1. O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berilishi O’zbek tilini rivojlanishiga bag’ishlangan chora-tadbirlar



Download 17,14 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi17,14 Kb.
#662694
Bog'liq
1mavzu ona tili


Respublikamizda o’zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo’yicha qilinayaotga ishlar
Reja:
1.O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berilishi
2. O’zbek tilini rivojlanishiga bag’ishlangan chora-tadbirlar
3. O’zbekiston Respublikasida Davlat tiling 30yilligi
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.

Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan.


Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
Bugun bizda ham chet tillarini o‘rganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda garchi davlat tili sifatida o‘zbek tili ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, boshqa millatlarning nafaqat tili, balki urf-odatlari ham alohida hurmat qilinadi.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o‘z tilini hurmat qilgan boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi.
Qadim Movarounnahr zamininig asosiy boyliklari qatorida munosib o’rin tutgan o’zbek tili tarixda ilk marotaba 1921 yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati Nozirlar Kengashi qaroriga binoan “davlat tili” deb e’lon qilingan edi.
O’zbek tiliga yuksak darajada ahamiyat berib ulug’lanishi natijasida 1989 yil 21 oktyabr kuni, O’zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishishidan ancha oldin, Sovetlar Ittifoqi davridayoq “davlat tili” maqomi berildi.
O’tgan yili ushbu qutlug’ sananing 30 yilligi nishonlangan tabdirda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 oktyabr sanasining har yili “O’zbek tili bayrami kuni” sifatida qutlanishi e’lon qilindi. Barcha yurtdoshlarga O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!
O’zbekistonda davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligi nishonlanmoqda. 1989-yil 21- oktabrda o'zbek tilida davlat tili maqomi berilgan. 30 yillik davr ichida o'zbek tili davlat tili sifatida maqomini qanchalik mustahkamladi?
Kuzatuvchilar fikricha, o'tgan 30 yil o'zbek tili uchun arosatdagi davr bo'lgan. Tilshunoslar o’zbek tilining davlat maqomiga chiqishi ham, buning ortidan davom etayotgan 30 yillik ikkilanish davri ham hokimiyatdagi siyosiy iroda bilan bog’liqligini aytmoqda.
30 yil muqaddam davlat tili maqomiga ko’tarilgan o’zbek tiliga doir bugungi vaziyat hamon achinarli qolayotgani mahalliy matbuotda tilga ko’rsatilayotgan ehtirom va mavjud muammolar haqida yozilgan maqolalardan ham ko’rinadi.
Ehtirom hukumatning davlat tili rivojiga doir qarorlar qabul qilayotganida ko’rilsa, muammolar aksariyat qonunlar, hujjatlar, ish yuritish, reklama va e’lonlar hamon rus tilida ekanligida.
Qabul qilinganiga 30 yil to’lgan davlat tili haqidagi qonun tarixida bu muammolar yangi emas, 10 yillar avval ham aynan shu muammolar mavjudligi, bularga qaramasdan hukumat o’zbek tiliga ehtirom ko’rsatayotgani, davlat tilini rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotgani haqida yozilar edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligini mamlakatda keng nishonlash haqidagi qaror ham shu jumladan ko’rilmoqda.
Davlat tiliga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va o’tkazish bilan cheklangan bu qarorda o’zbek tilini chorak asrdirki asoratda qoldirib kelayotgan asosiy muammo - til yozuvi masalasi haqida hech narsa deyilmaydi.
Davlat tiliga doir qonun ijrosi zaifligicha qolar ekan, so’nggi yillarda o’zbek tiliga doir muammolar qamrovi ham kengaygan; jamoatchilikda, ayniqsa, ta’lim sohasida o’zbek tiliga nisbatan ishonch yo’qolib borayotgani, rus tilli maktablarga ehtiyoj keskin kuchaygani kuzatilgan.
Tilshunos olim Baxtiyor Isabekka ko’ra, davlat maqomini olganiga 30 yil to’lgan o’zbek tili imlodagi ikkilanishdan, arosatdan qutilmas ekan, ta’limdagi, jamiyatdagi o’rnini ham tiklashi qiyin, ayniqsa, o’zbek tili davlat tizimiga ko’chmagan bir sharoitda.
“Bu qarorlar faqat shaklan, ko’rinish uchun, 30 yillikni nishonlash bilan o’zbek tili keng miqyosda qo’llanib qolmaydi. O’zbek tili hali davlat tili maqomini to’liq egallagani yo’q, tizimning ichiga kirib borgani yo’q. Masalan, televideniye, radio bo’lsin, o’zbek tilida istagancha chala yarim gapirish mumkin, ammo shu narsani rus tilida qilib bo’lmaydi. Shunday bir munosabat mavjud bir paytda biz nimani bayram qilamiz... Konstitutsiya belgilanishi tilning maqomi amaliyotga ko‘chganidan darak bermaydi. Mana Toshkentning o’zida o’zbek maktablari yildan yilga kamayib rus tiliga o’tib ketyapti. Imlo masalasida esa hamon ikkilanish, avval ham aytgandim, 40-yillarda lotindan kirill alifbosiga o’tish uchun bir kechaning o’zi kifoya qilgan edi. Hukumatdagilar nima, buni bilishmaydimi? Hozir yangi taklif etilayotgan lotin imlosi ham kirill talaffuziga ko’ra tayyorlandi. Umuman, davlat tiliga nisbatan siyosat o’zgarmas, til haqidagi qonun ijrosini ta’minlovchi komissiya aniq bir ishlamas ekan, vaziyatda o’zgarish bo’lishiga ishonish qiyin”, - deydi tilshunos olim Baxtiyor Isabek.
30 yildirki, O’zbekistonda 21-oktabr o’zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelinadi, shu munosabat bilan turli tadbirlar tashkil qilinadi.
Davlat tili haqida qonun qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror ham shu ma’noda avvalgilaridan farq qilmaydi, faqat unda O’zbekistonning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida “O’zbek tilining do’stlari” klublarini tuzish belgilangani istisno sifatida ko’rinadi.
Davlat tiliga doir qonun ijrosining nazoratsizligi, hukumatda ish yuritish, qonunlar yozilishida rus tilidan voz kechilmagani rus tiliga rasmiy maqom berish tashabbusi ko’tarilishiga ham sabab bo’ldi.
O’zbekistondagi bir guruh taniqli ziyolilar tomonidan ko’tarilgan bu tashabbus jamoatchilikda keskin tanqidga uchradi. Ammo davlat tiliga doir qonun ijrosini kuchaytirish, chorak asr davom etayotgan lotin imlosiga o’tish jarayonini yakunlashga doir talablar bilan kuzatilgan bu chiqishlarning inobatga olingani kuzatilmadi.
Download 17,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish