37
yozma qonunchilik ancha taraqqiy etgan. Ayniqsa Ramzes II podsholigi
davrida jamiyat va davlatni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab qonunlar
chiqarilgan.
Miloddan avvalgi VIII asrda Bokxorisning 8 ta kitobi (qirq noma)dan
iborat katta kodeksi paydo bo‘lgan. Ular qarzdorni qarz uchun qulga
aylantirishni taqiqlash, yerni sotish va garovga qo‘yish shartnomalarini
tuzishni belgilagan. Natijada huquqni qo‘llash kohinlardan
tashqari
fuqarolar tomonidan ham amalga oshirilgan.
Miloddan avvalgi VI asrda podsho Amasis mahalliy hokimiyat
faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar chiqargan.
Manbalarda keltirilishicha, «sud zali qonunlari», «vazirga yo‘riq-
noma» kabi huquqiy hujjatlar ham mavjud bo‘lgan. Misrliklarning
muqaddas kitobi «Murdalar kitobi» bo‘lgan.
Huquq manbalari sirasiga odat huquqi, qonunlarni, oliy mansabdor
shaxslar farmoyishlarini, podsho va jatining sud ishlari bo‘yicha
chiqargan qarorlarini ham kiritish mumkin.
Qadimgi Misr huquqida mulk huquqi, majburiyat huquqi, oila
huquqi, meros va jinoyat huquqi nisbatan ajralib chiqqan sohalar sifatida
namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sud jarayoni ham alohida o‘rganishga
molik.
Mulk huquqi predmeti sifatida yer
va mehnat qurollari, harakatdagi
ashyolar hisoblanadi. Butun yerlar rasman podsho mulki hisoblansa-da,
yerga egalikning bir qancha huquqiy shakllari mavjud bo‘lgan. Podsho
tomonidan hadya, mukofot yoki majburiyat asosida berilishi natijasida
xususiy yerlar shakllangan. So‘nggi davrlarga kelib ibodatxona yerlari
mustaqil boshqarilgan.
Ibodatxona yerlarida foiz hisobiga ishlovchi dehqonlar
yerlaridan
davlat xazinasiga renta solig‘i olingan. Soliqni to‘lay olmagan dehqonlar
dastlabki davrlarda yerdan haydab yuborilgan. Miloddan avvalgi XIV
asrga kelib bu holat taqiqlanib, turli tan jazolari (qamchi bilan savalash)
berilishi nazarda tutilgan.
Majburiyatlar asosan shartnomalardan kelib chiqqan. Shartnomalar
dastlab kohinlar va mansabdor shaxslar oldida og‘zaki qasam ichish
orqali tuzilgan. Miloddan avvalgi VIII asrda, Bokxoris davrida
shartnomalar diniy tartibdan xolos etilgan. Shartnomalarning haqiqiyligi
uchtagacha dalolatnoma, ya’ni bitim tuzish orqali mustahkamlangan.
Ularning obyekti yer, urug‘ va boshqa vositalar bo‘lgan.
Shartnomalarning keng tarqalgan
turlari oldi-sotdi, qarz, mulkni
ijaraga berish, oddiy shirkat shartnomalari (birgalikdagi faoliyat
38
to‘g‘risidagi), yuk tashish va omonat saqlash shartnomalari hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Qadimgi Misrda asosiy o‘lchov
qiymati, ayriboshlash vositasi dastlab don, so‘ngra oltin va keyinchalik
Osiyo kumushi hisoblangan.
Oilada ko‘pgina materiarxat qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan,
aka-singil, opa-ukalar o‘rtasidagi nikoh keng tarqalgan. Onaning
otasi va
akasi katta hurmatga ega bo‘lgan. Ayollar juda yuqori mavqega ega
bo‘lgan. Keyinchalik oilada erning huquqlari mustahkamlanib, xotin u
bilan teng huquqli hisoblanmay qo‘yilgan. Ko‘p xotinlilikka ruxsat
berilgan.
Nikoh shartnoma asosida tuzilgan. Nikoh va ajralish bilan bog‘liq
xarajatlar erning hisobidan qoplangan. Er oilasining butun mulkini
xotinga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma vazir tomonidan tasdiqlanishi
shart bo‘lgan. Ajralish xotinning xohishi bilan bo‘lsa, u erdan ma’lum
miqdorda mablag‘ olgan.
Farzandlar ota mulkiga meros huquqiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida
teng taqsimlangan. Agar er-xotin ajralishsa,
erning mulki farzandlar
o‘rtasida taqsimlanishi uchun katta o‘g‘liga o‘tgan. Katta o‘g‘il imtiyozga
ega bo‘lgan.
Misr huquqida vasiyat ham amal qilgan. Meros vasiyat asosida
alohida shaxslarga ham qoldirilishi mumkin bo‘lgan. Vasiyat asosida
merosxo‘rlar zimmasiga qurbonliklar qilish yuklatilishi mumkin bo‘lgan.
Misr huquqida jinoyat deb tan olinadigan xatti-harakatlarning ancha
keng doirasi ma’lum. Ularni ijtimoiy tuzumga, davlatga, diniy qoidalarni
buzishga va shaxsga qarshi jinoyatlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy tuzum,
davlat, din va shaxs hayotiga qarshi jinoyatlarga eng og‘ir jazolar
tayinlangan.
Davlatga qarshi jinoyatlarga aybdor
butun oilasi bilan javobgar
bo‘lgan. Bu jinoyatlar quyidagilar hisoblangan: davlatga xiyonat qilish,
qo‘zg‘olon ko‘tarish, fitna uyushtirish. Diniy qoidalarga qarshi jinoyatlar
afsungarlik, qo‘shiq yaratish, muqaddas hisoblangan hayvonlarni o‘ldirish
kabilar bo‘lgan.
Jazolar tizimi juda og‘irligi bilan ajralib turadi. Jazoning asosiy
maqsadi qo‘rqitish bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, davlat tashkil topishi
bilan qonli o‘ch olish odati, xun olishlar bekor bo‘lgan.
Jazolar tizimida o‘lim va tan jazosi eng ko‘p tarqalgan. Shuningdek,
qamchi bilan urish, surgun qilish, majburiy ishlarga jo‘natish,
turmada
saqlash, jarima va obro‘sizlantirish jazolari ham qo‘llanilgan. Odatda,
39
jinoyatni sodir etishdagi asosiy tana a’zosi kesib tashlangan. Masalan,
davlat sirini oshkor etganning tili kesilgan.
Mansabdor shaxslarni o‘zini o‘zi o‘ldirishga ruxsat berilgan.
Ibodatxona mulki o‘g‘irlansa tan jazosi bilan birga zararni 100
baravargacha qoplash shart bo‘lgan. Shuningdek, aybdor qulga, erkin
kishilar qaram ishchiga aylantirilishi mumkin bo‘lgan.
Quyida ayrim jinoyat turlari va ularga nisbatan qo‘llanilgan jazolar
haqida misol keltirib o‘tamiz. Qabrni buzib o‘g‘irlik sodir etsa,
aybdorning quloqlari va burni kesilgan hamda qoziqqa o‘tqizilgan. Eriga
xiyonat etish og‘ir jinoyat
hisoblanib, xiyonatkor xotinning burni kesilib,
sherigiga kastratsiya jazosi berilgan.
Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish bir xil
bo‘lgan. Ishlar jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
Prokurorlik vazifasi jabrlanuvining o‘ziga berilgan bo‘lib, jazo turi va
miqdorini ko‘rsatib bergan. Ko‘rsatmalar qasam ichish yo‘li bilan
mustahkamlangan. Sudya kimning foydasiga ishni hal qilsa, indamay
turib haqiqat timsoli – xudo Maatning tasvirini uning labiga tekkizgan.
Do'stlaringiz bilan baham: