SOQQA O‘YINI
O‘yinda 2 ta yoki 3 ta o‘yinchi qatnashishi mumkin. Har bir o‘yinchi 1kg yuk og‘irligidagi toshni olib turadilar. Bir o‘yinchi soqqani (tosh) o‘zidan uzoqqa dumalatib tashlaydi. Ikkinchi o‘yinchi qo‘lidagi soqqa bilan tashlangan soqqani mo‘ljalga olib, tekkizadi.
O‘yinda marra belgilanadi. Misol uchun o‘yinchi 7 hisobigacha sherigining soqqasiga tekkizmasa, u o‘qinchining eng yaxshi soqqasini sherigiga beradi. YOki uni o‘zi tanlab oladi. O‘yinchi soqqa turgan joydan o‘tmasligi ikkinchi o‘yinchining soqqasini mo‘ljalga olishi kerak. Soqqani soqqaga tekkizsa, o‘yinchi soqqani tekkizgan o‘yinchiga yana tashlab beradi.
O‘yinchining shartlaridan biri yutgan o‘quvchi, yutilgan o‘yinchiga shart qo‘yadi. Masalan: it bo‘lib vovillab berish, xo‘rozdek qichqirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |