Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi



Download 18,45 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,45 Kb.
#199187
Bog'liq
Imperiyaning yuksalishi


Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qo‘shini edi. ■)J Usmoniylar sulolasi asoschisi Usmon davrida amalga oshirilgan islohotlarni ■ bilasizmi? Imperiya bosib olgan hududlardagi dehqonchilik yerlari davlat mulki deb e'lon qilindi. Sulton bu yerlarni o‘z sipohiy (otliq askar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab berdi. Ularning miqdori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘ldilar. Ular o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berar edi. Ayni paytda harbiy harakatlarda qatnashish sipohiylar zimmasiga, zarurat tug‘ilganda sulton farmonini ijro etish esa sanjoqbeylarga yuklatilgan. Shuningdek, ular o‘z yeridan oladigan daromadi miqdoriga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi shart edi. Sipohiy xo‘jaligining daromadini ijarachi dehqondan olinadigan soliq tashkil etardi. Bundan tashqari, imperiyaning muntazam piyoda qo‘shini — yanicharlar (yangi qo‘shin), shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko‘lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. 84 XVII asrda Usmoniylar imperiyasi Sulton Salim I 1514-yili Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinini tormor etdi. Bu g‘alaba sultonning Eron shohi ittifoqchisi bo‘lgan Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashiga yo‘l ochdi. Sulton Salim I dastlab Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yili esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega bo‘ldi. Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yo‘llarining ham Turkiya nazorati ostiga o‘tishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini ta'minladi. Oqibatda, Turkiyaning savdo yo‘nalishidagi xalqaro nufuzi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari o‘rtasida yanada ortdi. Ichki ahvol. Imperiyaning qudrati faqat sultonlarning oqilona siyosati tufayligina oshmasdan, balki mehnatkashlarni ekspluatatsiya Sulton Salim I 85 qilishni kuchaytirish, mustamlaka o‘lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar hisobiga ham yuksaldi. Ekspluatatsiyaning tobora kuchayishidan tinka-madori qurigan dehqonlar shaharlarga, tog‘larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maqsadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni majburan qaytarib olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqardi. Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi va ko‘plab qochib ketishi XVI asr o‘rtalaridan boshlab qishloq xo‘jaligining inqiroziga olib keldi. Shu tariqa Turkiya harbiy qudratining zaiflashish davri boshlandi. G‘arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hokimiyat qaror topgan bir sharoitda Turkiya tanazzulga uchradi. 1684-yili Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi «Muqaddas liga» tuzdilar. XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo‘lmay qoldi. ♦ Vali — bu ... ♦ XVI asr o‘rtalaridan boshlab ... ♦ Sanjoqbey — bu ... ♦ 1684-yili ... Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi. Bora-bora Turkiyada iqtisodiy tanglik davri boshlandi. Bunday sharoitda Turkiya Yevropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‘rdi. Yevropa davlatlari savdogarlariga bir qator yengillik va imtiyozlar berila boshlandi. Masalan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona to‘lovi joriy etildi. Natijada, Turkiya bozorlari Yevropa tovarlariga to‘lib ketdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikka qattiq zarba berdi. Tashqi siyosatda esa Turkiya, birinchi navbatda, Angliya va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular Rossiyaga qarshi kurashda imperiyaga ittifoqchilar bo‘lishi kerak edi. Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga intildilar. Ularning madadidan umidvor bo‘lgan Turkiya XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib bordi, biroq yengildi. Mag‘lubiyat Turkiyada hukm surayotgan O‘rta asr munosabatlaAvliyo Chalabiy rining inqiroziga sabab bo‘ldi. 86 Fan, madaniyat va san'at. XVII asrdan Yevropaning ilg‘or g‘oyalari ta'siri ostida yirik shaharlar, asosan, poytaxt Istanbulda dunyoviy fanlarni rivojlantirishga harakat boshlanadi. Bu davrda buyuk turk olimi Koshib Chalabiy, matematika va astronomiya sohasida Xizr Xalifa Tabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Mustafo Koshipzoda kabi olimlar unumli faoliyat olib bordi. Shu davrda turk adabiyotida ham o‘ziga xos faollik kuzatildi, yirik asarlar yaratildi. Shulardan Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma» asari tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Me'morchilikda ham XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida tushunarsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi. Vaholanki, XV—XVII asrlarda turk me'morlari buyuk tarixiy obidalarni yaratishgan edi. Ayniqsa, XVI asrning buyuk me'mori Sinon o‘zining betakror binolari bilan turk me'morchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. XVII asr turk me'morchiligining ajoyib namunalari sifatida sultonning To‘pqopi saroyidagi Bag‘dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib o‘tish lozim. Bu davrda naqqoshlik va miniatura san'ati ham yaxshi rivojlandi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida, asosan, miniatura rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi. Yevropa madaniyatining ta'siriga qaramasdan, Yangi davrda turk madaniyati, asosan, milliylik va o‘ziga xoslikni saqlab qola oldi. Ammo imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat rivojiga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Xullas, O‘rta asrlarning qudratli imperiyasi bo‘lgan Usmoniylar davlati Yangi davrga kelib, keng miqyosli inqirozni boshidan kechirdi. Bir qator islohotlarni amalga oshirish uchun bo‘lgan urinishlarga qaramasdan, mamlakat G‘arb davlatlarining yarimmustamlakasiga aylanib bordi.
Download 18,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish