Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq


-§. Arab xalifaligining oliy, markaziy va



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

1-§. Arab xalifaligining oliy, markaziy va  
mahalliy hokimiyat organlari
VI–VII asrlarda Arabiston yarim orolida yashayotgan arab qabilalari 
ijtimoiy hayotida urug‘doshlik tuzumi amal qilgan. Diniy e’tiqodi 
bo‘yicha ular orasida ko‘pxudolik keng tarqalgan bo‘lib, qabila va 
urug‘lar orasida tarqoqlik mavjud edi. VII asrda urug‘-qabila tuzumining 
yemirilishi yuz beradi. Urug‘-qabila munosabatlarining yemirilishi 
ayniqsa Xijozda keng quloch yoydi. Bu yerda nafaqat chorvachilik bilan, 
balki dehqonchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lgan yarim o‘troq aholi 
birlasha boshladi. Bu mintaqada yirik savdo-hunarmandchilik shaharlari 
Makka va Yasrib joylashgan bo‘lib, undan janubdan shimol tomonga juda 
katta karvon yo‘li o‘tgan. Shaharlarda savdogarlar yuqori mavqega ega 
bo‘lgan. Qabilaviy tuzum zaiflashib, qabilalar o‘rtasida harbiy yurishlar 
davom etgan. Shunday qilib, chuqur ildiz otgan ijtimoiy-iqtisodiy 
tanazzul sharoitida yangi tabaqalashgan jamiyat vujudga keldi. Boshqa 
xalqlar tarixida bo‘lganidek yangi tuzum uchun olib borilayotgan 
ommaviy harakatlar mafkurasi diniy ko‘rinishda namoyon bo‘ldi. 
Bu harakatga tarixiy shaxs, din va davlat asoschisi Muhammad 
sallolohu alayhi vassallam (570–632-y.) rahbarlik qildi. Buning natijasida 
VII  asrda juda ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topdi. Bu yangi 
dinning barcha qoida va tartiblariga rioya qilgan shaxslargina 
Muhammadning ummati deb tan olingan. Tez orada urug‘-qabila va 
nufuzli savdogarlar vakillari islomni qabul qilib, musulmonchilikka kira 
boshladilar. 
Arablarning yangi yerlarga bo‘lgan harakatlarining asosiy sababi 
ularning o‘z yerlarida zich joylashganligidir. Ishlab chiqarish kuchlari-
ning past darajada taraqqiy topganligi va ko‘chmanchi qabilalar sonining 
o‘sib borishi natijasida yaylovlar va suvning tanqisligi muammosi yuzaga 
keldi. Arab qo‘shiniga mahalliy aholi jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi, chunki 
ko‘p halqlar boshqa davlatlarning hukmronligi ostida edi. Natijada yangi 
bosib olingan yerlarni o‘z ichiga oluvchi Arab xalifaligi nomi bilan 
qudratli davlat vujudga keldi. 
Arablar hukmronligi o‘rnatilgach, o‘lkada musulmon dini va uning 
asosida shakllangan islom huquqi qaror topdi. Unga ko‘ra, barcha 


 86
musulmonlar muqaddas ilohiy qonun – Olloh tomonidan nozil qilingan 
Qur’onda yozilgan, rasullulloh hadislarida ifodalangan, fiqhda 
sharhlangan asosda yashashi lozim edi. 
Arablar bosqini arafasida G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibida, ya’ni 
hozirgi O‘zbekiston doirasida diniy tarqoqlik – politeizm mavjud edi. Bu 
yerda xristianlik, manixeylik, buddaviylik, zardushtiylik dinlari hukm-
ronlik qilardi. Turk xalqlari orasida ko‘proq tabiat va ota-onalar ruhiga 
sig‘inish hamda buddizm keng tarqalgan. Yana shunisi e’tiborli ediki, 
agar kichkina Arabiston yarim oroli insoniyatning uchta dini – 
nasroniylik, iudaizm va musulmon dinlarining vatani bo‘lsa, Markaziy 
Osiyo esa zardushtiylik va buddaviylik dinlarining markazi bo‘lgan. 
Shuning uchun ham bu joyda islom dinini keng yoyish, uning mavqeini 
mustahkamlash lozim edi. 
Zardushtiylik, buddaviylik va shomonizm kabi dinlar ta’sirida 
bo‘lgan turklar arablarga qarshi boshqa xalqlar bilan birga kurash olib 
bordi. Arablar bilan birga ularning madaniyati, tili va musulmon 
huquqshunosligi ham o‘lkaga kirib keldi. U barcha diniy-huquqiy 
tizimlarni siqib chiqardi. 
VII asrning 20–30-yillariga kelib musulmonlarning islomiy jamiyati 
to‘la shakllanib bo‘ldi va islom lashkarlari tashkil etildi. Islom dinini keng 
yoyish maqsadida qo‘shni hududlarga yurishlar amalga oshirildi. 
Muhammad vafotidan keyin musulmonlarga boshchilik qilish 
maqsadida urug‘-qabila va nufuzli savdogarlar orasidan musulmon 
xalifalari – arab harbiy jamoasining boshliqlari saylandi. Ularning 
qarorgohi Madina shahri bo‘lgan. 
Davlat dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) 
davridayoq (632–661-y.) islom dinini yoyish shiori ostida Osiyoning 
qo‘shni davlatlarini bosib ola boshladi. VII–VIII asrlarda Yaqin va O‘rta 
Sharq, Shimoliy Afrika hamda boshqa mintaqalardan tashkil topgan katta 
hudud egallandi. Xalifalik chegaralari G‘arbda Atlantika okeanigacha, 
sharqda Xitoy va Janubiy Hindistongacha borib yetib, tarixda eng katta 
hududga ega buyuk imperiyaga aylandi. Ular dastlab VII asr o‘rtalarida 
Vizantiya (Suriya, Falastin, Mesopatamiya va Misr) hamda Eronni 
egallashadi. 651-yilda Xuroson hududlarini egallashga o‘tadilar. 
Xalifani «amir al mo‘minin» – musulmonlar amiri hamda sultoni, 
Xalifaga bo‘ysundirilgan hududlar hukmdorlarini esa «mulk ul atrof» – 
o‘lkalarning podsholari deb atay boshladilar. 
Xalifalar qarorgohi Umaviylar sulolasi hukmronligi davrida (661–
750-y.) Damashq (Suriya)da bo‘lgan. Abbosiylar sulolasi davrida (750–
1055-y.) poytaxt Bog‘dod (Mesopatamiya) shahri bo‘lgan.  


 87
Xuroson arab xalifaligi tarkibiga kirgan sharqiy noiblikka aylanib, 
uning markazi avval Marv shahri, keyinchalik Balxga ko‘chirildi. Hozirgi 
O‘zbekiston yerlarini bosib olish Xuroson noiblari tomonidan 
ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifa Muoviya I (661–680-y.) davridan 
boshlandi. Ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar tarixchi 
X. 
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida, A.R. 
Beruniy va boshqa 
tarixchilar asarlarida atroflicha yoritilgan. Arablar Xurosonni, ikki daryo 
oralig‘ini bosib olishda tayanch nuqtasiga aylantirdilar. «Movarounnahr» 
– «daryo orti» atamasi shu davrdan boshlanib, bizning davrimizgacha 
yetib keldi. 
Arab bosqinchiligiga qarshi O‘rta Osiyo podsholarining diplomatik 
uchrashuvlari ham o‘tkazilgan. Biroq boy o‘lka boshliqlarining birlashgan 
holda kurashi amalga oshirilmaydi. 
Ubaydulloh ibn Ziyod 673-yilda Xuroson amiri etib tayinlangach, 
Jayhundan o‘tib, Buxoro yerlariga bostirib kirdi va Boyqand hamda 
Romitanni egalladi. Undan keyin 676-yilda Sayid ibn Usmon Xuroson 
amiri etib tayinlandi. U Samaraqandgacha bostirib keldi, o‘sha vaqtda bu 
yerda podsho Tarxun edi. Undan keyin Muslim ibn Ziyod (681–684-y.) 
Xuroson amiri qilib tayinlangan. 
705-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson amiri etib tayinlanguniga 
qadar, arablar bosqinchiligi ko‘proq talonchilik tusidagi sinov yurishlari 
bo‘lgan. Qutayba davridan boshlab esa arablar uzil-kesil istilo qilish, 
islom dinini yoyish siyosatini olib bordi va Movarounnahrning bosib 
olinishi bilan yakunlanadi. Qutayba ibn Muslim 705–708-yillar oralig‘ida 
Buxoroni tamomila buysundiradi. O‘zining lashkarboshisi Vazir ibn 
Ayyubni Buxoro amiri qilib tayinladi. 706-yillardayoq Qutayba 
Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortadi. 712-yilda Samarqand va Xorazmni 
qo‘lga oladi. 716-yilda Shosh, Farg‘ona va Qashg‘arga yurish qiladi. 
Arablashtirish siyosati amalga oshiriladi. Bosib olingan yerlar arab 
zodagonlari o‘rtasida taqsimlanadi. Dastlabki davrlarda aholi imtiyozlar 
berish (728-yilgi farmon – xiroj va juzya solig‘idan ozod etish), 
ishontirish yo‘li bilan, vaqt o‘tishi bilan majburiy ravishda islomga 
kiritildi. Oqibatda, O‘zbekiston hududida musulmon huquqining to‘la 
joriy etilishiga erishildi. 
VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mamlakatni dehqonlar va 
qullarning kuchli qo‘zg‘olonlari larzaga sola boshlaydi. Bu asta-sekin 
bosib olingan mamlakatlar – Eron, Kavkaz orti va O‘rta Osiyoda xalq 
ommasining milliy ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. 


 88
VIII asrning oxiriga kelib Arab davlati taraqqiyotida tarqoqlikka, 
ajralib chiqishga qaratilgan g‘oya shakllanadi. Shu bilan birga xalq 
qo‘zg‘olonlari ham uning birligiga ta’sir qildi. Natijada, xalifalik alohida 
mustaqil davlatlarga parchalanib ketishi yuz berdi.  
756-yilda Qurdoba amirligi (929-yildan xalifalik), IX asr boshlarida 
Marokash bilan Tunis ajralib chiqdi. IX asr o‘rtalarida Misr (969-yildan 
Qohira xalifaligi) mustaqillikka erishadi. IX va X asrlarda Eron (sharqiy 
qism – Xuroson, g‘arbiy) ajralib chiqadi. Movarounnahrda Somoniylar 
davlati tuziladi. Frotda Movsul sultonligi tashkil topgan. X asr o‘rtalarida 
G‘aznaviylar davlati vujudga kelgan. Mazkur yirik davlatlardan tashqari 
o‘nga yaqin kichik amirliklar shaklidagi davlatlar ham vujudga keladi. X 
asrning o‘rtalariga kelib xalifa hokimiyati Arabiston va Mesopata-
miyaning Bog‘dod atrofidagi bir qismida saqlanib qoladi. 
Xalifalikning qolgan yerlari 945-yilda Eron shialari tomonidan bosib 
olinib, uzoq vaqtgacha boshqariladi. 1055-yilda Bog‘dodni saljuqiy 
turklar egallaydi. Shundan keyin xalifalar faqat diniy hokimiyatga 
boshchilik qiladi. Xalifalar Bog‘dodda mo‘g‘ullar istilosi, ya’ni 1258-
yilgacha yashab keladi. Keyingi davrlarda xalifalar qarorgohi 969-yilda 
Alining avlodlari – Fotimiylar tomonidan mustaqil xalifalik sifatida e’lon 
qilingan Qohira (Misr)da faoliyat ko‘rsatadi. XVI asrda xalifalikning 
g‘arbiy qismi (Arabiston yarim oroli ham) turk sultonlari tomonidan 
egallanadi. Turk sultonlari o‘zini xalifa deb e’lon qilsa-da, shu davrdan 
e’tiboran xalifalik barham topadi.  
Xalifalik shakllanishi jarayonida Arabistonda ibtidoiy jamoa tuzumi 
yemirildi. Qadimgi madaniyat o‘lkalaridan hisoblangan Mesopatamiya, 
Suriya va Misr yerlarida feodal jamiyat shakllanayotgan edi. Xalifalik 
hududida feodalizm taraqqiyoti bir xilda bo‘lmagan. Bu bosib olingunga 
qadar bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan bevosita bog‘liq 
edi. Agar Suriya, Iroq, Misrda feodalizm keng quloch yoygan bo‘lsa, 
Arabistonning ko‘pchilik qismida hali urug‘chilik tuzumi qoldiqlari 
saqlanib qolgan.  
Arab xalifaligining ijtimoiy tuzumi muslimlar, zimmiylar, 
shaharliklar, savdogarlar, feodallar, dehqonlar, hunarmandlar, qullardan 
iborat bo‘lgan. Feodallar orasida aslzoda musulmon zodagonlari, ya’ni 
Muhammad payg‘ambar xonadoniga mansub shaxslar hamda uning 
izdoshlari nufuzli obro‘ga ega edilar. IX asrga kelib uning sahobalari, 
qarindosh-urug‘lari bir necha ming kishini tashkil etgan. 
Yerga egalik munosabatlarida davlat mulkchilik shakli hukmron 
bo‘lib, barcha yerlar xalifaning mulki hisoblangan. Katta yer maydonlari 


 89
alohida shaxslarga yoki jamoalarga foydalanish uchun berilgan. Bunday 
tartib G‘arbiy Yevropada feodal tarqoqlik davrida nomigagina mavjud 
bo‘lgan bo‘lsa, Sharqda uzoq vaqt davomida o‘zining amaliy ifodasini 
topgan. Unumdor yerlar va suv ta’minoti markazdan tartibga solingani 
sababli davlat mulkchiligi uzoq vaqt barqaror bo‘lgan. 
Xususiy yerlar toifasiga zodagonlarning yirik mulk yerlari, o‘rta hol 
va mayda feodallarning yerlari ham kirgan. Feodallarga davlat oldidagi 
xizmatlari uchun beriladigan (iqta – benefitsiyani eslatadi) yerlari miqdori 
ko‘payib borgan. Yer egalari davlat boshlig‘idan maosh, tuhfalar va 
nafaqalar olib turgan.  
Dehqonlarni ekspluatatsiya qilish tarzi asosan xalifa foydasiga soliq 
undirish vositasida amalga oshirilgan. Soliqlar daromad bilan muvofiq 
bo‘lgan. Ba’zan xalifalar o‘z yaqinlariga mamlakatning ma’lum 
mintaqalaridan o‘z foydalariga soliq undirish huquqini ham bergan.  
Dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan aholi ko‘pgina etnik guruhlarga 
ajralib ketdilar. Tub arablar yangi joylarda mas’ul harbiy lashkarlar 
himoyasida o‘rnashib oldilar. Ular ba’zi soliqlardan ozod bo‘lib, alohida 
ustunlik va imtiyozga ega edi.  
Xalifalikda shahar aholisi alohida o‘rin egallaganlar. Ularning orasida 
shahar aholisining katta imtiyozga ega bo‘lgan tabaqasi badavlat 
savdogarlar, hunarmandlar, mayda tijoratchilar hisoblangan. Shaharlar 
mamlakatning alohida mintaqalari o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy siyosatini 
yuritishda markaziy hokimiyatni qo‘llab quvvatlardi.  
Xalifalikning davlat apparati markazlashtirilgan bo‘lgan. Sababi 
mamlakatdagi yer maydonlarining ko‘p qismi davlat boshlig‘ining qo‘lida 
edi. Bog‘dod xalifaligi davriga kelib mamlakatda feodalizm to‘la qaror 
topgan. Iqtisodiy jihatdan muhim hisoblangan mintaqalarda 
sug‘oriladigan yerlardan foydalanilgan. Bu esa suvning markazdan 
taqsimlanishini taqozo qilgan.  
Oliy hokimiyat ruhoniy imomat va dunyoviy amirlikdan iborat bo‘lib 
xalifaga bo‘ysungan. Birinchi xalifalarni musulmon zodagonlari o‘z 
oralaridan saylaganlar. Bu davrda davlat harbiy-demokratik markazlash-
gan teokratik respublika shaklida bo‘lgan.  
Xalifa saroyida sharq despatiyasining ko‘p asrlik an’analarini o‘zida 
aks ettirgan mumtoz va muhtasham taomillar hukm sura boshladi. Xalifa 
hokimiyati (diniy – imomat va dunyoviy – amirlik) cheklanmagan. Aslida 
esa saroy to‘ntarishlarini amalga oshiruvchi yirik feodallar bilan 
hisoblashishga majbur bo‘lgan. 


 90
Damashq (Ummaviylar) xalifaligi davrida hokimiyat nasldan-naslga 
meros bo‘lib o‘tadigan sharq despotik monarxiyasiga aylangan. Bu 
sulolaga Muoviya (Suriya noibi – Usmonning yaqin qarindoshi) asos 
solgan. Bu sulola vakillari o‘zining doimiy gvardiyasi – 160 000 nafarga 
yaqin qo‘shinga ega bo‘lgan. U katta siyosiy ahamiyat kasb etgan va 
harbiy ishga yoshligidan o‘rgatilgan oq tanli qullardan tuzilgan.  
Yuqori mansabdor shaxslar xalifa tomonidan tayinlangan va bevosita 
uning oldida hisobot bergan. Xalifa huzurida vazir – bosh maslahatchi va 
yuqori mansabdor shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Ular davlat 
boshqaruvidagi mansabdor shaxslar ichida eng ulug‘i hisoblangan. Islom 
huquqiga muvofiq vazirlar ikki xil bo‘lgan. Ulardan biri keng hokimiyat 
vakolatlariga ega bo‘lsa, ikkinchisiga cheklangan vakolatlar berilgan, 
ya’ni faqat xalifa buyruqlarini bajargan. Zodagonlar himoyasiga tayanib 
vazirlar asta-sekin bevosita boshqaruvni o‘z qo‘llariga oldilar va shuning 
bilan birga xalifalarning mavjud hokimiyatini ma’lum darajada cheklab 
qo‘ydilar. 
Abbosiylar davrida Eronning kuchli ta’sirida buyuk vazir – 
xalifaning birinchi vaziri unvoni ta’sis etiladi. Bu lavozimga odatda 
eronliklar tayinlangan va mazkur martaba meros tariqasida o‘tgan. 
Saroyda muhim mansabdor shaxslar qatoriga xalifaning shaxsiy 
qo‘riqchisi, mirshablar boshlig‘i hamda mansabdor shaxslar faoliyatini 
nazorat qiluvchi maxsus amaldor kirgan. 
Xalifalikning boshqaruv organlari Ummaviylar sulolasi davrida 
ancha murakkablashgan. Egallangan mamlakatlar ustidan harbiy va 
moliya sohalari ustidan nazorat qilish uchun oliy boshqaruv organlari 
ta’sis etilgan. Xo‘jalikning ko‘pgina sohalarini boshqarishda ham aynan 
Eron va Mesopatamiya an’analaridan foydalanilgan. 
Markaziy boshqaruvni maxsus hukumat idoralari – devonlar amalga 
oshirardi. Bular orasida doimiy ravishda soni o‘sib borgan quyidagi 
devonlarni qayd etib o‘tish mumkin:  
– devon ul-jund (harbiy ishlar devoni) – qo‘shinni qurol-aslaha va 
jihozlar bilan ta’minlagan. U xalq lashkari va yollanma askarlar ro‘yxatini 
tuzuvchi amaldorlar hamda harbiy xizmatlar uchun belgilangan maosh 
hamda yer taqsimotini yuritgan va nazarot qilgan; 
– devon ul-xaraj (markaziy moliya devoni) – turli soliqlar va pul, 
hamda natural holda xazinaga tushadigan to‘lovlar hisobini yuritish bilan 
shug‘ullangan;  
– devon ul-barid (yo‘l va pochta xizmati devoni). U pochta va davlat 
yuklarini yetkazib berish, yo‘llar, karvon-saroylar, sardoba va quduqlar 


 91
qurilishi hamda ta’mirlanishini, shuningdek ishlashini nazorat etish bilan 
shug‘ullangan. Bu boshqarma markazdan joylarga va aksincha, 
ma’lumotlar yetkazib turishning eng tezkor va yagona tashkiloti 
hisoblangan. Pochta muassasasi aholi va mahalliy hokimiyatning siyosiy 
kayfiyati va faoliyati ustidan yashirincha nazorat olib borgan. Bu uning 
ahamiyatini oshirgan. Shuning uchun ham pochta amaldorlari viloyat-
lardagi mansabdorlarga bo‘ysunmaganlar. Maxfiy kuzatuvni nafaqat 
pochta xizmatchilari, balki maxsus vakolatga ega savdogarlar ham amalga 
oshirgan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, irrigatsiya qurilishlari bilan 
shug‘ullanuvchi maxsus mahkama ham faoliyat ko‘rsatgan
1
.
Mahalliy boshqaruv sohasi ham ilgarigi holatida deyarli o‘zgarishsiz 
qoldiriladi (masalan, sobiq Vizantiya va Eron viloyatlarining mahalliy 
ma’muriy moliya muassasalari). Quyi boshqaruv tizimida dehqonchilik 
va sug‘orish ishlari umumiy tartib asosida boshqarilgan.  
Xalifalik ma’muriy-hududiy jihatdan dastlab noibliklarga bo‘lingan. 
Abbosiylar hukmronligi davriga kelib deyarli mustaqil boshqariluvchi 
viloyatlarga taqsimlangan. Noibliklar xalifa oldida hisobdor bo‘lgan 
harbiy noib – amirlar tomonidan, viloyatlar o‘z navbatida amirlar 
tomonidan boshqarilgan. 
Movarounnahr ham ma’muriy-hududiy jihatdan arab xalifaligi 
tarkibiga qo‘shib olingan. Uni boshqarish boshqa hududlar kabi 
xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo‘yicha noibiga topshirilgan. 
Movarounnahr dastlab arablar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilgan. 
Noyib-amirlar harbiy sohani boshqargan va hududdagi qurolli kuchlarni 
idora etgan. Maxsus yollanma otrad (mufriza)lar muxtasiblar tomonidan 
boshqarilib, politsiya xizmatini bajargan. Amirlarga o‘z navbatida 
markaziy moliya boshqarmasining mahalliy apparati bo‘ysungan. 
Shaharlar va boshqa aholi istiqomat qiluvchi hududlar hokimlar 
tomonidan boshqarilgan. Ular lavozimiga noib tomonidan tayinlangan va 
lavozimidan ozod etilgan. Mahalliy hokimlarning bosh vazifalari soliq 
yig‘ish va joylarda tartibni ushlab turishdan iborat bo‘lgan. Katta 
shaharlarda arab harbiy qismlari joylashgan. 
Odil sudlov faoliyatida ruhoniylarning imtiyozlari yuqori bo‘lgan. 
Amirlar va ularning amaldorlari dunyoviy hokimiyat namoyandalari 
bo‘lsalarda, rasman sud faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega 
bo‘lmaganlar.  
1
 Qarang: ɋɟɦɟɧɨɜ ȼ.Ɏ. ȸɪɬɚ ɚɫɪɥɚɪ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 1973. – Ȼ. 143.


 92
Davlat boshlig‘i bo‘lgan Xalifa oliy sud hisoblangan (Qozi ul-
quzzot). U har qanday ishni ko‘rib chiqish va hukm chiqarish vakolatiga 
ega bo‘lgan. Ammo, amalda bu holat juda kam uchraydi. Taniqli ilohiyot 
namoyandalari hay’ati haqiqiy oliy sud hisoblanib, ayni paytda, 
huquqshunoslar sifatida tan olinganlar. Ular Xalif nomidan ish ko‘rib, 
qozilarni va maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan mansabdorlarni 
tayinlaganlar. Maxsus vazifadorlar joylardagi qozilar faoliyatini nazorat 
qilganlar. Qayd etilgan har ikkala amaldorlar ham ruhoniy namoyan-
dalaridan tayinlangan.  
Qozilarning vakolatlari nihoyatda keng bo‘lib, ular barcha turdagi 
sud ishlarini muhokama qilganlar, sud hukmlarining ijrosini nazorat 
qilganlar, mahkum etilganlarning jazo o‘tash joylari ustidan kuzatuv 
o‘rnatganlar, vasiyatnomalarni tasdiqlaganlar va yerdan foydalanishning 
qonunga muvofiqligini tekshirganlar.  
Sud qarorlari va qozining hukmlari asosan qat’iy bo‘lib, shikoyatga 
o‘rin qoldirmagan. Xalifaning o‘zi yoki uning vakolati vakillarigina 
istisno ravishda qozining qarorini o‘zgartira olganlar. G‘ayrimusulmon 
aholi odatda o‘zlarining ruhoniylari tomonidan muhokama qilinganlar.  
Dastlabki davrlarda harbiy kuchlar musulmon jamoalari guruhlari va 
ularga qo‘shilgan ko‘ngilli qabilalar vakillaridan tashkil topgan. Shu 
davrdanoq yengil otliqlar qo‘shinning asosiy turini tashkil etgan. Ular 
nihoyatda tezlik bilan uzoq masofalarni bosib o‘tgan va qo‘qqisdan zarbalar 
berishga qodir bo‘lgan. Asta-sekin ko‘ngillilar qo‘shini o‘rnini yollanma 
qo‘shin egallagan. Yollanma qo‘shindan ommaviy harakatlarni bostirishda 
foydalanilgan. Yurish vaqtida u qo‘shinning o‘zagini tashkil etgan. Janglarda 
qo‘shin asosan ko‘ngilli arablar va musulmonlar hisobiga to‘ldirilgan.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish