Harakatli o‘yinlar
Kes-kes
Bu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Kengligi 4 qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaqqon o‘quvchi tanlanadi. Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o‘quvchilar doira tashkarisida turadilar. O‘qituvchi ”boshla” deyishi bilan o‘yinchilar doirani kesib o‘ta boshlaydilar.
O‘yinchilar xar tomonda “kes”, “kes” deb yugurib o‘tadilar. Boshlovchi o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqib turadi. O‘yin 2-3 daqiqa davom etadi. O‘qituvchi o‘yinni to‘xtatib nechta o‘quvchi o‘ldirilganligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |