123
saylashda unga maxsus shartlar (saylov kapitulatsiyasi)ni qo‘ya
boshla-
ganlar.
Bu davrda oliy boshqaruv tizimida imperatordan tashqari yana ikkita
imperiya muassasasi, ya’ni reyxstag va reyxskamergirixt bo‘lgan. Biroq
ular ham imperiya birligini ta’minlay olmagan.
Ilgarigi davrdagi hududiy va asosan toifa vakillarining feodal
syezdlari endi reyxstag deb atala boshlanadi. U XIV asrdan doimiy
tuziladigan organga aylanib, imperiya saymi deb ham yuritilgan. Uning
tarkibidagi uch toifaning kollegiyalari (kuriyalar) alohida
va umumiy
yig‘ilishlar o‘tkazib turgan. Reyxstag har olti oyda kurfyuristlar kuzatuvi
ostida imperator tomonidan chaqirilgan.
Reyxstag tashqi aloqalarni hamda ichki tinchlikni, harbiy sohani,
soliq va hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib, qaror chiqargan. Qirol
farmonlarini tasdiqlagan.
Reyxskamergirixt umumimperiya sudi hisoblanib, 1495-yilda
reyxstag qarori asosida tashkil etiladi.
Imperator hech qanday real hokimiyatga ega bo‘lmagan. U knazlar
konfedratsiyasi boshlig‘i bo‘lib qolavergan. XVI asr o‘rtalarigacha
imperatorlarning siyosiy hokimiyatni o‘rnatish, umumimperiya qo‘shini
va soliqlarini joriy etish, ma’muriy apparat tuzishga qaratilgan harakatlari
samarasiz bo‘lib chiqqan.
Imperiya tarkibidagi davlatlarda tabaqa-vakillik organlari – landtaglar
vujudga kelgan. Ular knazliklarda knazlarning hokimiyatini qisman chek-
lagan. Ular asosan 2 yoki 3 palatadan iborat bo‘lgan. Palatalarga ruho-
niylar, dvoryanlar hamda erkin dehqonlarning saylangan vakillari kirgan.
Landtaglarning vakolat doirasi juda keng bo‘lgan.
Jumladan, maxsus
sudlar tuzilgunga qadar knazliklarning oliy sudlari hisoblangan. Keyin esa
appelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Davlat boshqaruviga ham
aralashganlar. Xususan, knazlik kengashlari tarkibini tuzish va yuqori
amaldorlarni tayinlashga ta’sir ko‘rsatgan.
Landtaglarning vakolatiga hukmron sulolalarda uzilish bo‘lib qolgan
hollarda davlat boshlig‘ini saylash, tashqi siyosatda urush e’lon qilish,
moliya-soliq ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda diniy, politsiya (pul sifati,
o‘rmon qo‘riqlovi) va harbiy ishlarni amalga oshirishlar ham kirgan.
Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi butun imperiya miqyosida
emas, balki alohida knazliklar doirasida rivojlangan.
Mahalliy boshqaruvda shaharlar boshqaruvi alohida
ahamiyat kasb
etgan. Ularda asosan o‘zini o‘zi boshqarish tizimi shakllangan. Bu holatni
o‘rta asrlar Yevropa davlatchiligining barcha davrlarida ko‘rish mumkin.
124
Sud tizimida feodal sudlar (feodalning o‘z dehqoni va hududida),
cherkov sudlari (ruhoniy, ayrim dunyoviy kishilar va ma’lum darajadagi
ishlarga – nikoh, diniy vasiyat va h.k.) mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari,
shahar sudlari ham faoliyat olib borgan. Ularning tarkibiy tuzilishi va
shakllantirilishi turlicha bo‘lgan. Knazliklarda oliy sud, okrug sudi (okrug
boshqaruvchisi – amtman) va quyi sudlar tashkil etilgan.
German qirollik (knaz)lari absolutizmi davri (XVII–XVIII asrlar).
XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmi Germaniyaning iqtisodiy
yuksalish davri bo‘ldi. Biroq iqtisodiy taraqqiyot juda notekis kechgan.
Bu vaqtda Fransiya va Angliyada savdo va sanoatning rivojlanishi
mamlakatning markazlashuviga olib keldi.
Germaniyada esa bu jarayon
alohida knazliklar doirasida yuz berishi natijasida siyosiy tarqoqlik
yanada mustahkamlandi. XVII asrda absolutizm har bir german davlatida
o‘rnatilgan edi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini
mustahkamladi. Fransiya va Angliyadagi absolutizm davlat birligini
ta’minladi.
Germaniyada diniy shakldagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar oqibatida bir
mazhabdagi shimol (protestont) va janub (katolik) qismlariga bo‘linish
yuz beradi. Ko‘zlangan maqsadlar cherkov hokimiyatini cheklash,
feodalizmni tugatish va mamlakatni birlashtirishga qaratilgan edi. Ushbu
jarayonda knazlarning hokimiyati ancha kuchayadi. Negaki, yuqori
tabaqalar quyi tabaqalardan himoyalanish uchun uning madadiga muhtoj
bo‘ladi.
XVII asr o‘rtalarida imperator va shimoliy knazliklar bilan tuzilgan
Vestfaliya sulhi imzolanishi natijasida knazlarning
oliy huquqlari tan
olinadi. Ular ichki va tashqi mustaqillikka ega bo‘ladilar.
XVII–XVIII asrlarda davlat tuzumi deyarli o‘zgarishsiz saqlanib
qoldi. Imperator lavozimi, reyxstag va imperiya sudi o‘z hokimiyatiga ega
bo‘lmaydi. Imperator faxriy unvon egasi bo‘lib qoladi. Knazlar imperator
oldidagi majburiyatlardan ozod bo‘lib, knazliklar imperiya yurisdik-
siyasidan chiqadi. Knazlar o‘z yerlarida imperiyadan to‘la mustaqil
bo‘lishdi. Dindorlar ham ular hokimiyati ostiga tushib qoladi. Lentaglar
deyarli chaqirilmay qo‘yilgan.
Shunday qilib, Germaniyada burjuaziya ustidan feodalizm tarafdor-
lari bo‘lgan dvoryanlar knazlar boshchiligida g‘alaba qozonishadi. Bosh-
qa mamlakatlarda dvoryanlar va burjuaziyaning kuchlari barobar bo‘lib
turishi butun mamlakatda absolutizm o‘rnatilishini ta’minlagan.
Ko‘pdan ko‘p german davlatlari orasida ulardan ikkita
yirigi Prussiya
va Avstriya XVII–XVIII asrlardayoq Yevropa tarixida katta rol o‘ynagan.
125
Ular har ikkalasi Germaniya imperiyasi tarkibida bo‘lib, har birining o‘z
rivojlanish tarixi bor. Jumladan, Prussiya qirolligi XVIII asrgacha
Brandenburg markgrafligi edi. 1701-yilda Brandenburg kurfyuristi Fridrix
III (1688–1713-y.) Italiya merosi borasidagi ishtiroki evaziga
imperatordan Prussiya qiroli unvonini oladi. Brandenburg-Prussiya
davlati slavyan yerlari va boshqa nemis knazliklari hisobiga o‘sib boradi.
Siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan
bevosita bog‘liq. U XVIII asrdan absolut monarxiya shaklidagi harbiy
despotiyaga aylanadi. Shu davrdanoq kuchli boshqaruv apparati, ko‘p
sonli byurokratiya va armiya vujudga keltirilgan.
Davlat hokimiyati cho‘qqisida qirol turgan.
U imperiyaning kurfyu-
ristlar kollegiyasi tarkibiga kirgan. Qirol huzurida Yashirin kengash
mavjud bo‘lib, u davlat boshqaruvining oliy organi edi. Prussiya armiyasi
o‘sha vaqtda Yevropadagi eng ko‘p sonli va intizomli armiya hisob-
langan.
Avstriya davlatiga qisqacha to‘xtalsak, u dastlab qoloq knazlik
bo‘lgan. XVIII asrda mamlakatni siyosiy jihatdan kuchaytirish maqsadida
dastlab qo‘shinni yaxshilash va ko‘paytirishga qaratilgan harbiy islohotlar
amalga oshiriladi. So‘ngra ichki ishlar va moliya sohasini tartibga
soluvchi organlar ta’sis etiladi. 1760–1761-yillarda markaziy boshqaruv
organlari qayta tashkil etiladi. Shu tariqa Avstriya markazlashgan kuchli
davlatga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: