o‘zimizga 
valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amri 
farmonida bo‘lg‘ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, lashkar va 
rayyatning muhim yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lsin. Sizlar esa unga 
tobelik va bo‘ysunish marosimini o‘rniga qo‘yinglar, birgalikda uni 
qo‘llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin… . Mamlakat manfaati va 
xalqlar farovonligi bobida (kishilar tajribasida) nimaiki aytilgan bo‘lsa, 
yodda tutinglar. Rayyat va qo‘l ostingizdagilar ahvolidan bexabar 
qolmang. Qilich dastasini  shijoat va mardlik qo‘li bilan mahkam 
1

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish