Дхт таййор



Download 135,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.07.2022
Hajmi135,55 Kb.
#814653
  1   2   3
Bog'liq
ДХТ таййор



Kazus:
1. Miloddan avvalgi XVIII asrda Qadimgi Bobilda huquqning asosiy manbasi
sifatida Xammurapi qonunlari amal qilgan. Unda huquqning turli sohalari va
institutlariga taalluqli normalar aralash tarzda oʻz ifodasini topgan boʻlib, shu
davrdagi huquqiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Oʻsha vaqtda Bobilda ibodatxona kohini sifatida faoliyat yuritgan Jamal ismli
shaxs qoʻshni Uruq mamlakatidan kelgan Magʻrur ismli savdogardan 4 mina
kumush evaziga 2 ta kul sotib oldi. Biroq oradan bir necha kun oʻtgach,
Uruqdan tashrif buyurgan boshqa bir Kamal ismli savdogar oʻsha ikki qul unga
tegishli ekanligini va ular qochoqligini yoki oʻgʻirlab ketilganligini, buni uning
qoʻshnilari ham tasdiqlashini koʻrsatgan holda daʼvo qilib, Jamalga murojaat
qildi. Jamal esa ushbu qullarni sotib olganligini va bunga guvohlari ham
mavjudligini aytib, uning daʼvosini rad qildi. Soʻngra Kamal Bobil shahrining
hukmdori patesiga arz qildi.
Vaziyatni Xammurapi qonunlariga asoslanib hal qiling.
Buzilgan mulk huquqi qanday tiklangan? Qonunlarda mulkka qarshi jinoyatlar
uchun kanday jazolar nazarda tutilgan?
Qonunlar to‘plamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi.
Chunki bu to‘plam Bobil davlat hokimiyatini mustahkamlash, bobil
jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunlar
to‘plami: kirish, 287 moddadan Iborat qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch
qismdan iborat bo'lgan.
Qullar va quldorlar oʻrtasidagi farqlar Mesopatamiya davlatlarining qonunlarida
ham oʻzining aniq ifodasini topgan. Eng birinchi qonunchilik manbalari
(masalan, Ur-Nammu qonunlari) egasidan qochib ketgan qulni “xoʻjayini”ga
qaytarganlik uchun mukofot belgilagan. Ayniqsa, Bobilda (XQ)2 qullar


toʻgʻrisida juda koʻp gapiriladi. Lekin shuni alohida taʼkidlash joizki,
qonunlarda qullar toʻgʻrisida qanchalik koʻp gapirilmasin, ular jamiyat moddiy
boyliklarining asosiy ishlab chiqaruvchilari boʻlmagan. Qullar bevosita ishlab
chiqaruvchilarning faqat bir qismini tashkil etgan, xolos. Qullar bilan bir
qatorda aholining ekspluatatsiya qilinadigan boshqa ishlab chiqarish
vositalaridan mahrum etilgan va toʻla erkin boʻlmagan shaxslar ham boʻlgan.
Qullar (“vardum”) ijtimoiy qatlamning eng quyi qismini tashkil etgan.
Bobilda asosan harbiy asirlar, shuningdek, qulga aylantirilganlar va erkinligini
yoʻqotgan huquqsiz ozod kishilar (masalan, jinoyatchilar va qarzini toʻlay
olmaganlar) qullar boʻlib qolgan. Qullar qonun boʻyicha xoʻjayinning barcha
mulkining bir qismi-ashyolar sifatida koʻrilgan. Qullarga nisbatan mulk huquqi
oilada avloddan-avlodga meros boʻlib oʻtgan. Qullarni sotganlar, qarzga
berganlar.
Xammurapi qonunlarida qullar quldorlarning xususiy mulki sifatida
qattiq himoya qilingan. Unga nisbatan har qanday tajovuz uchun ogʻir jazo
oʻrnatilgan. Shu oʻrinda XQdan baʼzi misollarni keltirib oʻtamiz. “Agar birov
saroyning shahar darvozasidan saroy qulini yoki choʻrisini, shuningdek,
mushkenuning quli yoki choʻrisini olib chiqsa oʻlimga mahkum etiladi”
(15-modda); “Agar birov oʻz uyida saroyga yoki mushkenuga tegishli qochoq
qul yoki choʻrini yashirsa, uyga qamab qoʻysa, uy egasi oʻlimga mahkum
etiladi” (16-modda); “Agar birov qochoq qulni yoki choʻrini tutib olsa va uni
xoʻjayiniga qaytarsa, qulning xoʻjayini unga 2 siql1 kumush bergan”
(17-modda); “Agar tutib olingan qul oʻz xoʻjayini kimligini aytmasa, u saroyga
keltirilib, tanasi tekshirilgan va soʻngra xoʻjayiniga qaytarilishi lozim boʻlgan”
(18-modda); “Agar qochoq qulni ushlab olgan shaxs uni uyida saqlab tursayu,
buni shu paytda qul egasi topib olsa, bunday holda qulni uyida ushlab turgan
shaxs oʻlimga mahkum etilgan” (19-modda); “Agar qul uni ushlab olgan


odamning qoʻlidan qochib ketsa, bu odam qulning xoʻjayini oldida xudoni
oʻrtaga qoʻyib qasam ichishi lozim boʻlgan va javobgarlikdan ozod etilgan”
(20-modda); “Agar sartarosh xoʻjayinning ruxsatisiz qulning qulchilik belgisini
qirib tashlasa, sartaroshning barmoqlari kesilgan” (226-modda); “Agar birov
boshqa odamga tegishli qulni sartaroshga olib kelib oʻz qulim deb, aldab
quldagi belgini qirdirib tashlatsa, bunday odam oʻlimga mahkum etilgan;
sartarosh esa ”men buni qasddan qilmadim“ deb qasam ichib, javobgarlikdan
ozod boʻlishi mumkin boʻlgan” (227-modda).
Xammurapi qonunlari boʻyicha qulning sogʻligʻiga zarar yetkazish yoki
hayotidan mahrum qilish xoʻjayinning mulkiga zarar yetkazish sifatida
koʻrilgan va buning uchun aybdor xoʻjayinga yetkazgan zararni toʻlashi lozim
boʻlgan. “Agar quruvchi maʼlum haq evaziga biror odamga uy qurib bersa-yu,
qurilgan uy mustahkam boʻlmay buzilib ketsa, natijada uy egasining quli oʻlsa,
bunda quruvchi qul uchun qul bergan” (229; 231-moddalar); “Agar vrach
birovning qulini bronza pichoq bilan kesib ogʻir operatsiya qilayotganda qul
oʻlib qolsa, qul uchun qul berishi lozim boʻlgan” (219-modda); “Agar bunday
holda qulning koʻzini koʻr qilib qoʻysa, qiymatining yarmini toʻlagan
(220-modda); ”Agar birovning hoʻkizi suzongʻich boʻlsa, unga bu haqda
qoʻshnilari ogohlantirgan boʻlsalar ham uning egasi buning chorasini koʻrmagan
yoki hoʻkizini bogʻlab qoʻymagan boʻlsa va hoʻkiz birovning qulini suzib
oʻldirsa, hoʻkiz egasi qul egasiga 1/3 mina1 kumush toʻlashi lozim boʻlgan“
(251-252-moddalar).
Qul xoʻjayinning hatto juda katta ishonchini qozongan boʻlsa ham, ammo uning
mulkini oʻz xohishicha boshqara olmagan. Qul bilan kimda-kim oldi-sotdi
shartnomasi tuzib, undan biror narsa xarid qilsa, oʻlim jazosiga mahkum
qilingan (7-modda). Qulning qochishiga yordam bergan, uni yashirgan yoki
egasiga qaytarishdan bosh tortgan shaxslarga ham oʻlim jazosi berilgan.


Aksincha, qulni tutib olib, egasiga qaytarib berganlar xizmatlari evaziga
mukofot olganlar. Qullarning qul ekanligini ajratib turish uchun uning tanasiga
oʻyib yoki kuydirib tamgʻa bosib qoʻyilgan. Lekin bunday tamgʻa bosilgan
qulni xoʻjayin sotishi yoki boshqasiga almashtirishi mumkin boʻlmagan.
Demak, bu holat xoʻjayinning oʻz quliga nisbatan huquqini maʼlum darajada
cheklagan.
Qullar quyidagi toifalarga boʻlingan: podsho qullari, ibodatxonalarning qullari
va xususiy egalikdagi qullar. Qullar oʻz mulkiga egalik qilishi mumkin boʻlgan.
Albatta, bunday mulk xoʻjayinning ruxsati bilan orttirilgan, oqibatda uning
mulkining bir qismi deb hisoblangan va qul oʻlsa, mulk xoʻjayinga oʻtgan. XQ
xoʻjayinning qul ustidan hukmronligini cheklamagan. Faqat ayrim hollarda
baʼzi toifadagi ozchilik qullar qonun himoyasidan foydalangan. Bularga,
masalan, oʻz xoʻjayinlaridan bolasi boʻlgan choʻrilar (qul ayollar) kirgan.
Ulardan tugʻilgan bolalar ham erkin hisoblangan. Podsholikka qarashli qul yoki
mushkenuning quli erkin ayolni xotinlikka olishi mumkin boʻlgan, ulardan
tugʻilgan bolalar ham erkin deb tan olingan (175-modda). Erkin kishi va qul
ayoldan tugʻilgan bolalar ham, agar ularning otasi tomonidan tan olinsa, erkin
boʻlgan. Erkin kishidan bola tugʻgan qul ayol ”kumush uchun" sotilishi mumkin
emas (171-modda). Qulning erkin bolalari uning mulki boʻlsa, uni yarmini
meros tariqasida olganlar, qolgan yarmi xoʻjayinga oʻtgan (176-modda).
Qarzi uchun qulga aylantirilganlar qullik holatida uch yildan ortiq
boʻlmasliklari lozim edi. Qarzdorlik asorati jamoachi-dehqonlarni qulga
aylantirishning asosiy usuli boʻlgan, shu sababdan XQ xuddi shu qarzdorlik
asoratini cheklashga intiladi. Bunga ajablanmasa ham boʻladi. Sudxoʻrlarning
shafqatsiz xatti-harakatlaridan faqat kambagʻallargina emas, balki koʻpgina
mulkdorlar ham azob chekkan, bu hol yalpi norozilikka sabab boʻlib, podshoga
ziyon yetkazgan, chunki podsho fuqarolardan tobora mahrum boʻla borgan


(negaki qul butunlay xoʻjayinga tegishli boʻlgan). Qonun xususiy mulkni
himoya qilib, qarzini va uning foizlarini undirishga yoʻl qoʻygan, lekin bu
undirishni muayyan doiraga solib, ochkoʻz qarz beruvchilarning haddan tashqari
ishtahasini tiyib qoʻygan. Qarzdorning oʻzi emas, balki uning xotini yoki
bolalari faqat uch yil davomida qarz badaliga ishlab berishi, buning ustiga,
mazkur qaram kishilar qullardan farq qilib, qonun yoʻli bilan qoʻriqlangan va
qarzdor otasining qarzi badaliga ishlab berayotgan oʻgʻli sudxoʻrning kaltagidan
oʻlib qolguday boʻlsa, u holda qarz berganning oʻgʻli ham oʻldirilishi lozim edi.
Mulk egasi oʻz mulkini har qanday kishidan talab qilib olish imkoniyatiga ega
boʻlgan. Agar mulk egasi oʻz mulkini birovdan topib olsa, bunda uni egallab
turgan shaxs mulkni boshqa shaxsdan sotib olganligini koʻrsatsa, mulkning
haqiqiy egasi sudga mulk haqiqatda uniki ekanligini tasdiqlaydigan guvohlar
keltirishi, uni sotgan kishini va ushbu shartnoma tuzilishida ishtirok etgan
guvohlarni sudga olib kelishi lozim boʻlgan. Guvohlarni soʻroq qilish natijasida
begona ashyo sotilganligi aniqlansa, mulk egasi oʻz ashyosini qaytarib olgan,
mulkka egalik qilib turuvchi shaxs (sotib oluvchi) esa uni sotgan kishidan
bergan toʻlov haqini qaytarib olgan, mulkni sotgan sotuvchi oʻgʻri deb topilgan
va oʻlimga mahkum etilgan (9-modda). Agar mulkka egalik qilib turgan shaxs
ashyoni sotgan kishini koʻrsata olmasa va guvohlar taqdim eta olmasa,
mulkning haqiqiy egasi guvohlar yordamida ashyoga boʻlgan huquqini
isbotlasa, mulkka egalik qilib turgan shaxs oʻgʻri deb topilgan va oʻlimga
mahkum
etilgan (10-modda). Agar, aksincha, daʼvogar ushbu mulkka boʻlgan huquqini
isbotlay olmasa, tuxmatchi sifatida oʻlimga mahkum etilgan (11-modda). Agar
begona ashyoni sotgan shaxs oʻlib ketgan boʻlsa, u holda ushbu ashyoni sotib
olgan kishi foydasiga


sotuvchining uyidan mulk qiymatining 5 baravar hajmida mulk undirilgan
(12-modda).
Xulosa: Jamal sotib olgan qullar aslida Kamal o'ziniki bo'lganini guvoh va
dalillar bilan isbotlay olsa Mag'rur sud tomonidan o'g'ri deb topilib 9-modda
asosida o'limga hukm qilingan va Jamalning haqqi Mag'rurdan undirib berilgan.

Download 135,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish