Ot — otsimonlar oilasiga mansub toq tuyoqli oʻtxoʻr xayvonlar avlodi. Oʻrta Osiyoda va Yevropaning jan.-sharqiy qismida xonaki otlar miloddan avvalgi 3-ming yillikdan maʼlum edi. Ular yovvoyi holda Yevropada, Osiyo va Afrikada uyur boʻlib yashagan. Ot koʻp asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xoʻjaligining asosiy ish hayvoni edi. Shuningdek, armiya uchun ham juda koʻp ot talab qilinardi.arsalari bilan boqiladi.
i uz.
QUYON — tovushqonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Uy Quyonlarining ajdodi yovvoyi Quyonlar hisoblanadi. Madagaskar oroli, Janubiy Amerikaning janubiy viloyatlari va Antarktidadan tashqari Yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Uy Quyonlari yovvoyilariga qaraganda ancha yirik, gavdasi uz. 70 sm gacha (yovvoyilari 44 sm gacha). Quyon serpusht, tez yetiladi, goʻsht va moʻyna, tivit olish uchun urchitiladi. Yil mobaynida koʻpaya oladi. Asosan, koʻkat, ildizmevalar, sabzi-karam silosi, mayin xashak; don-dun, omuxta yem va boshqa narsalar bilan oziqlanadi
Oʻrik —raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali oʻsimlik. Vatani — Oʻrta Osiyo. Osiyoda 10 turi maʼlum. Shimoliy Hindiston, Eron, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Shimoliy va Janubiy Afrika, Shimoliy Amerika mamlakatlari va Avstraliya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye hamda Rossiyaning Yevropa qismi janubida yetishtiriladi. Oʻrta Osiyoda va Xitoyda 5 ming yil, Janubiy Yevropada 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 500 dan ortiq navi bor.
Anor barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin meva-lisida tikani kamroq). Iyun–iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och kizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba’zan beshtagacha joylashadi. Urug‘chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko‘zachasimon guli meva tugadi, urug‘chisi qisqa, qo‘ng‘iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi.
Kasb — (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasbida xirurg , oftalmolog , dermatolog va boshqa). Kasb, odatda, shaxening asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.
Boychechak—piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 7—20 sm. Ildiz boʻgʻzi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi oʻsimlikning boʻyiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari alami yoki alaminashtarsimon, poyani bir oz oʻrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |