XX asrning 70—80-yillarida O‘zbekistonda xalq ta’limi
“
”
Tayyorladi: Haitov Zikrullo
Xalq ta’limi tizimida muhim o‘rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari Respublikamiz hayoti
bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikamizda hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o‘quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori
bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jamiyatimizdagi mavjud maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga yetishi, bir butun shaxs sifatida shakllanishiga nihoyatda kam e’tibor berilar edi. Natijada umumiy ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, shakl va metodlari, yosh avlodni har
tomonlama shakllangan yaxlit shaxs sifatida shakllantirishga mos kelmay qoldi.
Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi
Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi.
Islohotda umumiy o‘rta ta’lim o‘n bir yillik bo‘lib, I—IV sinflar — boshlang‘ich maktab, V—IX sinflar esa to‘liqsiz o‘rta va X—XI sinflar — barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. Shuningdek, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o‘rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o‘qitish nazarda tutiladi. Hunar-texnika ta’limi esa qayta tubdan o‘zagrtirilib, “O‘rta hunar-texnika bilim yurtlari”ga
aylantirildi.
O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagifaol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi
maktablar saqlanib qolindi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limi tizimining o‘zgarishi bilan, oliy o‘quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari,talablari ishlab chiqiladi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishinio‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun islohot taqozo etganidek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’limning mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari va darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish,ortiqcha ikkinchi darajali materiallardan xalos etish zarur edi
O‘quv fanlarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim mazmunining politexnik yo‘nalishinita’minlash masalasi asosan amalga oshiriladi. O‘quv darsliklari, metodik qo‘llanmalar yaratildi; o‘quv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (I—II sinflarda), “Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari” (X—XI sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X—XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (VIII—X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi va o‘qitilmoqda, o‘qituvchilar mehnatiga tabaqalashtirib haq to‘lash joriy etildi, o‘qituvchilar malakasini oshirish va qaytadan tayyorlash masalasida ijobiy siljishlar ro‘y berdi, o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tarbiyasining mazmuni takomillashtirildi; hunar-texnika ta’limi tizimida ishchi xodimlar tayyorlash kengaytirildi; maorifning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalasiga nisbatan jamoat tashkilotlariningmunosabatlari birmuncha o‘zgargandek tuyuldi.
Biroq, bu o‘zgarishlar ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, uyushtirish uchun yetarli emas edi, albatta. Islohot birinchidan, “qayta qurish” sharoitida, maktab islohotining evolyusion xarakterga egaligi, maktab ishining mazmuni, ilmiy-pedagogik kadrlar, moddiy-texnikaviy ta’minlanish, boshqarishning tubdan o‘zgartirilmaganligi ta’lim-tarbiyaning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Islohni amalga oshirishdagi tashkilotchilik ishlarining yetarli bo‘lmayotganligi, boshqarishdagibyurokratik metodga asoslanilayotganligi, xalq xo‘jaligining ehtyojiga mos ravishda kadrlar tayyorlash mo‘ljallanmaganligi ham islohot talablarini qiyinchilik bilan ham etilayotganligiga sabab bo‘ldi.Bular esa o‘z navbatida ta’limtarbiya saviyasini oshirishga salbiy ta’sir etdi.
Shuni qayd etish zarurki, o‘zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. O‘qish-o‘qitishda Yevropa, xususan rus tizimi qabul qilindi. Yangi davrdagi zamonaviylashtirishning “bilimdon” va “zukko” tashkilotchilari ming yillik yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, natijada maktablarimiz o‘quv-tarbiyaviy ishlar va xalq ruhiyatidan deyarli ajralib qoldi, avlodajdodlarimizning dunyoviy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy merosi esa umuman o‘qitilmay, o‘rgatilmay tashlab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |