FONETIKA
1. Og‘zaki nutqning tovush tizimi qaysi bo’limda o‘rganiladi?
A) fonetikada
B) orfografiyada
C) grafikada
D) orfoepiyada
2. Fikrimizni boshqalarga nimalar orqali bayon qilamiz?
A) tovushlar vositasida so‘zlash orqali
B) harflar vositasida yozish orqali
C) A va B
D) so‘zlardan gap tuzish orqali
3. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq qanday nutq hisoblanadi?
A) og‘zaki nutq B)yozma nutq
C) adabiy nutq D)badiiy nutq
4. Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq qanday nutqdir?
A) og‘zaki nutq B)yozma nutq
C) adabiy nutq D)badiiy nutq
5. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini toping.
A) so‘zlar tuzishda ishtirok etish
B) so‘z ma’nolarini farqlash
C) nutq hosil qilishda ishtirok etish
D) hammasi to‘g‘ri
6. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, malum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi nima?
A) nutq B) til
C) til va nutq D) tovush
7. Tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bolishiga nima deyiladi?
A) nutq B) til
C) til va nutq D)so‘z
8. Nutqiy faoliyatda axborot uzatuvchi qanday nomlanadi?
A) so’zlovchi B) tinglovchi
C) eshituvchi
A) to‘g‘ri javob yo‘q
9. Tovushning qanday tomonlari bor? 1) fiziologik; 2) akustik) 3) vazifaviy
A) 1, 2 B)1, 2, 3
C) 2, 3 D)1, 3
10. Nutq tovushlarining nutq a’zolari harakati natijasida maydonga kelishi tovushning qanday tomoni hisoblanadi?
A) fiziologik B)akustik
C) lingvistik D)vazifaviy
11. Tovushning balandlik, kuch, miqdor va tembr kabi belgilarga ega bo’lishi uning qanday tomoni?
A) fiziologik B) akustik
C) lingvistik D) vazifaviy
12. Tovushning malum maqsadda talaffuz etilishi va ma’lum axborot uzatishga qaratilishi uning qaysi tomoni sanaladi?
A) fiziologik B) akustik
C) talaffuz D) vazifaviy
13. Tovushning qaysi tomoni eng muhim sanaladi?
A) fiziologik B) akustik
C) fizik D) vazifaviy
14. «k» tovushining talaffuz (fiziologik) tomonini toping.
1) «k»ning «g» va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bolishi; 4) jarangsizligi; 5) o‘pkadan chiqayotgan havoning to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’lishi
A) faqat 1 B) 2, 5
C) 2, 4, 5 D) 3, 5 E) 2, 4
15. «k» tovushining akustik tomonini toping.
1) «k»ning «g» va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bo’lishi; 4) jarangsizligi; 5) o’pkadan chiqayotgan havoning to’siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo’lishi
A) faqat 1 B) 2, 5
C) 2, 4, 5 D) 3, 5 E) 2, 4
16. Zidlanayotgan ikki birlikni birbiridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar qanday belgi hisoblanadi?
A) birlashtiruvchi belgi
B) farqlovchi belgi
C) umumiy belgi
D) zidlovchi belgi
17. Zidlanayotgan ikki birlikning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar qanday nomlanadi?
A) birlashtiruvchi belgi
B) farqlovchi belgi
C) umumiy belgi
D) zidlovchi belgi
18. «d» va «t» belgilari uchun qaysi belgilar birlashtiruvchi belgi bo‘la oladi?
A) til oldi
B) portlovchi
C) jarangli-jarangsizlik
D) A va B
19. Unli tovushlarning undosh tovushlardan farqli tomonlari qaysilar?
1) to’siqqa uchramay hosil bolishi;
2) faqat ovozdan iborat bolishi; 3) so’z ichida kelib, bo‘g‘in hosil qilishi; 4) ovoz va shovqindan iborat bolishi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3
C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
20. Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini bir-biridan farqlagan olim nomini toping.
A) A.Hojiyev B) R.Sossyur
C) RPavlov
A) Sh.Rahmatullayev
21. Soli bilan sholi so‘zlarining birinchi tovush orqali farqlanishi tovushning qaysi tomoni hisoblanadi?
A) fiziologik B) akustik
C) fizik D) vazifaviy
22. Tovushning qaysi tomoni, ya’ni belgisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi sanaladi?
A) fiziologik B) akustik
C) vazifaviy D) A va B
23. b undoshining akustik xususiyati berilgan qatorni toping.
A) portlovchi B) jarangli
C) lab undoshi D) lab-lab
24. z undoshining akustik xususiyati qaysi qatorda noto‘g‘ri berilgan?
A) jarangli
B) ovoz va shovqindan iborat
C) til oldi
D) hammasi to‘g‘ri sanalgan
25. Soch va sot so‘zlari bir-biridan ch va t tovushlari yordamida farqlanadi. Bu xususiyat nutq tovushining qaysi belgisi hisoblanadi?
A) fiziologik B) akustik
C) fizik D) vazifaviy
26. Bilish vositasining ikkinchi signal sistemasi deganda mashhur ruhshunos RPavlov qaysi sezgi a’zosini nazarda tutgan?
A) ko‘rish a’zosi
B) nutq a’zosi
C) eshitish a’zosi
D) sanalganlarning hammasi
27. Til va nutq hodisasi bir-biriga qaysi xususiyatlar orqali zidlanadi?
A) umumiylik xususiylik
B) imkoniyat voqelik
C) mohiyat hodisa
D) sanalganlarning hammasi to‘g‘ri
28. Til hodisasi uchun xos bo’lmagan xususiyat qaysi qatorda berilgan?
A) umumiylik B) mohiyat
C) imkoniyat D) voqelik
29. Bo’linishning oxirgi nuqtasi bo’lgan, boshqa mayda bo’laklarga bolish mumkin bo’lmagan nutq bo’lagi...
A) fonema B) tovush
C) so’z D) gap
30. ... uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslaganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilargina ahamiyatli boladi.
A) fonetika B) fonologiya
C) leksikologiya D) orfografiya
31. m va k tovushlarining birlashtiruvchi belgisini toping.
A) jarangli-jarangsizlik
B) portlovchilik
C) sonorlik D) lab undoshi
32. m va k undoshlari qaysi jihatdan o‘xshash?
A) jaranglilik
B) hosil bolish o‘rniga ko‘ra
C) hosil bo’lish usuliga ko’ra
D) barcha javoblar to’g‘ri
33. y va f undoshlarining birlashtiruvchi belgisini toping. .
A) jarangli
B) sirg‘aluvchi
C) lab-tish undoshi
D) portlovchi
34. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlikjihatdan boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan eng kichiktil birligi...
A) fonema B) tovush
C) so‘z D) gap
35. h tovushining fiziologik belgisi noto‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) jarangsiz
B) bo‘g‘iz undoshi
C) sirg‘aluvchi
D) B va C
FONETIKADAN SAVOLLAR (UNDOSH VA UNLILAR TASNIFI BO‘YICHA)
1. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so‘zlar berilgan?
A) shudring, yanga, dengiz
B) singil, menga, ko’ngil
C) kongress, yengil, shtanga
D) kenglik, ingramoq, tungi
2. Quyidagi so’zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho’ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo’yiladi?
1) ma...no; 2) san...at; 3) mo’...tadil;
4) in...om; 5) shu...la
A) 1, 2, 3,4, 5 B) 1, 5
C) 1, 3, 5 D) 2, 5
3. Quyidagi so’zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo’yiladi?
1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo‘...jiza;
4) sur...at; 5) e...lon
A) 1, 4 B) 2, 3, 5
C) 1,3, 4, 5 D) 2, 5
4. Qaysi harf til oldi, portlovchi, jarangli undoshni ifodalaydi?
A) ch B) sh C)j D) k
5. Shudring so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
B) 4 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
C) 4 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
D) 3 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
6. Kongress so‘zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
B) 2 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari
D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
7. So‘z tarkibida n harfi qaysi harflardan oldin kelganda ba’zan m tarzida talaffuz qilinadi?
A) b, m
B)v, p
C) f, t
D) k, sh
8. Qaysi qatordagi so’zda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) o‘n bir B) tandir
C) o‘n so‘m D) tomonda
9. Jo‘ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi?
A) til qismlarining harakatiga ko‘ra
B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra
C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra
10. 1) tinmay; 2) o‘n besh; 3) qamchin; 4) qantarmoq; 5) manmanlik; 6) sunbul. Berilgan qaysi so’zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5
C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 6
11. So‘z tarkibida qaysi harflardan oldin kelgan n harfi m holida 0‘qiladi, lekin n yoziladi?
А) b va p B) d va
С) b va m D) v va f
12. Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi?
A) ng B) sh C) ch D)bunday harflar birikmasi mavjud emas
13. Qaysi qatorda unli va sirg‘aluvchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?
A) saxovat, xususiylashtirish, g‘azal
B) vazifa, serhafsala, xo’roz
C) suyanish, jirafa, sarosima
D) xushbichim, vazifa
14. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so’zlar berilgan?
A) abadiy, telpak, qadriyat
B) odob, botiq, qanoat
C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir
D) tekintomoq, qanoat, vazifa
15. Dengiz so’zi tarkibida qanday undosh til tovushlari mavjud?
A) 3 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
B) 2 ta til oldi, 1 ta til orqa undoshlari
C) 2 tatil oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
D) 3 ta til oldi, 1 ta til o‘rta undoshlari
16. Qaysi so‘zda hosil bolish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
A) norasida B) mabodo
C) qarg‘a D) ko‘rmana
17. Qaysi so‘zda hosil bolish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
A) suzuvchi B) bedarak
C) havoyi D) dabdabali
18. Qaysi so’zda hosil bolish usuliga ko’ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?
A) zaruriy B) sezuvchi
C) kitobxon D) xushbichim
19.1, n tovushlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub emas?
A) sirg‘aluvchi undoshlar
B) jarangli undoshlar
C) til oldi undoshlari
D) jarangli va til oldi undoshlari
20. 1) yonbosh; 2) ko‘nmaslik; 3) tutunsimon; 4) bo‘yinturuq; 5) o‘n besh. Berilgan qaysi so’zlarda n harfi m tarzida talaffuz qilinadi?
A) 1,2, 4, 5 B)2, 3,4
0) 1, 2, 5 D) 1, 4
21. k undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
B) til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
C) til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
D) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
22. Qaysi so’zda til undoshi lab undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) manmanlik B) qamchin
C) ingichka D) tartib
23. Og‘zaki nutqning tovush tizimini o’rganuvchi bo’lim ...
A) fonetika B) grafika
C) orfografiya D) orfoepiya
24. 1) manba; 2) yonma-yon; 3) tandir; 4) qalampir; 5) tanbal; 6) yonbosh. Ushbu so‘zlarning qaysi birida talaffuzda tovush o’zgarishi yuz beradi?
A) 1,2, 5, 6 B) 1,3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6
25. qol, qor, qot so‘zlarining ma’nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang.
A) bo’g‘iz undoshi
B) chuqur til orqa undoshi
C) til oldi undoshi
D) til orqa undoshi
26. Berilgan qaysi gap tarkibidagi so’zda fonetik jihatdan til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli birgina tovushdan tashkil topgan qo‘shimcha mavjud?
A) Birdan osmon. guldurab, sharros yomg‘ir quydi-yu, tinchidi
B) Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko‘zlari katta ochildi
C) Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do’stinf
D) Ishlar shuncha ko‘payib ketdikij bosh qashishga vaqt yo’q
27. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping.
A) taraqqiyot B) tafakkur
C) shovqin D) huquq
28. a unlisi o unlisi kabi aytiladigan so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) tonna, choynak, kombayn
B) savob, zamon, bahor
C) qaynoq, sanoq, dumaloq
D) tomosha, somon, muomala
29. x undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B) bo’g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
C) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovush
D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
30. Ona tili bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bo’lish o‘rniga ko‘ra miqdori to‘g‘ri berilgan qatorni belgilang.
A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo’g‘iz
C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa
D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
31. Qaysi gapdagi undalmada faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan?
A) Nima deysan, ey g‘ayur inson? G‘iybatlaring qildi meni qon
B) Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim
C) Ey charx, dilimni bo‘yla g‘amnok etding
D) Ko‘ngil olding, begim, yoshurmog‘ing ne?
32. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ng tovushi qo’llangan?
A) tongga, nonga, keng
B) o‘nga, donga, o’tinga
C) maymunga, yurganga, borganga
D) tongga, mingga, zangga
33. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida jarangsiz juftga ega jarangli undoshlar nechta?
A) 7 ta B) 8 ta
C) 9 ta D) 10 ta
34. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat?
A) beibo, beva, vabo
B) ibo, bambuk, bevafo
C) ivi, bibi, vafo
D) bob, bobo, betob
35. Qaysi so‘zlarning aytilishida tovushlarning o‘rni almashishi mumkin?
A) kitob, daftar
B) ahvol, la’nat
C) zarur, maktab
D) tartib, odob
36. q va g‘ qaysi jihatdan farqlanmaydi?
A) tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra
B) hosil bolish usuliga ko‘ra
C) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
D) so‘z oxirida kelganda qo‘shimcha qo’shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchrashiga ko’ra
37. Ushbu so’zlardan qaysi biri bo’g‘iz undoshi bilan boshlanishi kerak?
1) xo’plam; 2) xattot; 3) xalovat; 4) xandalak; 5) xaloyiq; 6) xurpaymoq
A) 1,3, 4,6 B)1,2,4,5
C) 3,4, 5,6 D)1, 2,6
38. Unli tovushlardan qaysi biri so‘zga qo‘shilib uning shaklini o’zgartiradi?
A) a,o B)u, o’
C) a,e D)i, a
39. Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibidagi jarangli undosh jarangsiz juftiga almashtirilsa, yangi ma’no anglatadi?
A) bog‘, sog‘, tog‘, sud
B) teg, to’z, bod, fard
C) eg, beg, tug, yog‘
D) yod, zod, bog‘, so‘z
40. Qaysi qatordagi yasama so‘z asosi til oldi jarangli undoshlardan iborat?
A) ulg‘ay B) jizza
C) paxta D) guldurak
41. Qaysi qatordagi yasama so’z asosi til oldi jarangsiz undoshlardan iborat?
A) to‘shak B) ko‘chat
C) toshlar D) dorboz
42. Qaysi qatordagi so‘z tarkibida sirg‘aluvchi undosh qatnashmagan?
A) bodom B) bog‘bon
C) bolalar D) barg
43. Qaysi qatordagi so‘zda qator kelgan ikki unli bir cho‘ziq unliga aylantirib talaffuz qilinadi?
A) muallif B) muallim
C) muattar D) maosh
44. Qaysi so‘zda «o‘» unlisi old qator o‘rta keng unli sifatida aytiladi?
A) o‘yin B) o‘tin
C) o‘rdak D) o‘choq
45. Bo‘g‘iz undoshi bilan boshlanadigan so’zlarni toping.
1) ...atar; 2) ...alol; 3) ...ayot; 4) ...avas
A) 1,2, 3,4 B)2, 3,4
C) 1, 2, 4 D) 2, 3
46. Qaysi qatorda «ng>rbir tovushni ifodalagan?
A) Torga tor dunyo, kengga keng dunyo
B) Qoliga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo’natibdi
C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar
D) Hammasida «ng» bir tovushni bildiradi
47. Qaysi undosh tovush, lablar birbiriga yaqinlashganda, oradagi tirqishdan sirg‘alib chiqadi? -
A) d B)s C)v D) p
48. Qaysi undosh tovush pastki lab bilan ustki tish orasida hosil boladi?
A) d B) m C) r D)f
49. Qaysi qatordagi so‘zlarda «ch» tovushining jarangli jufti bor?
A) jurnal, ajdar
B) prujina, jemper
C) jo‘ja, jahon
D) choy, chavgon
50. Hosil bolish o‘rniga ko‘ra «b» hamda «p» undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) b lab undoshi, lab-lab; p lab undoshi, lab-lab
B) b jarangli undosh; p jarangsiz undosh
C) b va p portlovchi undosh tovush
D) b jarangli undoshining jarangsiz jufti p
51. Qaysi tovush tilning tanglayga tegish paytida havoning ikki yondagi tirqishdan sirg‘alib chiqishidan hosil bo‘ladi?
A)y B) r C) q D) l
52. Tilning old qismida hosil boladigan tovushlarni toping.
A) v, f B) b, p
C) ch, k D) d, t
53. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
A) gilos, rayhon, gulkaram
B) sochpopuk, shafqat, ko‘kat
C) ziynat, ko’hlik, libos
D) ko’makdosh, inson, ko’rgazma
54. Unli va jarangli undoshlardan hosil bolgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) mashq, kitob, so‘z
B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul
D) maktab, sabab, maqol
55. To’siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil bo’lgan tovushlarni toping.
A) b, m, p B)I, n, r
C) m, n, ng D)i, e, o
56. Qaysi jarangli undoshlar so’z oxirida jarangsiz jufti singari talaffuz etiladi?
A) b, d B) b, z
C) b, d,z D) d, z
57. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshfar bor?
A) pastak, ko‘ksulton, ko‘lmak
B) barbod, ko’klam, badnafs
C) paxsa, sukut, sochiq
D) zag‘izg‘on, jadval, mudir
58. Dublaj, ekipaj, garaj so‘zlaridagi j ning jarangsiz jufti qaysi?
A) b B) d C) sh D) ch
59. Qaysi qatorda ng tovushi qo’llangan?
A) nonga, keng
B) tong, dengiz
C) maymunga, yurganga
D) yurting, senga
60. Sirg‘aluvchi j tovushini ifoda etuvchi so‘zlar qatorini toping.
A) jimjit, g‘ijjak
B) jo‘yak, ajdod
C) vijdon, garaj
D) jumla, janob
61. Sirg‘aluvchi tovushlarni toping.
A) s, z, sh B) sh, j, k
C) m, n, h D) b, t, f
62. Qaysi qatordagi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti bor?
A) b, g, d, j, y, l
B) v, g, d, l, m, n
C) b, v, d, z, j, g
D) v, g, d, j, y, m
63. Qaysi qatorda jarangsizjufti yo‘q undosh tovushlar berilgan?
A) g, g‘, y, l, m, n
B) l, m, n, y, ng, r
C) g, y, l, m, n
D) z,j, g‘, y, r, l
64. Qaysi qatorda jarangsizjufti bor jarangli undoshlardan iborat so‘z berilgan?
A) paxta B) zavod
C) bog‘bon D) sassiz
65. ng bir tovushni ifodalagan so‘zlarni belgilang.
A) tungi, unga
B) tongi, otangiz
C) tonggi, dengiz
D) B, C
66. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
A) mashq, kitob, so‘z
B) soat, qo‘shiq, ko’cha
C) shijoat, shaxsiy, qahrabo
D) gilos, rayhon, gulkaram
67. b, p, m undoshlarining hosil bo’lish o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) lab-tish undoshlari
B) til oldi undoshlari
C) lab-lab undoshlari
D) sayoz til orqa undoshlari
68. Tarkibida undosh tovushlardan faqat ovozdorlar. ishtirok etgan so’zlar qatorini toping.
A) mehr, keng, sen
B) yomg‘ir, makon, nodon
C) ravon, mohir, nahor
D) ro’mol, nom, lola
69. Jarangli b undoshi qaysi qatordagi so‘zlar tarkibida jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi?
A) abjir, abgor
B) do‘mboq, bog‘bon
C) dabdaba, gumbaz
D) girdob, azob
70. Tiining old qismida hosil bo’ladigan jarangli tovushlarni toping.
A) ch, k B) r, I
C) b, m D) z, s
71. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jaranglisi qo’llangan so‘zlar qayd etilgan?
A) kajava, ajrim B) jola, janr
C) ajdod, vijdon D) jabr, gajak
72. Quyidagi qatorlarning qaysi birida ch tovushining jaranglisi qo’llangan so‘zlar qayd etilgan?
A) janr, ajdod
B) ajrim, kajava
C) juri, garaj
D) jemper, jurnal
73. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari lab tovushlaridan iborat?
A) papka, shapka, popuk
B) baraka, badbo’y, vafo
C) fabula, bayov, beva
D) bevafo, bomba, popup
74. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari til oldi tovushlaridan iborat?
A) diyda, joynamoz, latofat
B) dilozor, jondor, larza
C) jirttaki, iaparchi, lahza
D) latta, nojins, jodugar
75. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat ovozdorlardan iborat?
A) mosh, mos, makon
B) jang, mo‘g‘ul, nav
C) malol, marom, marmar
D) marshal, mars, makon
76. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat?
A) kukun, katak, grek
B) egik, go‘ng, kakao
C) kakku, kek, keyin
D) ko‘k, gala, geolog
77. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari burun sonorlaridan iborat?
A) namoyon, nemis, nomus
B) paxta, mo’may, mo‘min
C) manman, mazmun, mina
D) namuna, mangu, manman
78. Qaysi yasama so‘zda jarangli undosh ishtirok etmagan?
1) to‘shak; 2) qochoq; 3) ko‘zla; 4) paxtakor; 5) shashka; 6) teshik; 7) chopish
A) 1, 4, 5, 7 B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 6
79. Qaysi yasama so‘z o‘zagida jarangsiz undoshlar mavjud emas?
A) ranjimoq B) ko‘zlamoq
C) to‘shak D) balandroq
80. Qaysi qatordagi yasama so‘z unli va jarangli undoshlardan iborat?
A) ko’makdosh B) gulchi
C) ulg‘ay D) gaplash
81. O’zbektilida nechta yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydigan tovush bor?
A) bunday tovush yo‘q
B) 1 ta
C) 2 ta D) 3 ta
82. Qaysi qatorda ovozdor portlovchi undoshlar berilgan?
A) b,v, d B) m, n, ng
C) l,m D) g, l, m
83. Qaysi qatorda ovozdor sirg‘aluvchi undoshlar berilgan?
A) b,v, d B) m, n, ng
C) l,r D) g, l, m
84. Qaysi qatorda jarangli til oldi undoshi yo‘q?
A) d B)z ‘ C)m D) l
85. Nuqtalar o’rniga qaysi so‘zlarda bo‘g‘iz undoshini qo’yish mumkin?
1) ...ayr; 2) ...ayol; 3) ...ovuz; 4)
a. ..vol; 5) za...ira
A) 2, 3, 4, 5 B) 3, 4, 5
C) 1, 3, 5 D) 3, 4
86. «Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?» Ushbu gapda nechta jarangli undosh mavjud?
A) 20 ta B) 22 ta
C) 23 ta D) 24 ta
87. Ikkinchi bo’g‘inida «u» unlisi ishtirok etmaydigan so’zni toping.
A) bugin B) unit
C) mudir D) dovir
88. «Soat» so’zi qayerda «sohat» tarzida talaffuz qilinadi?
A) Toshkentda
B) Namanganda
C) Surxondaryoda
D) Farg‘onada
89. «Soat» so’zi qayerda «sog‘at» tarzida talaffuz qilinadi?
A) Toshkentda
B) Namanganda
C) Surxondaryoda
D) Farg‘onada
90. «o‘» harfi qaysi so’zlarda torroq aytiladi?
A) ko‘l, jo‘ra B) bo’ri, qo‘ri
C) xo’roz, ro’mol D) o‘s, xo‘roz
91. «o‘» harfi qaysi so‘zlarda kengroq aytiladi?
A) ko‘l, bo‘ri
B) ko‘l, cho‘l
C) xo‘roz, ro‘mol
D) jo‘ra, mo’tabar
92. «e» harfi qaysi so‘zda «i»ga monand aytiladi?
A) kecha B) ekran
C) ne’mat D) okean
93. «a» harfi qaysi so’zda «o» kabi aytiladi?
A) tonna B) noyabr
C) savob D) okean
94. Unli va undosh fonemalar o‘rtasidagi farqlarni toping.
1) to‘siqqa uchrash-uchramaslik belgisi; 2) shovqin belgisi; 3) bo‘g‘in hosil qilish-qilmaslik belgisi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3
C) 1, 3 D) 2, 3
95. Qaysi qatorda nutqda jarangli undoshlarning jarangsizlanishi natijasida yuzaga kelgan omofonlar mavjud?
A) Erkin yettiga yetdi
B) Tursun tomda tursin
C) Guvoh sudga ketdi, qo’shnim sutga ketdi
D) Hammasida mavjud
96. Tarkibida portlovchi tovush qatnashgan so’zni toping.
A) bozor B) xayol
C) g‘oz D) sehr
97. Tarkibida sirg‘aluvchi tovush qatnashgan so‘zni topjng.
A) bodom B)katta
C) taqozo D)gado
98. Qaysi javobdagi so‘zlarda tovush va harflar soni teng emas? -
A) non, buyuk B)yog‘, suv
C) yosh, tong D)yurak, ot
99. Tovushlarning paydo bo’lishi va ularning akustik xususiyatini o’rganuvchi tilshunoslik boiimi qaysi?
A) gfrafika B) fonetika
C) fonologiya D) orfografiya
100. Ma’no anglatishda ishtirok etgan nutqning eng kichik qismi nima?
A) fonema B) harf
C) leksema D) morfema
101. «ng» bir tovushni bildirmaydigan so‘zni toping.
A) yangi B) dengiz
C) bordingiz
D) hammasida «ng» bir tovushni bildirgan
102. Oxirgi bo‘g‘inida «i» qatnashadigan so’zni toping.
A) direktor B) termos
C) radiator
E) hammasida «o» harfi yoziladi
103. Qaysi qatordagi so’z talaffuz qilinganda undagi til oldi undoshi lab undoshi sifatida aytiladi?
A) bugun B) yakshanba
C) topgan D) birinchi
104. F undoshi qaysi so’zda v tarzida aytiladi?
A) afzal B) afg‘on
C) dilafro‘z D) futbol
105. Qaysi so‘zlar undosh va old qator unlilardan iborat? 1) anor; 2) lochin; 3) tovuq; 4) haqiqat; 5) bilim; 6) xo’roz; 7) gilam; 8) g‘o‘za; 9) g‘azab; 10) sanoq
A) 4,5, 7, 10
B) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
C) 4, 5, 7, 9
D) 2, 4, 6, 9, 10
106. O’zbekalifbosidagi nechta tovush so’z yasovchi qo’shimcha vazifasini ham bajaradi?
A) 9 ta B) 7 ta
C) 10 ta D) 8 ta
107. O’zbekalifbosidagi nechta undosh tovush so‘z yasovchi qo’shimcha vazifasini ham bajaradi?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8
ta
108. O’zbekalifbosidagi nechta tovush shakl yasovchi qo‘shimcha vazifasini ham bajaradi?
A) 11 ta B) 10 ta
C) 12 ta D) 13 ta
109. O’zbekalifbosidagi nechta undosh tovush shakl yasovchi qo’shimcha vazifasini ham bajaradi?
A) 11 ta B) 10 ta
C) 9 ta D) 8 ta
110. «b» va «m» harflaridan oldin qaysi undosh talaffuzda «m» tarzida aytiladi?
A) p B) m C) n D) v
111. 0‘zlashma undoshlar qaysilar?
A) j, f B) v, f C) j, v D) j, z
112. Qaysi olinma so‘zlarning oxirgi bo’g‘inidagi unli tovush talaffuz qilinmaydi?
A) obraz, traktor, rektor
B) motor, geolog, direktor
C) termds, okean, vodorod
D) obraz, monolog, geograf
113. Qaysi qatorda bir tovush ikki harf bilan ifodalangan?
A) ingliz, kongress
B) otangiz, yongan
C) tenglama, dengiz
D) singan, shtanga
114. Qaysi qatorda bir sirg‘aluvchi tovushdan iborat so’z yasovchi qo’shimcha berilgan?
A) sanoq B) sayroqi
C) tanlov D) chiziq
115. Qaysi qatorda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratish uchun ishlatilgan?
A) san’at, sur’at, tal’at
B) shu’la , ma’naviyat, sur’at
C) ma’naviyat, shula, mas’uliyat
D) su’rat, tal’at, shula
116. Qaysi qatordagi so’zlar sirg‘aluvchi j tovushini ifodalaydi?
A) ajdod , jajji, vijdon
B) jo‘ja, jurnal, jig‘ildon
C) jirafa, garaj, budjet
D) vijdon, jo‘ra, javon
117. Qaysi qatorda faqat unli va portlovchi undoshlardan tashkil topgan so‘zlar qatori berilgan?
A) maydon, bobo, jannat
B) mato, bobo, jo‘ja
C) jo’ra, koi, mard
D) maydon, mard, jannat
118. Qaysi qatorda bir portlovchi tovushdan iborat so‘z yasovchi qo’shimcha berilgan?
A) taroq B) sayroqi
C) tanlov D) tiniq
119. Jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan yasama so’zni toping.
A) yolg‘ondakam B) bejirim
C) lolazor D) gulsiz
120. Yonma-yon kelgan portlovchi undoshlar qaysi so’z tarkibida mavjud?
A) qingir B) nashriyot
C) hamfikr D) iqtisod
121. Qaysi yasama so‘z tarkibida sirg‘aluvchi undosh mavjud?
A) sovuq B) shoshilmoq
C) kechik D) qatiq
122. b va k tovushlari qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub boiadi?
A) lab yoki tish undoshlariga oidligiga ko’ra
B) jarangli yoki jarangsizligiga ko’ra
C) tilning qayerida paydo bo’lishiga ko’ra
D) portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
123. Qaysi so’zdagi til oldi undoshi og‘zaki nutqda boshqa til oldi undoshi sifatida talaffuz qilinadi?
A) uchta B) to‘qson
C) tanob D) tubsiz
124. Qaysi so‘z tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin?
1) tamba; 2) tovon; 3) tarz; 4) rasm; 5) sharm; 6) tilla
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5
C) 1,2, 3,4 D) 1,2, 3, 4, 5
125. Qaysi so‘zda yonma-yon kelgan undoshlarning oldingisi boshqa jarangli tovush sifatida talaffuz etiladi?
A) tanbeh B) to‘qson
C) taskin D) taqsim
126. Qaysi undoshlar til undoshlari hisoblanadi?
A) y, g, q B) v, f, m
C) b, n, m D) m, x, s
127. Qaysi so’zda qator kelgan undoshning keyingisi ta’sirida oldingisi ham unga 0‘xshab talaffuz qilinadi?
A) o’qibdi B) yozsin
C) yurakka D) ketdi
128. Qaysi so’zni talaffuz qilganda oldingi tovush keyingi tovushni o’ziga moslab keladi?
A) taraddud B) tuzsiz
C) to‘qson D) qochdi
129. Qaysi yasama so‘z o’zagida jarangsiz undoshlar mavjud emas?
A) gulduramoq B) ikkilanmoq
C) yig‘ishtirmoq D) balandroq
130. Qaysi yasama so’zlarda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan?
1) ranji; 2) ozay; 3) loialar; 4) ulamang; 5) ommaviy; 6) beshikchi; 7) jimjimador
A) 1,2, 5,7 B) 1,2, 4, 5
C) 1, 2, 4, 6 D) 2, 3, 6
131. Qaysi so‘z talaffuzida ikki jarangsiz tovush bir-biriga moyillashadi?
A) tuzsiz B) ketdi
C) maqsad D) zarur
132. Qaysi so’z tarkibida portlovchi undosh mavjud?
A) yuzsiz B) vositasiz
C) foizsiz D) suvsiz
133. Portlovchi undoshlar yonmayon kelgan so‘zni toping.
A) soxtalik B) hamroh
C) iqtisod D) dardsiz
134. z undoshi til undoshlarining qaysi turiga mansub?
A) til oldi B) til o‘rta
C) sayoz til orqa D) lab-lab
135. Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so!zni toping.
A) ommabop B) vafoli
C) pishiq D) basavlat
136. Shakl yasovchi qo‘shimcha vazifasida qaysi undoshlar qoilana oladi?
A) v, l, z, d B) y, ch, k, z
C) r, v, k, m D) sh, t, y, b
137. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bolmagan til orqa jarangli undosh berilgan?
A) m B) l
C) g D) ng
138. Quyidagi berilgan qaysi so’zlarda jarangli jufti yo‘q jarangsiz sirg‘aluvchi undosh qatnashgan?
A) ogohlik, halol
B) vazifa, suvchi
C) toshqin, sholi
D) soat, ko’chat