Bog'liq 22-§. XVI-XVIII asrlarda Usmoniylar imperiyasi (Turkiya)-hozir.org
22-§. XVI-XVIII asrlarda Usmoniylar imperiyasi (Turkiya)

Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq(tuman)larga bo'lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qo’shini edi.
Imperiya bosib olgan hududlardagi yerlar ham davlat mulki deb e'lon qilindi. Sulton buyerlarni o'z sipohiy(otliq askar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab bergan. Ularning miqdori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o'z xo'jaliklariga ega bo'lganlar. Ular o'z yerlarini dehqonlarga ijaraga berganlar.

Ayni paytda sipohiylar zimmasiga harbiy harakatlarda qatnashish zarurati tug'ilganida sulton farmon bergani zahotiyoq sanjoqbey qo'mondonligida belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklatilgan.

Shuningdek, ular o'zi bilan birga yeridan oladigan daromadi miqdoriga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi shart bo'lgan. Sipohiy xo’jaligining daromadini ijarachi dehqon to'laydigan soliq tashkil etardi.

Bundan tashqari, imperiyaning doimiy piyoda qo'shini—yanicharlar (yangiqo'shin), shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko'lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi.