Shu tariqa Turkiya harbiy qudratining pasayish davri boshlandi. G'arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hokimiyat qaror topgan bir sharoitda Turkiya kuchsizlana boshladi. 1684-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas Liga»tuzdilar.

Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi. Bora-bora Turkiyada iqtisodiy tanglik davri boshlandi. Bunday sharoitda Turkiya Yevropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko'rdi. Yevropa davlatlari savdogarlariga katta yengillik va imtiyozlar berila boshlandi.

Masalan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona to'lovi joriy etildi. NatijadaTurkiya bozor-lari Yevropa tovarlariga to'ldirib tashlandi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikka o'nglanmas zarba berdi.

Turkiya tashqi siyosatda esa, birinchi navbatda, Angliya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular imperiyaning Rossiyaga qarshi kurashida ittifoqchilari bo'lishlari kerak edi. Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud vaziyatdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanib qolishga intildilar. Ularning madadidan umidvor bo'lgan Turkiya XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushga kirdi, biroq yengildi. Mag'lubiyat Turkiyada hukm surayotgan o'rta asr munosabatlarining butunlay chiriyotganligining namoyishi bo'ldi.