1- Mavzu: XI–XV asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlari.
Reja: 1. Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi 2. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi 3. Angliyada markazlashgan davlatning qaror topishi 4.Angliyning XIV–XV asrlardagi iqtisodiy va iqtisodiy taraqqiyoti
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy munosabatlar, feodal tarqoqlik, gersog, graf, domin, markazlashgan davlat, “yuz yillik urush”, “Jakeriya qo’zg’oloni”, “Dahshatli sud kitobi”, “Buyuk ozodlik xartiyasi”, parlament, sherif, quyi va lordlar palatasi, “General shtatlar”, mutlaq monarxiya, merosiy ijara, toifa sudi, mehnat taqsimoti, Qirol Kengashi, Oliy Sud, Moliya boshqarmasi, “Papalarning Avinon tutquni”.
Fransiya. Feodal jamiyatida hukmron toifa vakillarining shaxsiy erkinliklari amaida cheksiz bo’lgan. Feodal tarqoqlik davrida Fransiyada qirol o’z xonadoniga tegishli bo’lgan yer-mulklar, ya’ni domenida ham to’la xo’jayin emasdi. Qirol hukmida hisoblangan gersog va graflar xalqni uning nomidan boshqarar, zarur paytda sud qilar va jazolar edi. Qirolning feodal tarqoqligi sharoitida na qo’shini va na ishonchli amaldorlari bo’lgan.
Avvalgi G’arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o’nlab knyazliklarga bolinib ketadi. Fransiyaning janubi shu qadar mustaqil ediki, u yerda qirol haqida eshitishni ham istainaganlar. Shimolda Gugo Kapet avlodlari Panj graflari hokimiyatini tan olisalar-da, amaida ularga devarli hech kim bo’sunmagan. Qirolning shaxsiy yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan – janubda Orleanga qadar ensiz tasma shaklida joylashgan edi. Normandiya, Burgundiy, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko’proq hudud va aholiga ega edilar. Qiroldan Anju, Tuluza, Blua gratlari ham kuch-qudrat bobida kam bo’lishmagan. Qirol domenida esa unga bo’ysunmagan feodallar mustahkam qal’alar qurib joyiashib olgan edilar.
Domen (lotincha dominium – mulk) – qirol, gersog, graf va baronlarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari. Qirol Lyudovik VI (1108–1137) o’zining ishonchli yordamchisi, ilgari Sen–Deni monastiri abbati bo’lgan Sugeriy ko’magida o’z domenida tartib o’rnatishga harakat boshlaydi. U Burj va Sans shaharlarini o’z domeniga qo’shib oladi. Lyudovik VI ning omadi yurishib 17 yoshli o’g’li bo’lajak qirol Lyudovik VII (1137–1180)ni Akvitaniya gersogining yagona merosxo’ri 15 yoshli Aleonoraga uylantirishga muvaffaq bo’ladi.
Fransiyada X–XI asrlardan qishloq xo’jaligining, hunarmandchilik va savdoning o’sishi boshlanadi. XII asrdan yangi o’zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismini pul bilan to’lanadigan bo’ladi. Fransiyada feodallar XII–XIII asrlardan o’z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Viloyatlar orasida mehnat taqsimoti kuchaya borib, ular orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlanish ehtiyojlari feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi.
Shaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa – shaharliklar soni ko’paya boradi. Shaharliklar tabaqasi esa feodallar o’zboshimchaligini cheklaydigan kuchli qirol hokimiyati tarafdori edi. Qirolni shuningdek, mayda va o’rta feodallar qo’llagan.
Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi XII asrda Lyudovik VI ning o’z mulklaridagi vassallarini itoat ettirishidan boshlanadi.
Filipp II (1180–1223) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi. «Ingliz tojining marvaridi» hisoblangan Normandiya 1202–1214-yillari tortib olinadi. Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlandi.
Lyudovik IX (1226–1270) qirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o’tishi huquqi belgilanadi. Natijada, mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo’yiladi.
Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285–1314) o’z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo’shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoliy-g’arbidagi yirik savdo–hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Endi Filipp IV o’z nigohini eng boy tashkilot – katolik cherkoviga qaratadi. U Yevropa hukmdorlaridaii birinchi bo’lib, katta yer mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi.
Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294–1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to’lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to’xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo’ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302-yili uch toifa vakillan: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
General shtatlar (Etats Generaux – «yalpi toifalar») – Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302–1789). Qirollar General shtatlarni qachonki yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. Shu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik hokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan. Keng jamoatchilik ko’magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi harakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shahrida joylashgan papa saroyiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo’natilishini e’lon qilishadi. Ananiliklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin papa tahqirni ko’tara olmasdan, ko’p o’tmay aqldan ozib vafot etadi.
Tez orada Filipp IV ning g’alabasi to’liq tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fransiyaning janubiga Avinon shahriga ko’chib o’tishga qaror qiladi. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo’ldi. Bu villar (1309–1377) Rim cherkovi tarixida papalarning Avinon tutquni nomini oladi.
Filipp IV nigohini Tampliyerlar ordeniga qaratadi. 1307-yilda ordenning ko’pchilik a’zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Buyuk magistr 1314-yili o’limga mahkum etiladi. Uning o’limidan bir oy o’tib papa, o’n oydan so’ng Filipp IV vafot etadilar.
General shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatmay, zarur paytda qirol tomonidan chaqirilar edi. Dastlab u soliqlar bilan bog’liq muammolarni yechgan, xolos. Shu tariqa XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillari yiginiga suyanadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi.
Yuz yillik urush va uning bosqichlari. Angliya va Fransiya o’rtasida XIV asrning 30-yillari boshlangan urushlar (1337– 1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda «yuz yillik urush» nomini olgan.
Filipp IV ning o’limidan ko’p o’tmay taxtga da’vogar erkak zurriyot qolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi o’zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e’lon qiladi.
Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi Sali haqiqatdan yerni meros bo’yicha ayol kishiga o’tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunni qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Eduard III ning onasi Filipp IVning qizi o’g’liga Fransiya taxtiga o’tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi.
Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337–yili inglizlarning mamlakatning janubi-g’arbidagi Akvitaniya yerlarini o’z e’tirofiga olganini e’lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi.
Angliya va Fransiya urushi tez orada umumyevropa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo’llaydi.
Inglizlar 1340-yili Fransivi dengiz flotini yengib, quruqlikda hujumga o’tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yili Kresi yaqinida bo’lib, unda fransiyaliklar qo’shini mag’lubiyatga uchraydi.
Kale portini olgan ingliz qo’shinlari 1347-yili Akvitaniyaga yurish boshlaydi. 1356-yili Fransiyaning son jihatidan ikki baravar katta qo’shini shahzoda Eduard bo’linmasini ta’qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi. Jang davomida fransuzlar yana birikmay harakat qilishi ularning eng sara ritsarlarini halokatiga sabab bo’ladi. Fransiya qiroli loaan Sahiy va o’g’li Filipp asirga tushadi. Jangdan so’ng inglizlarga ularning Fransiyadagi ko’plab yer-mulklari qaytariladi. Urush esa fransuzlar uchun xavfli tus ola boshlaydi.
Jakeriya qo’zg’oloni. Yuz yillik urush davomida soliqlardan, ayniqsa dehqonlar aziyat chekkanlar. Natijada 1358–yilda Fransiyada Gilom Kal boshchiligidagi dehqonlarning Jakeriya qo’zg’oloni bo’lib o’tadi.
Yuz yillik urushning davomi. Angliya Fransiyaga 1360–yil taklif etgan tinchlik sulhi bo’yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o’tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o’tkazib, kuchli to’pchilar qo’shini va flot tuzishga kirishadi. Yagona qo’mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin urushdagi g’alabalar uzoqqa cho’zilmaydi.
Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan inglizlar 1415–yilning kuzida Normandiyaga qo’shin tushiradi. Azenkur jangida yana fransuzlar qo’shini tor-mor etiladi. Mamlakatning yarmi Angliya qo’liga o’tib, chcrkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi. Burgundiya gersogi ham inglizlar tomoniga o’tadi. Uning ko’magida inglizlar Parijni egallaydi.
1420–yiIgi shartnomaga ko’ra, Angliya qiroli Genrix V ning o’gii taxtga kelganda, birlashgan Angliya va Fransiyaning qiroli bo’lishi ko’rsatiladi.
Yuz yillik urushning xususiyati o’zgarib, ingliz qo’shinlariga qarshi oddiy xalq ko’tariladi. Dofin Karl uchun muhim bo’lgan mamlakat janubiga yo’l ochuvchi Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi 200 kunlik qamalda taslim bo’lishmaydi. Ingliz qo’shinlari Orleanga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko’rayotgan bir paytda Karl huzuriga 16 yoshli oddiy dehqon qizi Janna d’Ark kelib, uni fransuzlar g’alabasi muqarrar ekanligiga ishontiradi. Jannaga ritsarlar bo’linmasi berilib, Orleanni ozod qilish uchun yo’llangan qo’shin tarkibiga kiritiladi. Bir necha kun davomida inglizlar qurgan istehkomlar yanchib tashlanib, shahar qamaldan ozod qilinadi. Bu voqeadan so’ng Jannani «Orlean qizi» deb atay boshlaydilar. Jannaning qahramonligidan ilhomlangan fransuzlar barcha hududlarda bosqinchilarga qarshi urush boshlaydilar.
Janna d’Arkning shuhrati oshib borishi. qirol saroyi a’yonlarining hasadini kuchaytiradi. 1430–vili Kompen qalasi uchun janglarda Janna burgundlar tomonidan asirga oiinib, inglizlarga topshiriladi. Fransiya qiroli qahramon qizni qutqarishga urinib ham ko’rmaydi. Cherkov sudi Jannani olimga hukm etib, 1431-yilning 30-mayida Ruan shahri maydonida gulxanda yondiradi.
Urushning yakunlari. Jannaning qahramonligi fransuzlarning vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytirib, ozodlik urushida keskin burilish yasaydi. Inglizlarning ketma-ket mag’lubiyatlari 1453–yilda sulh tuzilishi bilan tugaydi. Ular ixtiyorida faqat Kale porti qoladi.
G’alaba qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. Qirolning muntazam qo’shini tuzila boshlangan. Soliqlarning muntazam yig’ilishi orqali davlat daromadlari oshirilgan.
1451–yili urush bo’lgan hududlardagi dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Bu dehqonlarni o’z xo’jaligini tiklashiga yo’l ochgan.
Markazlashtirish yakunlari. Qirolning mustaqil gersog va graflarga qarshi kurashi yanada kuchayadi. Xususan, Burgundiya gersoglari qirol vassallari hisoblansa-da, amalda mustaqil siyosat olib borganlar.
Karl VII o’limidan so’ng taxtga o’tirgan o’g’li Lyudovik XI (1461–1483) o’z siyosatini Bretan va Anju gersoglarini bo’ysundirishdan boshlaydi. Bunga javoban 1465–yili yirik feodallar «Jamiyat baxt-saodati ittifoqi»ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik Lotaringiya gersogi va shveysariyalik yollanma qo’shinni jalb etadi. Karl Jasur 1477–yilda shveysariyaliklar bilan jangda halok bo’lgach, Burgundiyaning g’arbiy qismi Fransivaga qo’shib olingan.
Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan 1481–yili qirol hukmiga o’tadi. Lyudovikning vorisi Karl VIII ning 1491–yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markazlashuvi yakunlanadi.