Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Rim huquqi. Rim huquqi, avvalo, juda xilma-xil hayotiy munosa-
batlarni va vaziyatlarni keng darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib 
turadi. Unda ayniqsa xususiy mulk bilan bog‘liq masalalar puxtalik bilan 
ishlab chiqilgan. Rim huquqining tarixini quyidagi davrlarga bo‘linishi 
maqsadga muvofiqdir: 
– eng qadimgi davri (mil. avv. VI asr–III asrning o‘rtasi). Bu davrda 
polischa diniy xarakterdagi huquq amal qilgan. Rimning tub fuqarolari 
huquqi paydo bo‘lgan. Odat huquqi uning manbai bo‘lgan. Miloddan 
avvalgi 451–450-yillarda huquq manbai sifatida XII jadval qonunlari 
vujudga kelgan; 
klassik davri (mil. avv. III asr o‘rtasi – milodning III asri oxiri). 
Mazkur davrda rim huquqi mukammal dunyoviy yuridik tizimga 
aylanadi. Pretor huquqi – xalqlar huquq ham vujudga keladi. M.a. 
huquqning bunday ikkiga bo‘linishi imperator Karalla edikti (farmoni) 
bilan bekor qilingan;  
– postklassik, yangi klassik davri (IV–VI asrlar). Bu vaqtda rim 
huquqi quldorlik jamiyati va davlatining yemirilishi bilan harakatdan 
to‘xtaydi. Unda yuz bergan o‘zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va 
vujudga kelayotgan yangi feodal munosabatlarga asta-sekin 
moslashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu davrda qonun chiqarish 
hokimiyati to‘la imperatorlar qo‘liga o‘tib, rim huquqining to‘plamlari 
tuziladi va kodifikatsiya qilinadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish lozimki, Rim huquqining 
alohida jihatlari, sohalari va institutlari bilan bog‘liq masalalar eng 
qadimgi, klassik va postklassik davrlarga ajratilgan holda o‘rganiladi. 
Rim huquqi manbalarining rivojlanishi. Qadimgi davrda rim huquqiy 
an’analarining vujudga kelishida kohinlar juda katta mavqega ega edilar. 


 81
Rim huquqi ularning alohida toifasi – pontifiklar tomonidan tuzilgan va 
sharhlangan. Ular butun yuridik faoliyat nazorat qilgan. 
Rimda huquqning eng qadimgi manbai huquqiy odatlar (mores 
majorum) bo‘lgan. An’anaga ko‘ra huquqning boshqa manbai Rim 
podsholarining qonunlari (leges regiae) hisoblangan. XII jadval qonunlari 
dastlab 10 ta jadval asosida tuzilgan. Ikkinchi maxsus komissiya 
tomonidan esa dastlabki ikkita jadval bilan to‘ldirilgan. U birinchi rim 
yozma qonunlari bo‘lib, krivit – tub Rim fuqarolari uchun mo‘ljallangan. 
12 ta mis lavhalarga yozilib, hamma ko‘rishi uchun Rim siyosiy 
hayotining markazi – forumga osib qo‘yilgan. Uni bilish hamma uchun 
majburiy bo‘lgan.  
XII jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning 
mazmuni XVI–XVII asrlarda huquqshunoslarning asarlari asosida 
tiklangan. Hozirgacha ham uning matni to‘liq bo‘lmasdan qolgan. Hatto 
ayrim mualliflar (YE. 
Pais, E. 
Lamber, R. 
Shuls va boshqalar)ning 
ishlarida uning mavjudligi ham shubha ostiga olinadi.  
Eng qadimgi davrda senat qarorlari (senatus – konsultlar), ayrim 
hollarda magistratlarning qarorlari ham huquqiy kuchga ega bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida XII jadval qonunlari 
rasman amalda bo‘lgan. IV asrga kelib huquqning ancha muhim manbai 
pretorlarning ediktlari bo‘lib qolgan. Pretor huquqi o‘zgaruvchan va 
moslashuvchan bo‘lishi bilan birga, meros tariqasida o‘tishi hamda 
barqarorligi bilan ajralib turgan. 
Imperiya o‘rnatilishi bilan imperatorlar qonunlari (konstitutsiyalari) 
asosiy huquq manbai bo‘lib qolgan. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan: 
ediktlar, reskriptlar (imperator maslahatlari), dekretlar (imperatorning sud 
ishlari qarorlari), mandatlar (hokimlarga jo‘natilgan yo‘l-yo‘riqlar, 
qo‘llanmalar).  
Klassik va postklassik davrlarning huquq manbalari ichida taniqli 
huquqshunoslarning fikrlari, asarlari (degistalar), o‘quv maqsadlarida 
bayon qilinuvchi institutsiyalari (darslik), shuningdek ularning berilgan 
savollarga javoblari – konsultatsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etgan. 
Bundan tashqari, shu davrda imperatorlar ediktlarini tizimlashtirilgan 
kodekslar ham tuzilgan. Ular mashhur yuristlar yoki ularning jamoasi 
tomonidan yaratilib, ularning yoki imperatorlarning nomi bilan atalgan 
hamda huquq manbai tarzida tayanilgan. Masalan, 529 va 534-yillarda 
Yustinian kodeksi ikki marta nashr qilingan. U 12 kitobdan iborat bo‘lib, 
o‘z ichiga imperatorlar konstitutsiya (qonun – novella)larini olgan 
qonunlar to‘plami hisoblangan. Unga kiritilmagani o‘z kuchini yo‘qotgan. 


 82
Imperator Yustinian 150000 ga yaqin misrali degistlar hamda mukammal 
institutsiyalarni ham tizimlashtirishni tashkil qilgan. Aynan Yustinian 
kodifikatsiyasi rim huquqining butun o‘tgan tarixini bir joyga to‘plovchi 
manba bo‘lib, uning ko‘p asrlardan buyon rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda 
chegara qo‘ygan. U o‘z asosi bilan rim huquqining manbai hisoblanadi.  

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish