BUXORO XALQ SOVETI RESPUBLIKASIDA
XOTIN-QIZLAR MASALASI.
Ilmiy rahbar.
tarix fanlari doktori,
professor G.Temirov,
Navoiy davlat pedagogika instituti
2-kurs magistranti Quvonov S
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay”
Imom al-Buxoriy.
Tarixdan sharq davlatlarining ijtimoiy muammolarning eng muhim bo’g’inlaridan biri jamiyat a’zolarining yarmidan ortig’ini tashkil kilgan xotin-qizlar muammosidir. Xuddi shunday muammolarni asoratlarini o’z boshidan kechirgan davlatlardan biri sifatida tarixda poytaxt bugunda esa O’zbekistoning turistik markazlaridan hisoblangan Buxoro tarixining 1920-1924 yillaar misolida ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Insoniyat o’tmishi tarixi va bugungi kunning xulosaviy haqiqati shuni ko’rsatadiki, jamiyat hayotida xotin-qizlarning faolligi millat, davlat rivoji va kelajak avlod tarbiyasi uchun ham nechog’lik zarurligidan dalolat berib kelmoqda. Buxoro Xalq Respublikasi tarixida 1920-1922 yillar atrofida sodir bo’lgan harbiy to’qnashuvlar, istiqlolchilik harakatlari oqibatida yosh bolalar va qizlar ota-onalarsiz qolgan, ayollar esa turmush o’rtoqlaridan ajralgan mingdan ortiq oilalar boquvchisisiz qolgan bir paytda, o’lkadagi hayot kundan kun og’irlashib borar edi. Yangi hukumat esa ichki va tashqi siyosatda o’zining muammolari bilan band, xotin-qizlarning masalasi huquqiy jihatdan erksiz, huquqsiz edi.
O’lkadagi xotin-qizlarning eski dunyoqarashga ega ekanligi, savodsizlik darajasining yuqoriligi kabi muammolar xotin-qizlar yelkasidagi sinovlar yukini yanada og’ir kelishiga olib kelar edi.
Birgina o’lkadagi Sog’liqni saqlash sohasida Tibbiyot punktlarida rus vrachlari faoliyat olib borardi. Mahalliy aholi orasida esa, malakali mutaxassislar va hamshiralar tayyorlash muammoligicha qolgandi. 1922-yil yanvarda Buxoro shahrida ayollar kasalligi va ichki kasalliklarni davolaydigan ambulatoriya ochilib, unda qorin og’rig’i, ko’z, bosh og’rig’i kabi kasalliklar ham davolangan. Ushbu ambulatoriyada Borisov, Kargalinskiy kabi rus vrachlari ishlaganligi, lekin mahalliy aholi (ayniqsa ayollar) hamma vaqt ham ularga murojaat qilolmasligi bunga sharqona odatlar yo’l bermasligi qayd etilgan. Bu kabi muammolar qatorida yosh qizlarni 11-12 yoshdanoq turmushga berish holatlari, bugungi kun tibbiyot sohadagi xulosalarimiz, bu ishlarni noto’g’ri ekanligini ko’rsatadi.
Buxoro Xalq Respublikasi tarixiga oid yana bir qancha tadqiqotchilar, jumladan Sh.Hayitov, K.Rahmonov, M.Ahrorovalarning kitob va maqolalarida BXSRda ham xotin-qizlar masalasi atroflicha tahlil qilingan. Xususan, Sh.Hayitov va boshqalar tomonidan nashr qilingan “BXSR: iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, madaniy hayot” nomli kitobda xotin-qizlar masalasida quyidagi ma’lumotlar tahlil qilingan: “Bu muammo sharqning XX asr boshlaridagi mutafakkirlari, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati rahbarlari: Abdurauf Fitrat, Said Ahroriy, Qori Yo'ldosh Po'latov kabilarning asarlari va publitsistik maqolalarida tahlil qilingan. Jumladan, S.Ahroriyning “Sharq ayolining” ijtimoiy va ma’naviy jihatdan kamsitilgani haqida o'zining “Xotun” maqolasida: “Erkakning o'ylaganicha, xotun ermakdur,o'yinchoqdur, qo'g'irchoqdur. Ko'ngli qanday tilasa, shunday sevadur, majaqlaydur, sindiradur va ezadur”[1].
Respublika hayotini yoritishda eng muhim manba bo’lib xizmat qiluvchi, o’sha davr, o’lka hayotini yorituvchi “Buxoro axbori” gazetasining o'nlab sonlarida Respublika xotin-qizlarining siyosiy huquqlari, madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtirokini ta’minlash, ularning savodxonligini oshirish, oiladagi huquq va erkinliklari masalalariga bag'ishlab maqola va xabarlar e’lon qilingan. Buxoro Respublikasi tashkil topgan dastlabki kunlardanoq, erkaklar bilan birga mahalliy xotin-qizlarni ham savodli qilish, ular orasidan muallimalar yetishtirmak uchun chora tadbirlar ko'rildi. “Eski Buxoroda yerli xotin-qizlardan muallimalar yetishtirmak uchun 6 oylik ta’lim-tarbiya kurslari ochildi. Yerli (mahalliy) xotin-qizlarning bu kursga rag'bat-e’tiborlari zo'rdir”[2] deb eslanadi.
Buxoro Respublikasi matbuotida «xotin-qizlar muammosi» masalalari bilan shug’ullangan bir qator ayol muxbir-matbaachilar faoliyat olib borganligining ham guvohi bo’lamiz. Gazeta turli sonlaridagi salmoqli maqolalar o’sha davr faol ayollaridan bo’lgan Fotima Davlatqulova, Ilyosova, Xidirova, Yusupova, Muharrama Ahmadova, Abu Oysha, Z.Azizovalar. Shulardan biri «Turkman qizi», «Rafiqa» singari asarlar Z.Azizovaning qalamiga mansubdir.[3] Yuqorida nomlari keltirilgan faol xotin-qizlarimiz jamiyatning ijtimoiy liderlari sifatida o’lkada o’zlarining faoliyatlarini yuritdilar.
Ilyosovaning 1922 yil 4 maydagi .«Buxoro axbori» nashrining 82-sonidagi «Ozod mamlakatda qul bo’lmasligiga tegish» deb nomlangan maqolasida jamiyatdagi qoloqlikni va «karaxt»likni tugatish xotin-qizlarni maorifli qilish orqali amalga oshishini ta’kidlanar ekan: «Xotin-qizlarimizni ilm va maorif nurlari bilan nurlantirmak va ularni haqiqiy murabbiya etmak uchun tirishmak eng muhim vazifadur»[4]degan edi.
Bundan tashqari bir qator manbalarda (Fotima Davlatqulova. «Muallimalar ovozi». «Buxoro axbori». 102-son 1922 yil 15 oktyabr; «Bizda xotunlarning huquqlari». «Buxoro axbori» 1922 yil 30 noyabr. «Qizlar sag’irxonasi kerak». «Buxoro axbori». 158- son.1923 yil 18 aprel. 158-son.) Buxoro Respublikasi hukumatining xotin-qizlarni o’qish va o’qitish faoliyatidagi kamchiliklar, foydalanilmagan imkoniyatlar, to’siq va qiyinchiliklar tanqid ostiga oladilar. Respublikaning 4-yilida (1924-yil) 60 dan ortiq ibtidoiy (boshlang’ich), ixtisoslashgan va o’rta maktablar mavjud bo’lsada, ularning atigi ikkitasi xotin-qizlar maktabi bo’lib, mazkur o’quv dargohlarida 50-100 o’quvchi qiz o’rniga 15-20 taga yetar-yetmas qizlar tahsil olayotganligi ko’p bor qayd qilingan. Xotin- qizlar uchun bitta savodsizlikni tugatish kursi (3 oylik), bitta 6 oylik muallimalar tayyorlash kursi mavjud bo’lgan xolos.
BXSR hukumat rahbari Fayzulla Xo'jayevning asarlarining I tomiga to'xtaladigan bo’lsak. Ushbu kitobda xotin-qizlar masalasi xususida quyidagi ma’lumotlar mavjud: “Xotin-qizlar masalasida. Bu ish mehnatkash xotin- qizlarning kasaba ittifoqlari (hunarmandchilik, kustarchilik ip-yigirish, pillachilik, uy bekalari va shu kabilarning ittifoqlari)ga uyushtirishdan va ular orasida targ'ibot yuritishdan iborat bo'lishi lozim. Ular orasida paranji yopinishga qarshi ongli harakat kuchaytirilishi kerak. Shunday qilishgina hukumatning tegishli qonunlar chiqarishga kirishuviga imkoniyat berishi mumkin”. Yana F.Xo'jayev ta’kidlaydi: “maorif sohasida uchta xotin-qizlar maktabi tashkil etildi. 128 nafar o'zbek qizlari o'qib turibdi”[5]. 2.000.000 dan ziyod aholi mavjud jumhuriyat uchun bu ko’rsatkichlar qanchalik yetarli yoki yo’qligi haqida xulosa chiqarish qiyin bo’lmaydi. Yuqoridagi ma’lumotlarni BXSR rahbari Fayzulla Xo'jayev o'sha davrning jonli guvohi sifatida o'z asarida bayon qiladi.
F.Xo’jayevning Germanyaga bo’lgan safarlarida u yerdagi xalqqa demokratik erkinliklar berilib, 20 yoshdan ayollarga ham umumiy saylov huquqi, berilganligi ham Fayzullo Xo’jayevni o’z vatani taraqqiyoti uchun ham bir qator demokratik islohotlar uchun undovchi fikirlar to’g’ilishiga sabab bo’lgan bo’lsa ajabmas.
Buxoro Xalq Respublikasi yoshlarini Turkiya, Germaniya, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston, Rossiya, Turkiston ASSR hududlariga o’qishga yuborish yo’lga qo’yilgan, bir paytda (1922-yil yozida) 390 nafar o’quvchi va talabalardan qizlar barmoq bilan sanarli edi. Xabarlardan: «Germaniyaga yuborilgan 50 dan ortiq buxorolik talabalardan atigi 1 tasi qiz bola bo’lganligi, Moskvaga (Rossiya) maorif nazorati tomonidan bilim yurtlariga tahsil olish uchun 8-14 nafar qiz bola o’qish uchun yuborilganligining[6] guvohi bo’lamiz.
Shunday bir og’ir vaziyatda o’lka uchun xotin-qizlar ichidan ham kuchli muallimalar va tibbiyot hamshiralarini tayyorlash yo’llari izlandi. Xorijga yuborilgan o’quvchi va talabalar asosan sag’irxonalar (etimxonalar)da tarbiyalanayotgan bolalar bo’lib, jamiyatning badavlat tujjor, savdogar va ziyoli a’zolari farzandlarini o’zlaridan uzoqda yashab, xorijda o’qishlarini istashmagan. Ayni bir vaziyatda xotin-qizlarni chet mamlakatga o’qitish uchun safarbar qilish qanchalik og’ir ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.
Ammo Xotin-qizlarni markaziy shaharlarda maxsus qo’mitalari tashkil qilinib, ular olib borayotgan faoliyat ham sezilarli natijalar bermagan. Bu haqda ma’lumotlardan birida: «Yurt onalarimizning ota yoki erlaridan so’rab kurslarga yozilishi to’g’risidagi va’dalari shamol bilan ko’kka ko’tarildi. Xususiy ravishda so’rab olg’on ma’lumotlarimizg’a binoan ota va erlari ularni o’qish uchun ko’chaga ko’ymapti, ruxsat bermapti, bu haqiqat, buni yashirish yaramaydur. Avom sinfi (savodsiz kishilar) xotun- qizlarga shu ravishda jinoyat qilsa, uni tarix avf etardi, lekin shunday kishilar ziyoli sinfi (savodli kishilar) yoxud hukumat odamlari orasida bordur»[7] deb alam va o’kinch bilan yozadi muallif Rafika. «Buxoro axbori»ning 1923-yil 3-martdagi. 138-sonida. «Xotun-qizlarimizni o’qutmoq kerak» deb nomlanga maqolasida.
1919-1920 yillarida Buxoro Respublikasida ham birinchi xotin qizlar bo'limi tuzildi. 1924-yil 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami kunida Buxoroda birinchi marta Sharq xotin-qizlarining ozodlik klubi ochildi. Mitingda 1000 ga yaqin musulmon va yerli yahudiy xotin-qizlar qatnashdi. Shu kun 12 ayol paranji tashlashdi. Klub qoshida bolalar yaslisi va konsultatsiyasi, savodsizlikni tugatish kurslari tashkil qilindi.
M. Ahrorova maqolasida ta’kidlashiga ko’ra: Buxoro markaziy xotin-qizlar bo'limining 3 asosiy vazifasi mavjud:
Xodimlar tayyorlash;
2. Iqtisodiy ozodlikni ta’minlash va mehnatni muhofaza qilish;
3. Huquqiy sharoitni yaxshilash[8].
Ushbu tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilar ekanmiz, ularda xotin-qizlar masalasi BXSRda muhim o'rin tutganligini ko'rish mumkin. Bundan tashqari,xotin-qizlar masalasi bilan bog'liq o'zgarishlarning tarixshunosligiga to'xtalsak, K.Rahmonovning 2012-yilda nashr qilgan “BXSR tarixi matbuot sahifalarida” deb nomlangan monografiyasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu monografiyada xotin- qizlar masalasida quyidagi ma’lumotlar tahlil qilingan: “Xotin-qizlarni hayotga kengroq tortish maqsadida Buxoroda 1922-yilning 17-martida birinchi marotaba “Xotunlar kuni” bayrami o'tkazilgan”[9].
BXSR hukumati rahbarlari xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga faol jalb qilish masalalarida islohotlar olib borgan. Ushbu masalalar yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlarimiz, kitoblar va maqolalarda atroflicha o'rganilgan va tahlil qilingan.
Ammo 1922-1923-yillar orasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Turkiston Avtonom Sovet Respublikalari hukumatlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu istiqbolli harakat asosida Germaniyada tahsil olish uchun jo‘natilgan jami 74 nafar talabaning 56 tasi Buxoro jumhuriyatidan edi. Ularning asosiy qismlari o’qishni bitirganlaridan keyin O’zbekistonga qaytib kelib, bu yerda qatag’on bo’ldi.”
“O’zbekistonga kelib qatag’on bo’lganlarni, dastlabki qatag’onlar xabarlarini eshitganlar bir qismi Germaniyada qolib ketdi. Keyin Germaniyadan ular Turkiyaga o’tib ketdi. Masalan, Ahmadjon Ibrohimov, Ibrohim Yorqin, Tohir Chig’atoy, shunga o’xshaganlar. Bular endi Istanbul, Anqara universitetining professorlari bo’lib, dunyoga mashhur olim bo’lib yetishdilar,” - deydi tarixshunos Sherali Turdiyev.
Yana shuni ta’kidlab o'tish kerakki, 2000-yilda nashr qilingan “O'zbekistonning yangi tarixi” II tom (O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida) kitobida keltirilishicha, 1923-yilning kuziga kelib, Rossiya va Turkiston Respublikalarida ochlik va qashshoqlik davom etayotgan bir paytda, Buxoro Xalq Respublikasida turmush nisbatan farovon bo'lib qoldi. Buxoro so'mining qadr-qiymati Rossiya rubliga nisbatan 7-8 baravar oshib ketdi[10].
Xulosa o’rnida. Yuqordagi o’lka xotin-qizlar hayotidagi bu kabi qiyinchiliklar hamda aholining savod darajasi o’sha davr manzarasiga ko’chgandek go’yo. Zero, Amirlikning tugatilishi ham davlat boshqaruvida diniy mutassiblikning kuchayib, dunyoviy ilmlardan yiroqlashgan va jaholat botqog’iga botgan tuzumning natijasi edi. Shu o’rinda Imom al-Buxoriyning hadislaridan birini har ikkala keltirgan vaziyatimizga mos deb hisoblayman. “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’qdir va bo’lmag’ay”. Vaholanki bugungi kunning haqiqati ham, o’tmish xulosasi ham, amalda buni isboti bilan ko’rsatmoqda. O’lkadagi xotin-qizlarning ma’rifatlilik darajasi, xotin-qizlar yelkasidagi yukini, sinovlarni yanada og’ir kelishiga olib keldi. Xulosalarimizga qo’shimcha shuki, bundan oldingi amirlik tuzumida bu kabi dunyoviy ilm berish kabi jihatlarga umuman e’tirof etilmaganligini ta’kidlash kerak bo’ladi.
Buxoro Xalq Respublikasida amalga oshirilgan bu sohadagi xotin-qizlar hayotidagi qilingan ishlar unchalik ahamiyatli va samarasi juda katta ko’rinmasligi mumkindir. Biroq davr nuqtai nazaridan masalaga qaraganimizda Buxoro Xalq Respublikasining ushbu yo’nalishdagi dastlabki qisqa muddatli, to’rt yillik faoliyati natijasi sifatida qaralsa, ibrat olishga arzigulikdir. «Buxoro axbori»ning birinchi muharriri dunyoqarashi keng, matbaachilik tajribasiga ega, qalami o'tkir noshirlardan biri Said Ahroriy (1895-1931yy.) ham o’zinig bir qator ro’znomalarida yangi hukumatning maorif va madaniyat, san'at va adabiyot, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot bilan bog'liq farmon, buyruq va loyihalari, munozarali. maqolalari bosilgan. Unda maorif masalasi Respublikaning hayot mamoti ekanligiga qayta-qayta murojaat qilgan. «Oqqan daryo - oqaveradi», deydi xalqimiz. Darhaqiqat, o‘tmishda qancha-qancha sinov va qiyinchiliklarga duch kelmasin, Buxoroi sharifning ilm-ma’rifat, madaniyat va san’at daryosi hech qachon to‘xtagan emas. Bu ko‘hna yurtda tug‘ilib ijod qilgan Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy singari ko‘plab ma’rifat fidoyilarining ibratli hayoti bugungi kunda ham yurtimizda yangi jamiyat barpo etish, barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviyatimizni yuksaltirishda bizga beqiyos kuch bag‘ishlab kelmoqda.[11] Ammo tarixdan oladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |