Muza yozarlar klubi



Download 52 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi52 Kb.
#724428
Bog'liq
2 5190562256043119656


"Muza yozarlar klubi" ishtirokchisi
Dilrabo Tursunqulova Abdulla qizi
𝐒𝐞𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐞𝐧𝐢𝐦
(Besh yoshimga xat)
Salom, mening tumanlararo yoʻqolayozgan, ammo uchquni hali-hamon qorachigʻimni tark etishni xohlamayotgan besh yoshim! Sen mening bulut kabi tutqich bermas, uzatsam qoʻl yetmas, boqsam koʻz toʻymas boʻlagimsan. Men seni har gal eslaganimda yuzlari, qoʻllari oʻyinchoq idish yasayotib loy-tuproqqa belangan qizchaga endilikda koʻzlariga hayot changi toʻlgan, yuragi tuproqdayin elanib toʻkilayotgan bir kimsa sifatida boqaman. Koʻzlarim toʻymay boqaman. Va koʻramanki, sening-da boshqalardan ortiq joying boʻlmas. Toʻgʻri, sen sodda va joʻn, quvnoq, begʻubor goʻdaksan va jajji tafakkuringga hech qachon hozirgi menni sigʻdira olmasliging aniq. Meni tasavvur qilib koʻrchi, kim deb oʻylaysan?
– Hoy qizaloq! Buncha shoʻx boʻlmasang! Nega mushukni quchib olding? Tashla, unda mikroblar bor. Tashla..!
Shunday qilib, sen bobongning oʻrta barmogʻidan tutib yurasan. Sen aynan va har doim shu barmoqni mahkam ushlab olasan. Chunki boshqa barmoqlar mos kelmaydida jajji qoʻlingga. Chimchiloq kichkina. Mehnatdan qotib ketgan katta qoʻlning issiq taftini sen oʻrta barmoqda tuyasan.
Koʻryapsanmi, sening qishing ajoyib oʻtyapti. Dadang bilan birinchi marta qirga chana olib chiqdinglar. U seni qorda uchirdi. Bu ajoyib-ku, a?! Qishni nega yoqtirishimni endi tushundingmi?
Dadamdan minglab chaqirim uzoqdaman. Ertalabki sovuqdan junjikib oʻqishimga otlanaman. Va qizigʻi shuki, mening qishimda qor yoʻq...
Sening shu qoʻngʻiroqday kulgularing borligi meni har doim yupatib keladi. Men hali ham qah-qah urib kulaman. Balki senga qaytish uchundir. Bilmadim. Ammoki yigʻilarimiz ham oʻxshash. Men sen boʻlgan paytimda nimagadir xarhasha qilib yigʻlaganimni eslay olmayman. Xotirim qoldiqlarida koʻrimsizgina sizib ketgan koʻzyoshlarini ne deb izohlayin? Yaxshiyam oʻshanda tafakkurim qoʻgʻirchoq oʻynashga yetgan xolos. Nima ham derdim?! Men senga hech qachon qaytolmayman. Ammo sen ichimdasan. Men sen boʻlib yashayman, erkam!
* * * * *

𝐊𝐢c𝐡𝐤𝐢𝐧𝐚 𝐦𝐞𝐧𝐠𝐚

Sen oʻshasan hamon...

Sen mening baxtlimi, baxtsizmi bilmayman


bolaligimsan!
Sen shunchalar olis,
oʻzimdan yaqin,
hislari,
tuygʻulari boricha
toʻkin.
Xohlasang yigʻlaysan,
xohlasang kulasan.
Farqi yoʻq senga!
Mehmon kelsa ham
qichqirib yuborishing mumkin...
bemalol
Erk sen uchun yaralgan goʻyo.
Mening erkim sensan
mening borligim,
senga zorligim–
uyqusiz tunlarimda onam allasiga ichikkanimda
bilinadi.
Bir qur koʻz tashlab
soʻngsiz iztirobga,
anglamsiz quvonchga
toʻlib ketajak qalbim
mushtimning oʻlchamlarida
qisilib qoldi nahotki?!
Oʻshanda bilmas edim bu oʻlchamni...
Oʻylanmasdan sevardim shaksiz!
Togʻni, daryoni, dunyoni.
Sevar edim kuchukni, mushukni,
achinib qarardim kattalarga,
eslashimcha, orzu qilmaganman katta boʻlishni.
Oʻzim hayronman
Nega?
Birinchi bor aldanganim esimda...
"Mafiya" oʻynagandik,
qoʻlini bogʻladim
yigʻladi.
Ogʻriyapti dedi gʻijinib.
Sekin boʻshatibman "yolgʻon"ning qoʻlin...
Soʻng navbatim keldi–
bogʻladilar, ooo
qattiq bogʻladilar,
mardlik qilibman
men sodda
qocholmadim oʻshandan buyon...
ortimga boqsam
daryoday oqsam
shamolday chopsan-da
u
u
u
turaverar gʻijinib–
qattiq bogʻlading-ku!
qattiq bogʻlading-ku!...

11.10.21.


* * * * *
𝐂𝐡𝐞𝐤𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐚𝐦𝐢𝐲𝐚𝐭
Samovotning buyrugʻi keldi,
Tugʻ dedilar, tugʻildi goʻdak.
Ism qoʻydi Naynov otasi:
Oʻgʻlimizning ismidir Soʻtak.

Befarosat edi onasi,


Yashardilar kichik kulbada.
Tugʻib erdi kulning ustiga(!),
Jinnilikka doʻndi gulbadan.

Chinqirganday kular chaqaloq,


Oʻsdi faqat zanjirni tanib.
Dunyo edi kulba uningchun,
Oʻzni esa bilar andalib...

Yoʻl chetida kun oʻtkarardi,


Kulgi boʻlib Naynov otasi.
Ona esa oyoqqa taqar
Qimmatbaho durning shodasin.

Toʻy qildilar jinni oʻgʻilga,


Mahallada yigʻishib kengash.
Soqov qizni olib berdilar,
Toʻkin-sochin yigʻinni yegach.

Odam sanar naynov qaynota,


Har kun yoʻlning chetiga chiqib.
Qaynonajon pashsha quvadi,
Yuvilmagan idishni yigʻib.

Erni soʻtak deganicha bor,


Oʻtiradi burchakda, tamom.
Kelin boʻlsa birovga chiqib
Aytolmaydi dardini hamon.

Aytolmaydi dardini hamon...


14.10.21

* * * * *


★★★
Armon bilan kelardi nima?
Ajin bosar yigʻlagan betni,
Atroflarga sachraydi gina.
Junjiktirar mehrsiz etni.

Dunyo oʻzi notoza xona,


Burqsib yotir atmosferasi...
Ayrimlarga aytib ham boʻlmas
Hozirjavob toshsporasi.

Allaqachon koʻmdik dillarni,


Tosh oʻydirdik qabr boshiga:
"Bir sevgi...
Bir yaxshilik qarzsiz.
Tashlab keting, kelib oshiga".
* * * * *
𝐀𝐥𝐚𝐡𝐬𝐢𝐫𝐚𝐬𝐡
*
Seni sevaman deb oʻylaganimda sevmasligimni, seni sevmayman deb oʻylaganimda sevishimni unitib qoʻyaman... Umuman, seni oʻylaganimda oʻzimni unitib qoʻyaman, bilasanmi shuni???
*
Yana shu zayl. Yana tun meni oʻz komiga tortib boryapti. Sevgilarim, sezgilarim uyquda... Men esa yolgʻizman. Yolgʻizlikni sevish– psixolog uchun suitsid, shoir uchun olam tuynugi, men uchun hech nima... Odamlar orasida ham yolgʻizsan. Oʻzing bilan ham yolgʻizsan. Qabrda ham yolgʻizsan. Qani kim bor? Oʻngingda Rahmon, chapingda shayton degin-da!
*
Tanangdagi dangasilikni yeng, tamom! Boshqasi seni qutqarolmaydi.
*
Men erkin yashash tarafdoriman. Nimasi yomon? Dadamga soʻzsiz boʻysunaman, men oʻzbekman va bundan faxrlanaman. Nima boʻpti men shu eʼtiqodda oʻsgan boʻlsam. Men uchun eng chiroyli burch bu! Tobelik emas. Erkin yashash degani oilaga qarshi chiq deganimasku.
Shuning uchun, jonginam, seni seva turib sevolmayman, sevmasdan sevaveraman! Seni oʻylaganimda oʻzimni unitib qoʻyaman.
*
Men juda boyman! Erklarim, sevgilarim, sezgilarim, tuygʻularim, hislarim, shodliklarim, qaygʻularim, baxtlarim, omadlarim, telbaliklarim bilan. Sening nimang bor, ey oshiq yigit?!
*
Qoʻyaver, faqat oʻzingni sevgandan naf yoʻq! Kuni kelib oʻzingga oʻzing aqalli tasalli berolmay qolganingda bilasan. Odamlarni sev!
*
–Baxtli yakun qayda bor ekan?
–Qaysi ertak fojia bilan tugagan?!
*
–somebody
–something
–somebody
–something
ding..ding...ding...
*
Kulaverma!
*
Doim kul! Dunyo seniki!
*
Qiz oʻzini osdi. Molxonaga. Tunda. Erta tongda topdilar jasadini baxtiqaro ota va gʻamgusor ona.
Men bu sheʼrni oʻqiganimda 16yosh edim. Oq sochli amaki oʻychan boqdi, shoʻxrogʻidan yoʻqmi?
– Xushtak chalma, sadosi koʻp,
Togʻlar uzra parvoz qilar.
Shunda sening kelganingni
Butun Baxmal ahli bilar...
*
Biz oʻrgatilganmizmi?

*
Lotinchani tushunmagan ustozim, men krilchani bilmayman, uzr!
*
– Tort qoʻlingni!

*
Vaʼda bermang! Bajarish kerak keyin.
*
Yetib bormagan xatlar
yetib bormagan SMS
chalinmagan qoʻngʻiroq
ochilmagan xabarlar
aytilmagan izhorlar
anglanmagan izohlar
yurilmagan yoʻllar
va
nojoiz men
Sizlarga achinaman!!!
*
Eshitganingni eshitmaganga olish qanday yaxshi.
*
Tan olaman
jinniman
telbaman
oʻjarman
yomonman

Sevishimni aytolmagan hamon man


t
a
m
o
m
man.
*
Seni yomon koʻraman, yoziqlarim! Har doim meni sazoyi qilganing qilgan...
* * * * *
𝐍𝐚𝐟𝐫𝐚𝐭𝐠𝐚 𝐲𝐞𝐭𝐠𝐚𝐧𝐝𝐚

Toʻkilib ketaman poyingga butkul.


Qalbimni tuproqning sasi bosadi.
Hapqirib-hapqirib oʻpkamdan otil,
Koʻzlarim sochimga oʻzin osadi.

Qoʻlim silkishlardan toʻxtaydi tamom,


Qonlar chopmas unda oyoqlarimda.
Yelkamni quchoqlab yigʻlaysan shu on,
U payt sevgi oqmas qiyoqlarimdan...
* * * * *
"Oʻzimizni kutish"

— Sen oʻzga sayyoraliklarni bilasanmi?


— Yoʻq.
— Nahotki oldin eshitmagansan?
— Nima u?
— Quloq sol. Men ham yaxshi bilmayman. Lekin ular haqida eshitganman.
—Ular koʻpmi?
—Ha-da. Juda koʻp ekan.
—Masalan qancha?
—E koʻpda! Sen meni eshit. Ularning hammasi bir xil. Aytganimdek... Yaxshilari bor, yomonlari bor. Yovuz va ezgulari bor. Sogʻlom va xastalari ham bor.
—Yanachi?
—Ular bizdek emas. Ular juda erkin. Ular sevadilar, nafratlanadilar. Hayot beradilar va oʻldiradilar!
Ular chiroyli boʻladi. Ular hunuk boʻladi. Xohlagan narsasini yeydilar.
—Yoʻgʻe, rostanmi?
—Ha rost. Ular faqat oʻzlarini oʻylaydi nazarimda...
—Boshqa hech kimni oʻylamaydilarmi?
—Masalan sen insofli insonsan. Men ham...(oʻylanib turib qoʻshib qoʻydi) Ular bostirib kelyapti, tushunyapsanmi?!
—Ular bizning ovqatimizni yeb qoʻyadi-ku!
—Ha, yertoʻlani taʼmirlash kerak.
—Men odamlardan oziq-ovqat yigʻib kelaman.
—Tez qayt. Gullab yurma...
* * * * *
* * *(absurdga taqlid)

— Seni sevaman..!


— ...
— Nega jimsan?!
— Nima deyishim kerak?
— Hm, osmon chiroyli-a?
— Ha, albatta.
(Jimlik...)

— Qachondir hayot toʻxtaydi!


— Bilaman.
— Odamlardan nima kutasan?
— Bilmadim.
— Uyimizda mushuk yoʻq...(anchadan keyin) Nima deyotgandim? Menga ishonasanmi?
— Yoʻq!
— Nega?
— ...(qizning yuzida hech qanday oʻzgarish zohir boʻlmadi, bir nuqtaga tikilgancha turaverdi.)
— Unda ketdim.
— Qayoqqa?
— Sendan ketaman! Sen meni sevmaysan...
Chumolilar qishda nima qilarkin-a?
(Jimlik...)

— Nima deyotgandim?


— Xayr...
— Baxtli boʻl!
Ular joyidan jilmadilar...

(Anchadan keyin:)


Yigit boshini qashidi:
— Nima de.....
* * * * *
★★★
Yalloman daydining tilida,
Hallojman adolat yoʻlida,
Oʻynayman jonimning qoʻlida,
Oʻynayman...
Aytishga ayt degich tilim yoʻq,
Qaytishga yaraytur yoʻlim yoʻq,
Kimsaga uzatar qoʻlim yoʻq,
Oʻyna!
Man
Boraman takrorlab, tilda ishq,
Qiynama sevmasang yoʻlda tush.
Ay jonim, orzular qoʻlda qush
Oʻyla,
man
Koʻngilni tilgichman,
Joningni boʻgʻzingdan yulgichman,
Ishq desang, dov urib kulgichman
Oʻynashma!
Yalloman daydining tilida,
Hallojman adolat yoʻlida,
Faqatki tangrimning qoʻlida
Oʻynayman...
* * * * *

Sen bir kun kelarsan


Qoʻlga gul olib.
Va quchib olasan
ehtiros bilan.
"–Meni topolmading, yutqazding!"
Men esa kulaman
Soʻz adosida.

Yoʻq ketma!


Qol axir, nega qiynaysan?
Nega yoʻqsan mening hayotimda sen?
Bir sarob misoli
Oʻz qoʻllarimda
Toʻkilib ketasan
...

Yo Ali! Senmisan


Tushimdasan sen?
Yoʻq bu hayotimni oʻmargan yigit!
Qani, qaylardasan?
Qayga bekinding?
Iltimos,
qalbimni joyiga irgʻit!

Ketolmam!


Men sendan ketolmam aslo
Quvlab yuravergum menga doxiling.
Dengizman
Qaʼrimga tushasan bir kun
Qumlab yuravergum ishq sohiling.

Yoʻq sen oʻlmagansan!


Axir tirikman...
* * * * *
★ ★ ★
- meni kechir
sevib qolganim uchun...
kechir
kechir
ha jinniman!
jimsan...
- oʻzi kimsan?
★ ★ ★
kuz...
barging kabi toʻkildi dil,
barging kabi toʻkildi Dil
rabo etdi roʻyo goʻyo
ishondim-a...
bir rahm qil
poylaringga toʻshalsam-da
yuragingdan toʻkilmayin
yuragingdan toʻkilmayin...!
* * * * *
Men hech kimman!
Oʻzim uchun oʻzim,
Otam uchun qiz farzand
Onam uchun balki...
qiymatlarga egadirman
Bilmam
Doʻstlar uchun doʻst
Kimlar uchundir hech kim.
Men hech kimman
Taksiga yoʻlovchiman
Ammo oʻzimchun hech kim
Chunki oʻzimni bilaman
Ayblarimni, gunohlarimni
Qilmishlarimni
bilamanki
Oʻzimdan qoʻrqmayman
Oʻzimni zarracha oqlamayman
Chunki bilaman
Yuragimni oʻrtab tashladi
Oʻzim uchun hech kimman
Qaniydi
Xudoning sevgani boʻlsam
Bilmaymanku buni ham
(Mashaalloh)
Odamlar
Sizni sevganim yangligʻ
Meni sevmang
Chunki bilmassiz
Kimman?
Doim pand yeganim
Bilmaganim sizni
Sizni sevganim!
Meni sevmang
Meni bilmassiz...


@dilrabo_yogdu
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish