O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman shohruxbek Mingboyev



Download 28,07 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi28,07 Kb.
#698105
Bog'liq
O\'zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman Mingboyev Shohruxbek Obidjon (2)


O‘ZBEKISTONLIK EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN

Shohruxbek Mingboyev
Namangan davlat universiteti pedagogika-psixologiya fakultiteti
amaliy psixologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
+998 93 407 14 32

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz o‘z vatanimizga bo‘lgan muhabbatimiz va undan nima uchun faxrlanishimiz kerakligi va jannat kabi tasvirlangan vatanimiz bilan tanishib chiqasiz.
Kalit so‘zlar: Jannat, tinchlik, osoyishta, serquyosh, faxr, qudrat, qalb, osmono‘par, ocharchilik, ezgulik, taqvo, iymon, ilm.

Annotation: In this article, you will learn about our love for our country and why we should be proud of it, and our, homeland, which is described as paradise.
Keywords: Paradise, peace, tranquility, sunshine, pride, power, heart, skyscraper, famine, goodness, piety, faith, knowledge.

Аннотация: В етой статье вы узнаете о нашей любви к своей стране и о том, почему мы должны ею гордиться, и о нашей родине, которую описывают как рай.
Ключевиые слова: Рай, мир, спокойствие, солнечный свет, гордость, сила, сердце, небоскреб, голод, благость, благочестие, вера, знание.

O‘zbekiston. Ha bu so‘z naqadar chiroyli eshitiladi, u oddiy so‘z emas, balki o‘zida mehr-muhabbat va ezgulikni aks ettirgan holda ko‘z oldimizda tasvirlanadi. Tichlik va osoyishta bo‘lgan va o‘ziga to‘q bo‘lgan mening vatanim, O‘zbekistonimdan faxrlanaman. Bunga sabab esa juda ko‘p. Diyorimizda juda ko‘p olimlar, doktorlar, ilm arboblar va shoirlar yetishib chiqqan. Men ham shu jannatmonand vatanda istiqomat qilaman. Bizning vatanimizni boshqa so‘zlar bilan ham yodga olsa arziydi. Misol uchun, serqiyosh o‘lka, jannatmonand o‘lka, mehr-muhabbat o‘lkasi kabi juda ko‘p chiroyli so‘zlar bilan ta’riflasa arziydi. Albatta, har-bir mo‘min-musulmon, har-bir qalbida iymon, taqvosi bor insonlar bir-biriga aka-uka kabi muomala qilishlari va ularning bir-biriga qo‘ygan mehrlari ham juda katta, ayniqsa bu o‘lkadagi chiroyli joylar, tiniq suvlar, ulkan tog‘lar ham yurtimizning ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlaydi.


Ota-bobolarimiz ham, hattoki Imom-Buxoriylar, Alisher Navoiylar, Zahiriddin Muhammad Boburlar ham shu yurtda yashab o‘tganlar. Dunyoni lol qoldirgan va ulkan muvaffaqqiyatlarga erishgan barcha taniqli shaxslar bizning vatanimizda faoliyat olib borishganlar. Vatanimizdan hamma insonlar faxrlanadi. Uning so‘lim go‘shalar, ota-bobolarimizning choyxonalarda miriqib suhbat qilishlari, yosh bolalarning bog‘larda va ko‘cha-ko‘ylarda o‘ynab yurishlari, onalarimizning shirin qilib tayyorlab bergan mazzali ovqatlari, qo‘ni-qo‘shnilarimizning bir biriga bo‘lgan mehr-muhabbati bizning eng baxtli yurtda yashashimizdan darak beradi. Bog‘larda pishib yetilgan mazzali mevalar ham har-bir insonga lazzat bag‘ishlaydi. Osmono‘par binolar va chiroyli uylar ham vatanimizni qanchalik obod, saramjon-sarishta ekanligidan dalolat beradi. Nafaqat biz, shuningdek boshqa millat vakillari ham bizlarga katta havas bilan qaraydi. Tinchlik borasida ham birinchilar qatoridan joy egallamoqdamiz. Prezidentimiz tomonidan yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar hammamizni ko‘nglimizga quvonch va baxt ulashmoqda. Men shu millatning vakiliman, bir bo‘lagiman. Har bitta erishgan yutug‘iga quvonaman, har bir mag‘lubiyatiga esa achinaman. Har bir bo‘lgan ishlar men uchun aziz va mukarramdir.
O‘lkamizni ta’riflashda ko‘pgina qalblar ham ojizlik qiladi. Chunki, uning ta’rifini hali hech qaysi davlatda, hech qaysi millat vakilida eshitib ko‘rilmagan. Bu yurt uchun kitoblar bitsa arziydi. O‘zbegimning o‘ziga xosligi shundaki, boshqa millatlar va xalqlar deb, solishtirmaydi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar mehmondo‘st xalqdir. Shu orqali ko‘p davlatlarga tanilib ulgurgan. O‘zbegimning osmon kemasi parvoz qilsa, ya’ni samolyotlari boshqa davlatlarga uchsa, katta faxrni his qilaman, chunki bizning samolyotda vatanimiz bayrog‘ini rasmi aks ettirilgan. Har-bir inson bu lazzatli onlarni hech qachon unitmaydi va mana o‘zbegim parvozi, deb hamma insonlar faxrlanadi. Ayniqsa, sport musobaqalarida birinchi o‘rinlarni olib kelayotgan vatandoshlarimiz ham, shu g‘ururni his qiladi. Ular ringa chiqib vatanimiz sha’nini oqlash uchun kurashadi, bizning vatandoshlar esa ularni qo‘llab-quvvatlaydi. G‘oliblikni qo‘lga kiritganda esa hamma insonlar kabi, meni ham ko‘zimga yosh keladi. Chunki, O‘zbekistonimizni bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish butun xalqimiz uchun katta faxr. Hattoki, kichkinagina bolakaylar ham shaxmat o‘yinlarida birinchi o‘rinlarni olib kelsa, bunga ham hayratlanaman va shunday yurtda juda ko‘p aqlli va iffatli insonlar yetishib chiqayotganligidan yosh-u qari birdek faxrlanadi. Yana bir mehrni ko‘rishingiz mumkin, misol uchun o‘z farzandini o‘qishi uchun har qanday sharoit bo‘lsa ham yaratib berayotgan, nima zarur bo‘lsa, maqsadlariga erishish uchun har doim yordam berib kelayotgan ota-onlarimiz ham yurtimiz uchun hissa qo‘shadi albatta. Deyarli har-bir ota-ona o‘z bolasini katta bo‘lsa vatanimizga chin dildan xizmat qiladigan yetuk mutaxassis yetishib chiqadi deya tarbiya beradi.
Ota-onam bor, opam, singlim, amma-xolalarim bor, ular hamma o‘zbek ayollari kabi o‘zini butunlay mehr-muhabbatga berishgan va bizga ham shuni berib kelmoqda. O‘zbek ayollarini tasvirlash uchun minglab musavvirlar qalam olishgan, minglab haykaltaroshlar tosh o‘yishgan. Ularni tarifini eshitgan har-bir inson hayratdan qalblari eriydi. O‘z erini, farzandlarini, hattoki to‘rt-beshtalab o‘g‘illarini urushga kuzatib birortasini kutib olmagan o‘zbek ayolidir, odamlar urushda bir-birini qonini to‘kkanda farzandlarini sog‘-omon olib chiqqanda ham orini oyoqosti qilmagan o‘zbek ayoli haqida eshitsam, g‘ururim tog‘lardek yuksaladi. Har-bir mo‘min insonning qalbida shirin tuyg‘ular, shirin orzu-havaslar birdek to‘lqinlanib turadi. Buning asosiy sababi esa, ko‘ngil tinchligidadir. Albatta har-bir inson har kunidan, har soniyasidan faxrlanib yashagisi keladi. Bu kunni tarixga muhrlab qo‘ygisi keladi. Ota-onalar bilan bolalari har kuni bir dasturxon atrofida yig‘ilib tushlik qilishi ham katta baxt. Eng kerakli bo‘lmish tinchlik bizda bor. Asosiy qurolimiz esa-mehrdir. Mehr bilan kerak bo‘lsa kasal insonni ham dunyoga qaytarishingiz mumkin.
Sen aynan nimadan faxrlanasan? Deb mendan so‘rashsa, meni javobim bitta, ya’ni men O‘zbekistonda, yerdagi jannatimda yashayotganimdan faxrlanaman, deya nido qilaman. Men esa universitetda tahsil olaman. Vatanimizda o‘qiyapturganligimdan, kuchli bilim olayotganligimdan qalbim taskin topadi, bundan ortiq baxt yo‘q bo‘lsa kerak. Ayniqsa, bir-biridan a’lo bo‘lgan o‘qituvchilarimiz ham bizni ulkan marralarni egallashimizga yordam beradi. Yosh bolakaylarning ariqlarga nonini oqizib yeyishlari, yaqinlarimiz bilan bayramlarda yig‘ilishilarimiz va bir dasturxon atrofida suhbatlashib o‘tirganini, ayniqsa menga eng yoqadigani navro‘z bayramida qarindoshlarimiz bilan sumalaklar qilishimiz bizning milliyligimizni aks ettiradi va milliyligimizdan ham faxrlanishimizga arziydi. Tinchligimizni esa, hamma davlatlar havas qiladi, bizning vatanda yashash uchun ko‘pgina millat va elat vakillari tashrif buyurishadi. O‘sha mashhur palovlar, milliy do‘ppi va cho‘ponlar chet-eldagi insonlar uchun ham qiziqarli va biz bunday milliyligimizdan faxrlanamiz. Ota-bobolarimiz yashab o‘tgan binolar ham hozirgacha yangi qurilganidek saqlanib kelinmoqda, zero bizning qadriyatlarimiz shunday tarixga egaligini his qilamiz.
Bizning tariximiz ham bizga shukr qilishni, hayotdan rozi bo‘lishni, qalbimizga singdirishimizni anglatdi. Bu kunlarga osonlik bilan erishilmadi. Aksincha, qiyinchilik va azob-uqubatlardan keyin shu darajaga erishdik. Ba’zida o‘ylab qolaman, nega aynan O‘bekiston? Nega aynan shu joy? Buni anglab yetish oson emas. Atrofga qaraydigan bo‘lsak, bizning yurtda mehr-oqibat, sevgi, baxt yashirilgan ekan. Bunga guvoh bo‘lgan har-bir shaxs o‘zini jannatda yurgandek his qiladi. Hamma narsada erkinlik bor, birinchi navbatda din erkinligini olsak, ertalab tong saharda chaqirilgan azon ham hammani ko‘ngliga islom nurini kirishiga yo‘l ochib beradi. Ayniqsa, yoshi katta keksalarimiz ham minnatdor bo‘ladi. Vatanimizni tarixi buyuk, hoziri buyuk, kelajagi buyuk. Bizday vatan uchun jon beradigan insonlar bor ekan, biz tufayli ham, bizning vatandoshlarimiz bizning vatanimizdan faxrlanadi. Buning sababi esa vatanimizga bo‘lgan muhabbatimizdir.
Vatanimizning jajji yoshlari go‘zal, ilmli yoshlari go‘zal, kelajagi go‘zaldir, bundan hamma insonlar rozi va qalbida shirin tuyg‘ular bilan birga muhabbatni ham his qiladi. Inson o‘zini seva boshlagach, o‘z vatanini ham seva boshlaydi. Menga vatanim nima berdi? Deb emas, men vatanimga nima berdim? Deya yashashi kerak. Bu so‘zni o‘zi uchun majburiyat qilib olishi maqsadga muvofiqdir. Bizning vatanimiz muqaddasdir, oilamiz muqaddasdir. Uni asrab avaylash esa har birimizning burchimizdir. Har qancha takrorlasak ham qadri yo‘qolmaydigan so‘z bu-Vatan! Ulkan, cheksiz qudratdir, buni esa vatanni sevgan, faqat u uchungina yashayotgan, qalbida mehr-muhabbati bor inson tushunadi xolos. Men ham vatan so‘zini mehr bilan, qalbimda salobat bilan, viqor bilan tilga olaman. Musaffo osmonimizda uchayotgan kabutarlar esa, uning qanchalik tinch va sevgi, muhabbat ramziligidan dalolat beradi. Mening Vatanim-mening faxrim.
Har-birimiz O‘zbekiston deb atalmish dunyoga dovrug‘i yoyilgan vatanda yashayotgan ekanmiz har-bir soniyamiz shukrga asoslangan va faxrga boy bo‘lishi kerak. Chunki, sizni o‘rningizda bo‘lishni hozir qanchadan-qancha insonlar havas qiladi. Ayrim davlatlarni ko‘rish mumkinki, ularning hattoki yeyishga noni, kiyishga kiyimi, ichishga suvi, eng achinarlisi esa, tunashga joyi yo‘q. Bular qanday qilib yashayotgan joyidan faxrlanadi, hech qachon bunday o‘ylamaydi, faqat qiyinchilik, faqat g‘am-tashvish, ocharchilik. Siz esa hozir yerdagi jannatdasiz. Faxrlanishimizga eng katta sabablardan yana biri bizning nafas olayotganligimiz, qo‘l-oyog‘imiz esa ishlayotganligi, ota-onamizni borligi, yaqin qarindosh, do‘st birodarlarimizni borligi. Bunday vaziyatda, albatta har-birimiz faxrni his qila olamiz. Inson eng yaxshilaridan faxrlanadi, men ham o‘z vatanimdan faxrlanaman.
Download 28,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish