54
Aholi daryo bo‘yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. Dehqon-
chilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning
rivojlanishi
aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan. Bu hol
Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat
yaratgan.
Qadimgi Xitoy davlati tarixi quyidagi to‘rt davrga bo‘lib o‘rganiladi:
– Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi – Shan (In) davlati (mil.
avv. XVIII–XII asrlar);
– Chjou davlati (mil. avv. XI–III asrlar);
– Sin podsholigi (mil. avv. 221–207-y.);
– Xan podsholigi (mil. avv. 206-yildan milodning 220-yiligacha).
So‘nggi davr Qadimgi Xitoyning quldorlik davlatining feodal
davlatga o‘sib o‘tishi bilan xarakterlanadi.
Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi svilizatsiyaning dastlabki o‘choqlari
miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa
boshlagan. Bu vaqtga kelib In qabilalarida urug‘ aristokratiyasining
boshqaruvchi tabaqasi ajralib chiqqan.
Xitoy manbalarida
aytilishicha, Qadimgi Xitoyda davlat miloddan
avvalgi XVIII asrda Sya qabilasining Shan qabilasi tomonidan bosib
olinishi natijasida tashkil topgan. O‘sha vaqtda shan qabilasi boshlig‘i
Chen Tan ismli shaxs davlatga asos soladi. Shu bois u hukmdor
qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atalgan. Shan sulolasi
qulaganidan so‘ng In degan nom yuritilgan. Chen Tan Xitoyning birinchi
podshosi (podsho – van) bo‘lgan.
Dastlabki davlatning tashkil topishi avvalo
ishlab chiqarish, yer va
suvni boshqarish va ulardan foydalanish, hududlarni himoya qilish
zaruratidan kelib chiqqan. Qolaversa, ibtidoiy tuzum organlari katta
hududni boshqarish uchun yaramay qolgan. Shu maqsadda maxsus davlat
apparati tashkil etilgan. Bu butun ilohiylashtirilgan van, butun jamoaga
qarama-qarshi turuvchi boshqa kishilardan iborat ma’muriy apparatning
tashkil etilishida namoyon bo‘lgan.
Shunday qilib, davlat ichki taraqqiyot mahsuli sifatida xo‘jalik va
ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi oqibatida mulkiy tengsizlik va
tabaqalanishning paydo bo‘lishi va urug‘doshlik tuzumining yemirilishi
natijasida tashkil topgan.
Xitoyda davlatning tashkil topish xususiyati shundaki, ibtidoiy jamoa
tuzumidan sinfiy jamiyatga o‘tish jarayoni bir xalqning boshqasi
tomonidan bo‘ysundirilishi ta’sirida tezlashgan.
55
Shan (In) davlati miloddan avvalgi XII asrda
ichki ziddiyatlar sababli
inqirozga uchraydi. Uning tarkibidagi Chjou qabilasi boshchiligida Shan
davlati o‘rnida Chjou davlati tashkil topgan.
Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagi 3 davrga bo‘linadi:
– G‘arbiy Chjou (mil. avv. 1122–742-y.);
– Sharqiy Chjou (mil. avv. 770–403-y.);
– urushqoq podsholiklar davri (mil. avv. 403–221-y.).
Miloddan avvalgi IX asrda ichki va tashqi omillar sababli g‘arbiy
Chjou davlati yemiriladi. Mamlakat bir qancha mustaqil davlatlarga
bo‘linib ketadi. Miloddan avvalgi 770-yilda podsholik poytaxti Xoadan
Loyanga ko‘chiriladi. Shundan keyin Sharqiy Chjou podsholigi davri
boshlangan.
Sharqiy Chjou podsholigi davri iqtisodiy va siyosiy hayotdagi yirik
o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Miloddan avvalgi VII–IV asrlardagi
urushqoq podsholiklar yoki
besh hokim davrida Si, Szin, U, Chu va Yuz
kabi mayda podsholiklar o‘rtasida o‘zaro urushlar davom etgan. So‘ngra
konfutsiylik dini targ‘ibotchilari va xalqning birlashish zarurati tufayli 7
ta yirik Xitoy podshohliklari atrofida turli mintaqa va xalqlarning
yaqinlashuvi yuz beradi.
Miloddan avvalgi IV asrda kuchayib ketgan Sin podsholigi miloddan
avvalgi 221-yilda mamlakatni birlashtirib, yagona Sin podsholigiga asos
soladi. Bu davrda mukammal qonunchilik tizimi joriy etiladi. Davlatni
markazlashtirishga qaratilgan islohotlar o‘tkaziladi.
Podsho In Chjen
davrida (mil. avv. 241–210-y.) sharqiy, shimoliy va janubiy hududlar
hisobiga yirik imperiyaga asos solinadi.
Miloddan avvalgi 209-yilda ijtimoiy ahvolning yomonlashishi
sababli butun mamlakatda xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tadi. Unga Lyu
Ban ismli qishloq oqsoqoli boshchilik qiladi. Sin davlati halokatga
uchraydi. Miloddan avvalgi 202-yilga kelib Lyu Ban tarafdorlari g‘olib
chiqib, u o‘zini yangi Xan sulolasining podshosi deb e’lon qiladi. Shu
tariqa Sin podsholigi tugatilib, o‘rnida Xan podsholigi paydo bo‘lgan.
Xan podsholigi davrida podsholar Chun va Man tomonidan
mehnatkashlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan ma’muriy, yer, soliq va
pul islohotlari amalga oshiriladi.
Milodiy II asrning ikkinchi yarmiga kelib Xitoyda siyosiy va ijtimoiy
hayotda og‘ir vaziyat vujudga keladi. 220-yilda Xan podsholigi Vey, Shu
va U kabi davlatlarga bo‘linib ketadi. Bu Xitoy tarixida
Uch podsholik
davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o‘z nihoyasiga yetgan.
56
Shan (In) podsholigining ijtimoiy tuzumi dunyoviy aristokratlar,
kohinlar, bo‘ysundirilgan qabilalarning aristokratlari, erkin jamoachi
dehqon (nunfu)lar va qullardan iborat bo‘lgan. Barcha yerlar jamoa va
xususiy yerlarga bo‘lingan. Jamoa davlatda juda katta rol o‘ynagan.
Qullarning manbai urush, qarz, o‘lpon va jinoiy javobgarlik hisoblanadi.
Ulardan xo‘jalikning turli sohalarida foydalanilgan. Keyingi davrlarda
savdogarlar, harbiylar, quldor hamda xizmatchi zodagonlarning
mavqei
osha boshlaydi. So‘nggi davrda ijtimoiy tuzumda jiddiy o‘zgarish
kuzatilmaydi.
Davlat tuzumida dastlabki davrlarda urug‘-qabila harbiy
demokratiyasi saqlangan. Lekin, vaqt o‘tgan sari butun hokimiyat podsho
qo‘lida to‘plangan. Ularning hokimiyati ilohiylashtirilgan. Podsho
birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng
katta ruhoniy hisoblangan. Davlat apparatiga u boshchilik qilgan. Barcha
mansabdor shaxslar oliy dunyoviy, harbiy va diniy
amaldorlarga
bo‘lingan. Yuqori davlat lavozimlariga uning yaqinlari va qarindosh-
laridan tayinlangan. Quyi mansablar esa kasb bo‘yicha amaldorlarga
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: