TIL VA YOZUV
Til
-
aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga
xizmat qiladi
.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq
yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning
uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid
bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap
tuzadi.
Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa
qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi.
Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang
ham, o‘ylab gapir. Tana, ta’m-maza, ko‘rish,
eshitish kabi sezgi
a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning
eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish
vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy
barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi. Tilning xizmat
doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli,
shaklli
bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz
beradi.
Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va
boyib
boradi.
Nutq
esa
doim
o‘zgarishda
bo‘ladi;
vaziyatga
yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi. Nutq ikki
shaklda bo‘ladi. 1. Og‘zaki nutq. 2.Yozma nutq.
Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda,
radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli
oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
(
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri
va aniq talaffuz qilish (
holxol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r
va b.), gapda so‘zlarni
tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz.
G‘o‘za va
paxta
o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay,
«g‘o‘za
terildi», «paxta gulladi»
deyish xatodir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish
(
gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...);
so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash
(
qaror yozildi
–
qarorni emas),
takror va keraksiz ifodadan qochish (
turgan
joyida turib qoldi),
qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-
zo‘raki
–
ehtiyojsiz
ishlatish
nutqni
g‘aliz,
mantiqsiz
qiladi.
Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa
qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har
bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi.
Nutq
faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqelanmagan
imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi
ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi - til, shu tilning muayyan
shaxs nutqiy faoliyatida
bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi - nutqdir. Tilning fonetik sathi birligi
fonema
bo‘lsa,
fonemaning
real
talaffuz
qilingan,
quloq
bilan
eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. O‘zbek tili aloqa-
munosabat vositalaridan biridir. 1989-yilning 21- oktabr kuni o‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’limtarbiya ishlari, majlislar, ish
qog‘ozlari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. 1995-yil 21-
dekabrda Oliy Kengash mazkur «Davlat tili» haqidagi Qonunni yangi tahrirda qabul
qildi.
Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbek
tiliga Davlat tili
maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona
tilini qo‘llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”.
I
. Boshqa millat va xalqlarning tiliga hurmat. Fuqarolar o‘zaro muomalani va
ta’lim olishning qaysi tilda bo‘lishini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olishlari,
boshqa millat va xalqlar zich yashaydigan joylarda maktabgacha bo‘lgan tarbiya,
bolalar muassasalarini tashkil etishlari (5-modda), mahalliy hokimiyat va
boshqaruv
idoralariga
o‘z
tillarida
murojaat
qilishlari
mumkin.
Ular sudlov ishlari bilan o‘z tillarida ham tanishib chiqishlari va so‘zlashlari
mumkin. Korxona, muassasa va birlashmalarda, agar ko‘pchilik
davlat tilini
bilmasa, ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari boshqa tillarda
ham olib borilishi mumkin. Xalqaro anjumanlarning tili va hujjatlari davlat tili
bilan bir qatorda boshqa tillarda ham o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. Agar talab etilsa,
notarial harakatlar davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham olib boriladi.
Fuqarolar ariza, taklif, shikoyatlarini o‘z tillarida berishlari, radio, teleko‘rsatuvda
o‘z
tillarida
gapirishlari,
kitob,
maqola
yozishlari
mumkin.
Shu
bilan birga, muassasa va tashkilot muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari
hamda hududlar, maydon, ko‘chalar, geografik obyekt nomlari davlat tilida
bo‘ladi. Shuningdek, Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, «Fuqarolarga davlat
tilini
o‘qitish
bepul
amalga
oshiriladi».