Surxondaryo viloyati Uzun tumani
4-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich
sinf o’qituvchisi Umbarova Nasibaning
“Boshlang’ich ta’lim”fan oyligi doirasida “jarangli
va jarangsiz tovushlar” mavzusida tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Jarangli va jarangsiz tovushlar.
Aqliy hujum.
Savollar:
O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
O’zbek tilida nechta tovush bor?
Unli tovushlar nechta?
Undosh tovushlar nechta?
Unli tovushlardan undosh tovushlarni qanday farqlaysiz?
1989-yil 21-oktabrda O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.O’zbek tili lotin alifbosiga asoslanadi.Tilimizda 30 ta tovush va 29 ta harf mavjud.Biz tovush va harfni quyidagicha farqlaymiz.
a)Tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz
b)Harfni ko’ramiz va yozamiz
d)Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning ogiz bo’shlig’ida to’siqqa ushrashi yoki uchramasligiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:Unli tovushlar va undosh tovushlar.
UNLI TOVUSHLAR
UNDOSH TOVUSHLAR
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ining ma’lum bir joyida yoki bo’g’izda to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi
Unli tovushlar 6 ta undosh tovushlar esa 24 tani tashkil qiladi
A , O , I ,
E , U , O’ .
B , V , G , D , Z , J ,
DJ , Y , K , L , M ,
N , P , R , S , T , F ,
X , CH , SH , Q , G ,’
H , NG.
Undosh tovushlarni o’z navbatida ikkita kichik guruhga bo’lib olamiz.
Undosh tovushlar
B,D,G,J,K,L,M,N,R
,V,Y,Z,G’DJ,Ng
F,H,P,Q,S,T,X,SH,CH.
Jarangli
Jarangsiz
Undosh tovushlar - ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar.
1- mashq. Matn mazmunini qayta hikoya qiling.
Oyda ham Yerdagiga o‘xshash tog‘lar, tekisliklar bor. Lekin havo qatlami va suv yo‘q,
shu sababli, unga ko‘plab osmon jismlari kelib uriladi. Natijada Oy sirtida qiya chuqurliklar
hosil bo‘lgan. Ulardan biri Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Oy sirtida qora dog‘lar bo‘lib, ular „dengiz“
deb ataladi. Lekin bu „dengiz“larda suvdan asar ham yo‘q. (M.Mirakmalov)
Berilgan matndan bitta gapni oling va jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni aniqlang.
Ulardan biri Ulug’bek nomi bilan ataladi.
Ushbu gapda l,r,d,n,b,g’,m jarangli undosh tovushlar va k,t jarangsiz undosh tovushlar mavjud.
2- mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rniga kerakli harflarni qo‘yib ko‘chiring.
Bir kuni ol.in bali. va bulbul bahslashi.di. Bulbul
deb.i.
– Qani endi, senga o‘xsha. baliq bo‘li. qolsam.
Xursan. bo‘lib, katta suvda suzardim.
Baliq debdi:
– Nodon ekansan, sening joying osmonda, bog‘lar
va gullar orasida. Sen ozo. bo‘lishing kerak. Qani
endi men ham senga o‘xsha. ucha olsam, sayrasam.
Nuqtalar o‘rniga qaysi harflarni qo‘ydingiz? Bu harflar
qaysi tovushlarni ifodalaydi?
Nuqtalar o‘rniga qaysi harflarni qo‘ydingiz? Bu harflar qaysi tovushlarni ifodalaydi?
1)Oltin
2)Baliq
3)Bahslashishibdi
4)O’xshab
5)Bo’lib
6)Xursand
7)ozod
T harfi jarangsiz t undosh tovushini ifodalaydi.
Q harfi jarangsiz q undosh tovushini ifodalaydi.
SH harfi jarangsiz sh undosh tovushini ifodalaydi.
B harfi jarangli b undosh tovushini ifodalaydi.
B harfi jarangli b undosh tovushini ifodalaydi.
D harfi jarangli d tovushini ifodalaydi.
D harfi jarangli d tovushini ifodalaydi.
TOPSHIRIQ
Nozima
G’oz
Bayroq
Davlat
Lola
Varrak
Jo’ja
Gul
Jarangli undosh bn boshlanadigan so’zlar yozing
Shaftoli
Chana
Xo’roz
Kema
Pilla
Falak
Tilak
Jarangsiz undosh bn boshlanadigan so’zlar yozing
Uyga vazifa
3- mashq. Zarur harflarni qo‘yib o‘qing va ko‘chiring. So‘zlarning o‘qilishi bilan yozilishini izohlang.
Topishmoqni javobini qanday topdingiz?
Tog‘da talaymonni ko‘rdim,
Suvda sulaymonni ko‘rdim.
Tu.siz pish.an oshni ko‘rdim,
Dumala. yot.an toshni ko‘rdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |