Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Franklar davlati (V–IX asrning birinchi yarmi). Rim imperiyasining 
zaiflashuvi davriga kelib, yer tanqisligi sababli imperiyaning ittifoqchisi 
bo‘lgan varvarlar, ya’ni german jamiyatini tashkil etuvchi  tobora o‘sib 
borayotgan ko‘p sonli german qabilalari uning hududiga ko‘chib o‘tadi. 


 113
Bu ko‘chish IV asr oxiri va V asrlarni o‘z ichiga olib, «xalqlarning buyuk 
ko‘chishi» davri deb ataladi. 
Umuman olganda, bu davrda oldinroq Quyi, O‘rta va Yuqori Reyn
Yutlandiya yarim oroli, Elba bo‘ylari, Dunay va Qora Dengiz bo‘yi 
hududlarida yashovchi katta-katta varvar qabilalaridan ingliz-sakslar, 
franklar, allemanlar, langobardlar, vandallar, burgundlar, vestgotlar va 
ostgotlar ittifoqlarga birlasha boshlagan. Bundan ham ilgariroq gotlar 
ittifoqlarining har biri Dunay va Qora Dengiz bo‘yi hududida ko‘p 
qabilalik davlat tashkil qilgan edi. 
Ko‘chib kelgan german qabilalari V asr oxiriga kelib Rim imperiyasi 
hududiga, ya’ni vandallar Shimoliy Afrika, vestgotlar (g‘arbiy gotlar) 
Ispaniyaga, ostgotlar (sharqiy gotlar) Italiyaga, franklar Galliyaga, 
inglizlar bilan sakslar Britaniyaga joylashdilar. Ular shu joylarda o‘z 
davlatlarini tuzdilar. 
Rim imperiyasi hududida tuzilgan varvar qirolliklari orasida eng 
kattasi va kuchlisi Franklar qirolligi edi. Sali (dengiz) frank (erkin, 
jasur)lari ilgarigi davrda ham eng kuchli qabila hisoblangan. Franklar 
qirolligining asoschisi Merovinglar sulolasiga mansub qirol Xlodvig 
(481–511-y.) hisoblanadi. U frank qabilalarini birlashtirish va 486-yilda 
Galliya viloyatini (markazi Parij) egallashni amalga oshirgan
1
. Franklar 
VI asr davomida deyarli barcha german qabilalarini itoat ettirgan. 
VII asr boshlarida Xlodvig sulolasining ichki urushlari natijasida 
zaiflasha boshlaydi. VII–VIII asrlarda Merovinglar qirollari qo‘lida 
yerning ozgina qismi qoladi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyat 
mahalliy magnatlar qo‘lida to‘planadi. Haqiqatda parchalanib ketgan 
franklar davlatining ayrim bo‘laklaridagi eng yuqori ma’muriy mansab 
mayordamlik bo‘lib qoladi. Mayordam nomi qirol saroyida eshikog‘asi, 
ya’ni saroy boshlig‘iga nisbatan aytilgan va barcha qaram davlatlar 
saroyida joriy qilingan.  
Bu davrga kelib davlat boshqaruvida mayordamlar – saroy 
boshqaruvchilari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Avstraziya mayordamlari – 
Pipinidlar (Karl Martell, 715–741-y.) mamlakatni inqirozdan olib chiqish, 
siyosiy jihatdan birlashtirishda, qirol hokimiyatini mustahkamlash kabi 
islohotlarni amalga oshiradi. Karl Martellning taxt vorisi Pipin III Pakana 
(741–768-y.) hokimiyatdan mahrum bo‘lgan Merovinglar sulolasini 
1
Izoh: Frank – atamasi dastlab Reynning o‘rta va quyi oqimlaridagi german 
qabilalarining umumiy nomi bo‘lgan. Franklar qirolligi sali franklari tomonidan 
tashkil topadi. 


 114
taxtdan tushiradi. Bu o‘zgarish Rim papasining yordami bilan amalga 
oshiriladi. 751-yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig‘ilishida 
Pipin frank qiroli deb e’lon qilinadi. Shu vaqtdan boshlab Karolinglar 
sulolasiga asos solinadi. Uning o‘g‘li Buyuk Karl (768–814-y.) davrida 
Franklar davlati imperiyaga aylanib, 800-yilda u imperator unvonini 
oladi. Sulala nomi aynan uning nomidan olinadi. Uning vafotidan so‘ng 
imperiya uzoq yashamaydi. Iqtisodiy asosning yo‘qligi va omillar sababli 
imperiya parchalanib ketadi.  
843-yilgi Verden (saroy) shartnomasiga ko‘ra franklar davlati 
bo‘linib ketadi. Galliya (Fransiya), Bovariya va boshqa yerlar 
imperiyadan ajralib chiqdi. Oqibatda bu yerlar Germaniya va nihoyat 
Italiya davlatlari tarkibiga kirdi. Ushbu shartnomaga muvofiq, Buyuk 
Karlning uch nafar nevarasi, ya’ni Lyudovik o‘g‘illari mustaqil qirollarga 
aylanadi. Imperatorlik unvoni turli davrlarda turli avlodlarga o‘tib borib, 
X asr boshlariga kelib o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.  
Lyudovikning katta o‘g‘li Lotarga Italiya, sharqda Reyn bilan 
g‘arbda Mass, Shelda, Sena va Rona daryolari o‘rtasidagi yerlar, 
Lyudovik Nemisga Reynning sharqidagi yerlar tegadi. Lotarga qarashli 
yerlarning g‘arbidagi yerlar Karl Yaltiroqboshga o‘tadi. Keyinroq, Lotar 
vafot etganidan so‘ng yerlar qaytadan bo‘linadi. Reyn bo‘yidagi 
yerlarning barchasini Lyudovik bilan Karl o‘zaro bo‘lishib oladi. 
Lotarning avlodlari esa Italiyadagi yerlarnigina o‘z qo‘lida saqlab qoladi. 
Dastlab Lotarga qarashli bo‘lgan Burgundiya mustaqil qirollik bo‘lib 
ajralib chiqadi. 
Shu tariqa Franklar davlati o‘z umrini o‘tab bo‘ladi. Mazkur taqsimot 
Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat – Fransiya, 
Germaniya va Italiyaning tashkil topishini umumiy bir tarzda belgilab 
berdi.  
Franklar davlati boshqarish shakli bo‘yicha ilk feodal monarxiyasi 
edi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal jamiyatga o‘tish yo‘li bilan vujudga 
kelgan. Unda eski jamoa tashkilotlarining muhim qoldiqlari, qabilaviy 
demokratiya muassasalari saqlanib qolgan edi.  
Merovinglardan so‘ng Karolinglar sulolasi davriga to‘g‘ri keluvchi 
ikkinchi bosqichda frank jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan tiklanishi yuz beradi. Buning natijasida asta-sekin sen’orlik 
monarxiyasi shaklidagi feodal davlat shakllandi. Bu davrda feodal yer 
egaligi, feodallar va qaram dehqonlar sinfining tashkil topishi tugallanadi.  
Franklar davlatida boshqaruv asosan saroy mansabdorlari va 
kengashi orqali amalga oshirilgan.  


 115
Franklar davlatida huquqning asosiy belgilari. G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari davlatlarining rivojlanishi bilan birga ularning huquqiy 
tizimlari ham rivojlanib bordi.  
Feodal tarqoqlik davrida huquq «partikulyarizmi», ya’ni butun 
mamlakat uchun yagona huquqning yo‘qligi bartaraf etilishi, ayniqsa 
tabaqa-vakillik monarxiyasi davridan boshlab jadallashdi. G‘arbiy 
Yevropaning qit’a qismi mamlakatlarida huquq shakllarining o‘zaro 
yaqinlashuvi yuz beradi. Angliya feodal huquqi alohida rivojlanib boradi. 
Shu tariqa G‘arbiy Yevropa huquqi ikki qismga, ya’ni ingliz-sakson 
huquqi va qit’a huquqiga ajraladi. 
Huquq manbalari varvarlar haqiqatlaridan iborat bo‘lib, ular odat 
huquqini o‘zida mujassam etgan. Ayrimlari rim huquqi bilan aralashgan. 
Ular «sali», «ripuar», «alleman», «bavar», «sakson», «tyuring» haqiqat-
lariga bo‘lingan. V asr va IX asr boshlarida vujudga kelgan. 
Bundan tashqari, huquq manbalari qatoriga dastlabki qonun hujjatlari 
sifatida qaraluvchi qirollar edikti (qonunlar to‘plami), farmonlari (bonni), 
farmoyish-qonunlari (kapitulyariy)ni kiritish lozim. Shuningdek, 
qirolning immunitet yorliqlari, qoida yorliqlari, odat huquqi va cherkov 
huquqini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Huquq manbalari u yoki bu masalani tartibga solish bo‘yicha 
ajratilmagan bo‘lib, unda ko‘pgina masalalarga oid qoidalar o‘z aksini 
topgan. Chunonchi, franklar qirolliklarida huquqiy tartibga solish o‘zaro 
farq qiladi. 
Huquqiy tartibga solishda mulkiy munosabatlar, majburiyatlar, nikoh 
va oila, meros hamda jinoyat va jazo sohalariga alohida yondashish 
uchraydi.  
Jinoyat va jazo masalalarida jinoyatchi va jabrlanuvchining ijtimoiy 
ahvoli inobatga olingan. Og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar 
mavjud bo‘lib, ordaliya instituti amal qilgan. Jarima jazo ham 
qo‘llanilgan.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish