Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XIV–XV asrlar). XIV asrning boshida 
feodal davlatning yangi tabaqa-vakillik monarxiyasi shakli o‘rnatiladi. 
Qirol hokimiyatining kuchayishi natijasida butun aholi ruhoniylar


 118
dunyoviy zodagonlar (dvoryanlar) hamda ozod kishilardan iborat 
tabaqalarga ajratiladi.  
Bu davrda davlat boshqaruvi qirol, har uchta tabaqa vakillaridan 
iborat general shtatlar va provinsiyalar shtatlari tomonidan amalga 
oshirilgan. Qirol o‘z hokimiyatini amalga oshirishda general shtatlarga 
tayangan. General-shtatlarda har bir tabaqa alohida tartibda ham 
yig‘ilgan. Uning deputatlari hududiylik belgisi bo‘yicha saylangan. 
Provinsial shtatlar uchta tabaqa vakillarining muassasasi sifatida vujudga 
kelgan. Umuman olganda, tabaqa-vakillik monarxiyasi davrida siyosiy 
hokimiyat qirol qo‘lida to‘planadi. 
Boshqaruvning markaziy organlari boshqadan jiddiy tashkil 
etilmagan. Qirol saroyida qiroldan keyin kansler turgan. Uning vakolatlari 
kengayib, sud mansablariga tayinlash va qirol yo‘qligida qirol kengashiga 
boshchilik qilishni amalga oshirgan. 
Saroyda katta va kichik (yashirin) kengash faoliyat ko‘rsatgan. Katta 
kengashga oliy dunyoviy va diniy zodagonlar kirgan. Qirol 
hokimiyatining mustahkamlanishi bilan uning ahamiyati pasayib borgan. 
Hisob palatasining mavqei esa oshib, qirolga moliya masalalari bo‘yicha 
maslahatlar bergan. Shuningdek, balyalardan keladigan daromadlarni 
tekshirgan. Negaki, bu davrlarga davlat barqarorligining tayanchi soliq 
bo‘lgan. Qirol apparatida aniq funksiyaga ega bo‘lmagan kotiblik kabi 
yangi kichik mansablar paydo bo‘lgan. 
Mahalliy boshqaruv tizimida balyalar tayinlaydigan leytenantlarga 
sud funksiyasi o‘tkaziladi. Keyinchalik ular qirol tomonidan lavozim 
tayinlanadigan bo‘lib, balyalar oraliqdagi lavozimlarga aylanadi. 
Mahalliy boshqaruvni markazlashtirish maqsadida gubernatorlik mansabi 
joriy etiladi. Ular balyajlarga tayinlanib, balyalarni almashtirganlar va 
keng vakolatlar, jumladan, yangi qal’alar qurishni taqiqlash, xususiy 
urushlarga yo‘l qo‘ymaslik singari huquqlarga ega bo‘lib olganlar. 
Shahzodalar va taniqli dvoryanlardan tayinlanuvchi general-leytenant 
mansablari ta’sis etiladi. Dastlab ularning vakolat doirasi va muddati 
qisqa bo‘lib, keyinchalik ular bir necha mahalliy okrug (balyaj, XV asr 
oxiridan provinsiya)ni idora etganlar. Ularning asosiy funksiyasi avvalo 
soliq yig‘ish va ma’muriy funksiyalar hisoblanadi.  
Shaharlar boshqaruvida qirol hokimiyati ta’siri ostida o‘zini o‘zi 
boshqarish tizimi amal qilgan. 
Harbiy sohada 1445-yil Karl VII tomonidan doimiy armiya tuzilib, 
qirollik hududi bo‘yicha gornizonlarga joylashtiriladi. 


 119
Sud tizimida ishlarini yuritish tartibini bir xillashtirish siyosati 
o‘tkazilgan. Sud faoliyati qirol ma’muriyati nazoratida bo‘ladi. Sud 
ishlari qirol tomonidan tayinlanuvchi prevo, dastlab balya va so‘ng 
leytenantlar tomonidan olib borilgan. Bu davrga kelib XIII asrda tashkil 
topgan Parij parlamenti feodal zodagonlarning ishlari bo‘yicha oliy sud, 
barcha ishlar bo‘yicha apelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Bundan 
tashqari, parlament qirollik qonun hujjatlarini, quyi sudlar va boshqa 
shahar parlamentlari qarorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga 
oshiradi.  
Mutlaq monarxiya (XVI–XVIII asrlar). XVI asr boshlariga kelib 
tabaqaviy tuzum mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti va kapitalizm rivojiga 
qarshi bo‘lib qoladi. Bu vaqtda cherkov hokimiyati ustidan qirolning to‘la 
hokimiyati o‘rnatiladi. Dunyoviy va diniy zodagonlar o‘rtasida 
mustahkam siyosiy aloqalar vujudga keladi
1
. Davlat boshqaruvi 
lavozimlariga ruhoniylar ham tayinlana boshlaydi. XVI–XVIII asrlarda 
aholining eng ko‘p qismini uchinchi tabaqa tashkil etgan. 1 va 2-tabaqa 
vakillari 3-tabaqaning siyosiy siquvi o‘sishi natijasida imtiyozlarini 
saqlab qolish maqsadida markazlashgan davlatni vujudga keltirishdan 
manfaatdor edilar. Kapitalistik uklad rivojlanishining va feodalizm 
yemirilishi boshlanishining muqarrar natijasi absolutizmning qaror topishi 
bo‘ldi. 
Absolut monarxiya davrida oliy hokimiyat qirolga tegishli bo‘lib, 
hech qanday davlat organi bilan taqsimlanmagan. Monarxiya ilohiy, qirol 
hokimiyati esa muqaddas, deb e’lon qilinadi.  
Keyingi davrlarda to 1789-yilgacha general shtatlar chaqirilmaydi. 
Ba’zi vaqtlardagina qonunchilik va moliya masalalari bo‘yicha qirol 
notabllar (feodal asilzodalar)ni yig‘ib turgan. Parlament dastlabki 
davrlarda qirol hokimiyatiga qarshi turganligi bois, 1673-yilda qirol 
qonunlariga protest keltirish va rad etish huquqidan mahrum bo‘ladi.  
Markaziy boshqaruv organlari kengayishi ularning murakkabla-
shishiga olib kelgan. Ular tez-tez o‘zgartirilib turilgan. 
XVI asrda davlat kotiblari nomli mansabdor shaxslar paydo bo‘ladi. 
Ular qirolning sof, shaxsiy yordamchilari hisoblangan. Ulardan biri qirol 
voyaga yetmagan paytlarda birinchi vazir funksiyasini bajargan. 
Keyinchalik ularning roli oshib, boshqaruvning alohida sohalari (tashqi, 
harbiy, dengiz, ichki ishlar va mustamlakalar) topshiriladi. XVIII asrda 
1
Izoh: Davlat yerlarining 1/5 qismi ruhoniylar, 4/5 qismi qirol boshliq 
zodagonlar ixtiyorida bo‘lgan. 


 120
ularning o‘rinbosarlari lavozimi ta’sis etilib, huzurida katta mahkama 
tashkil qilinadi.  
Kansler davlat boshqaruvida ilgarigi mavqeini saqlab, davlat 
boshqaruvida qiroldan keyingi ikkinchi shaxs bo‘lib olgan. 
Markaziy boshqaruvda moliya superintendanti, so‘ngra bosh moliya 
nazoratchisi katta rol o‘ynaydi. U budjet va iqtisodiy siyosatga rahbarlik 
qilish, ma’muriyat faoliyatining nazorati, qonunlarni tuzish ishlarini 
tashkillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirgan. Vaqt o‘tishi bilan uning 
huzurida turli xizmat va mahkamalardan iborat katta apparat paydo 
bo‘ladi. 
Qirol huzuridagi maslahatchilik kengashlar tizimi isloh qilingan. 
Yuqori va maxsus mansabdor shaxslardan iborat Katta kengash eng 
muhim davlat masalalarini hal etgan. Tashqi siyosat masalalari bo‘yicha 
tor doirada Yuqori kengash chaqirilgan. Depesh kengashi ichki boshqaruv 
masalalarini muhokamadan o‘tkazib, ma’muriyat faoliyatiga oid qarorlar 
qabul qilgan. Moliya masalalari bo‘yicha kengash davlatning moliya 
siyosatini ishlab chiqib, xazinaga kelib tushuvchi yangi mablag‘larni 
izlagan. 
Joylardagi boshqaruv o‘ta murakkabligi va chalkashligi bilan ajralib 
turadi. Ba’zi mansablar bu davrda saqlanib qolgan, lekin roli pasaygan. 
Joylarda ko‘p sonli ixtisoslashgan xizmatlar – sud boshqarmasi, moliya 
boshqarmasi, yo‘llarni nazorat qiluvchi boshqarma va hokazolar paydo 
bo‘ladi. Ularning hududiy chegaralari va funksiyalari aniq o‘rnatilmagan.  
Mahalliy boshqaruv joylarda gubernatorlar tomonidan yuritilgan 
vaqtlarda ularning faoliyati qirol komissarlari tomonidan tekshirib 
turilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida ularga intendantlik unvoni 
beriladi. Shu vaqtdan e’tiboran ular mahalliy hokimiyat egalariga 
aylanadi. Keyinchalik ular o‘z hududida ijro, nazorat va sud hokimiyati 
boshqarganlar. 
Shaharlar dastlab saylanuvchi merlar va munitsipal maslahatchilar 
tomonidan boshqarilgan. Keyinchalik ular o‘rniga qirol amaldorlari 
tayinlangan. Qishloq joylari dehqonlar jamoasi va jamoa kengashlari 
tomonidan amalga oshirilgan. 
Qirollik sudlari tizimi juda chalkash bo‘lgan. Quyi sudlar tugatilib, 
balyajlardagi sudlar saqlanib qolgan. Parij parlamenti va boshqa 
shaharlardagi parlamentlar ilgarigidek muhim rol o‘ynagan. 
Absolutizm davrida keng tarmoqli politsiya xizmati tashkil etiladi. 
Provinsiyalarda, shaharlarda, yirik yo‘llarda va boshqa joylarda politsiya 
organlari tuziladi. 1667-yilda politsiya general-leytenanti lavozimi ta’sis 


 121
etilib, unga butun qirollik miqyosida tartibni saqlash majburiyati 
yuklangan. Uning ixtiyorida ixtisoslashgan politsiya bo‘limlari, otliq 
politsiya gvardiyasi, dastlabki tergovni olib boradigan sud politsiyasi 
mavjud edi. U siyosiy politsiyaga ham boshchilik qilgan. Politsiya 
funksiyasiga tartibni saqlash, jinoyatchilarni qidirib topish va axloqni 
nazorat qilish (tadbirlar vaqtida, binolarda) kirgan. Siyosiy politsiya 
yashirin qidiruv va nazoratning keng tarmoqli tizimidan iborat edi.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish