Nutqiy faoliyat.
Har bir shaxs ma'lum bir jamiyat vakili hisoblanadi. Jamiyat a'zolari o’żaro doimo aloqada bo'ladilar. Biri obyektiv olamda o'z sezgi a'zolari orqali his etgan ma'lum narsa va hodisa haqida boshqalarga tovush to'lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi so'zlovchi, eshîtuvchi esa tinglovchi sanaladi. Tłnglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so'zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a'zosî yordanmida markaziy asab sistemasida tiklaydi. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki guruhga bo'linadi. Xat yo'llovchi shartli ravishda so'zlovchi, uni qabul qiluvchi (o'quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi. Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e’tiborga olgan holda mashhur shveytsariyalik olim Ferdinand de Sosyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi hamda tüshıınoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi.
Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'lum jamiyat a'zolari uchun barobar xizmat qluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositası — til, shU tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo'lishi, voqelanishi nutqdir.
Til - nutq umumiy — xususiy imkoniyat — voqelik mohiyat — hodisa zidlanishini o'zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o'z ifodasini topadi. Til umumiylik, imkoniyat, mohiyat kabi xususjyatlarga ega bólsa, nutq xususiylik, voqelik, hodisa kabi xususiyatlarga ega.
Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:
Til - aloqa materiali Nutq - aloqa shakli.
Tılni - xalq, millat yaratadi Nutqni - har bir shaxs yaratadi.
Tılning hayoti xalq, millatning hayotiga bog'liq holda.uzoq bo'ladi.
Nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og'zaki nutq so'zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
Tıl - nisbatan turg'un, barqaror Nutq - doim harakatda, o'zgaruvchan hodisa sanaladi.
Tılning - hajmi noaniq Nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |