Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Ⱥɡɚɦɚɬ Ɂɢɺ. ȸɡɛɟɤ ɞɚɜɥɚɬɱɢɥɢɝɢ ɬɚɪɢɯɢ: (ɗɧɝ ԕɚɞɢɦɝɢ ɞɚɜɪɞɚɧ Ɋɨɫɫɢɹ
ɛɨɫԕɢɧɢɝɚ ԕɚɞɚɪ). –Ɍ., 2000. – Ȼ. 76.
2
 O‘sha manba. – Ȼ. 77.


 27
VI asrning oxirgi choragida Turk xoqonligi davlatga asos solgan 
sulola namoyandalari o‘rtasidagi (asoschilar va davlat hududining 
kengayishida ulkan hissa qo‘shgan Ashina sulolasi namoyandalari – 
Bo‘min (Tuman), uning kichik o‘g‘li Mug‘anxon) kurash natijasida 
poytaxti Mongoliyada bo‘lgan Sharqiy Turk xoqonligi va markazi 
Yettisuvda bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linadi. O‘zbekiston 
hududi G‘arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan. 
Turk xoqonligida hokimiyat tepasida urug‘, qabila boshliqlari 
qurultoyida saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila, urug‘ 
boshliqlaridan iborat kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga molik 
masalalar muhokama qilinib tegishli qarorlar qabul qilingan. Bundan 
tashqari, davlat hayotida xoqon maslahatchilari, o‘lkalar hokimi, davlat 
arboblarining roli katta bo‘lgan. O‘lkalarda hokimiyat hokimlar qo‘lida 
to‘plangan. Hokimlik lavozimini o‘lkalardagi hukmron sulolalar vakillari 
egallagan. Hokimlarning bir necha muovinlari bo‘lgan. Har bir hokim 
huzurida hisob-kitob ishlarini olib boruvchilar, soliq yig‘uvchilar, 
qo‘riqchilar va boshqalardan iborat apparat bo‘lgan. Xoqon va alohida 
o‘lkalarning hokimlari otliqlar va piyodalardan iborat shaxsiy 
gvardiyasiga ega bo‘lganlar. Turk xoqonligi davlati O‘rta Osiyo 
hududlarining arablar tomonidan bosib olinishi bilan tugatildi. 
Xoqon hokimiyati meros tariqasida o‘tgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, 
ota doimo o‘z o‘g‘liga taxtni meros tariqasida qoldiravermay, balki undan 
kattaroq turgan qarindoshlariga qoldirishi lozim bo‘lgan. Bundan tashqari, 
shunday hollar bo‘lganki, taxt sohibini ulus oqsoqollari tayinlagan. 
Manbalarda xoqon tayinlashning alohida tartibi bo‘lganligi haqida 
ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Xitoy manbalarida yozilishicha, yirik 
amaldorlar taxt vorisini kigizga o‘tqazib, quyosh harakati asosida, ya’ni 
sharqdan g‘arbga tomon to‘qqiz marta doira bo‘ylab aylantirganlar. 
To‘qqiz soni turkiy tilli xalqlarda aziz hisoblanadi. Har bir aylanishda 
marosimda ishtirok etuvchilar xoqonga ta’zim qilganlar va bu bilan o‘z 
itoatkorliklarini anglatganlar. Shundan so‘ng uni otga mindirib bo‘yni 
uzra ipak mato qattiq siqqanlar darhol bo‘shatib, undan necha yil 
hukmdor bo‘lishi haqida so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan, 
shu muddat tugagandan keyin taxtdan ketgan.  
Tarixiy manbalarda Turk xoqonligining markaziy va mahalliy davlat 
organlarida xizmat qilgan ba’zi mansabdorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
uchraydi. Jumladan, davlat boshqaruvida xoqondan keyin turuvchi 
mansabdor shaxs «Yabg‘u» (Bahodir) bo‘lgan (masalan, Istami yabg‘u). 
Ammo yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmagan. Taxt vorisi «tegin» 


 28
(shahzoda) deb atalgan. «Tudun» unvoni hukmdorning joylardagi 
noiblariga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj, soliq ishlarini 
nazorat qilganlar. 
Xitoy manbalarida Sharqiy turk xoqonligining quyidagi mansabdor 
shaxslari haqida ma’lumotlar keltiriladi: oliy martabalar orasida eng 
ulug‘i shexu (jabg‘u), keyin dele, uchinchisi esa silifa, to‘rtinchisi tumafa, 
(qolgan) kichikroq darajadagi mansablarda 20 kishi band. Ularning 
mansablari merosiydir... Qo‘riqchilarni esa fuli (bo‘ri) deb ataydilar.  
Turk xoqonligida, keyinchalik G‘arbiy Turk xoqonligida markaziy 
davlat hokimiyat va boshqaruv organlari ulkan hududda tinchlik va 
osoyishtalikni ta’minlash, davlat soliq siyosatini amalga oshirish, 
mamlakatni tashqi dushmanlardan mudofaa qilish, ichki va tashqi savdoni 
rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish, 
mahalliy davlat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish kabi 
vazifalarni bajarganlar. 
Eramizning boshlaridan VII asrga qadar bo‘lgan davrda, ya’ni arablar 
hukmronligi o‘rnatilgan davrga qadar O‘zbekiston hududida amal qilgan 
huquq manbalariga oid ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan tarixiy 
huquqiy manbalar bizgacha juda kam yetib kelgan yoki deyarli yetib 
kelmagan. Xususan, 1932–1933-yillarda Mug‘ tog‘idan topilgan So‘g‘d 
hujjatlari mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston hududida amal qilgan 80 ta 
muhim tarixiy huquqiy hujjatlardan hisoblanadi. Ular orasida oila, nikoh, 
mulk huquqi, ijaraga berish, meros qoldirish bilan bog‘liq hujjatlar bor. 
Masalan, yerni sotish to‘g‘risidagi hujjatda shartnoma obyekti qayerda 
joylashgani, miqdori, oluvchi va sotuvchilar nomi, yerni sotib olgan 
shaxslarning yerdan foydalanish huquqi, shartnoma tuzishda ishtirok 
etgan shaxslar ko‘rsatilgan. 
Tegirmonni ijaraga berish haqidagi shartnomada uning joylashgan 
joyi, uni aylantiruvchi ariqlar, asbob-anjomlari, ijara muddati, sharti, 
ijaraga beruvchi va oluvchi, ularning huquq va majburiyatlari, 
shartnomani buzganlik uchun javobgarlik, shartnoma tuzish vaqtida 
qatnashgan guvohlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan. 
Hujjatlar orasida nikoh tuzish shartnomasi alohida ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu hujjatlar qadim va ilk o‘rta asrlardagi O‘zbekiston 
xalqlarining oila-nikoh va shu bilan bog‘liq mulkchilik va boshqa ijtimoiy 
munosabatlari haqida hikoya qiluvchi muhim yodgorlikdir. Har ikki hujjat 
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, birida turk zodagoni Uttakinning so‘g‘d ayoli 
bo‘lmish Dug‘dg‘unchaga uylanishi rasmiylashtirilsa, ikkinchisida kuyov 
Uttakinning Dug‘dg‘unchani turmushga berayotgan homiy otaxoni 


 29
Navekat shahrining (Yettisuv viloyatidagi qadimgi shahar) hokimi Cher 
oldidagi majburiyatlari bayon etilgan. 
Har ikkala hujjatning ilk o‘rta asr yuridik hujjati sifatidagi 
xususiyatlari mavjud deyish mumkin. Masalan, nikoh bitimi matnida: 
hujjat sanasi, kirish formulasi, ahdlashuvchi tomonlarning nomma-nom 
ta’kidlanishi; er-xotin bo‘lgach Uttakin va Dug‘dg‘unchaning birga 
yashashini ta’minlovchi shartlar bayoni, erga yuklangan majburiyatlar, 
xotin zimmasidagi vazifalar, erning o‘z majburiyatlarini bajargani 
chog‘ida xotin oldidagi javobgarligi; er tomonidan nikoh buzilgan holda 
xotinning mulkiy ta’minoti va erning boshqaga uylanish huquqi, nikoh 
xotin tomonidan buzilgan taqdirda erning mulkiy ta’minoti va xotinning 
boshqa er qilish huquqi; nikoh buzilgach xotin va uning bolalari erning 
sodir qilishi mumkin bo‘lgan jinoyati uchun, uning qullik va boshqa 
ijtimoiy tobe ahvolga tushib qolishi uchun javobgarlikdan ozod qilinishi; 
xotinning aybi bilan nikoh buzilsa er va uning bolalari xuddi shu kabi 
javobgarlik hamda tovonlardan ozod bo‘lishi; nikoh buzilgandan so‘ng 
har ikki tomon o‘zaro bir-birining taqdiri uchun javobgar emasligi haqida 
yana bir maxsus ta’kid; oxirgi bandda esa hujjatning qayerda tuzilgani, 
mansabdor shaxs, guvohlar va kotibning nomi aks etgan. 
Kuyovning majburiyatlari to‘g‘risidagi ikkinchi hujjatda ham xuddi 
shu kabi qator bandlar ko‘zda tutilgan: hujjat sanasi, kuyovning rasmiy 
majburiyatlari; turmushga uzatilayotgan qizning homiy otasi oldida 
kuyovning majburiyatlarini ifodalovchi bandlar; xotinni sotmaslik, 
boshqa yo‘l bilan uni qullik holatiga tushirmaslik, zodagonlik 
martabasidan mahrum etmaslik, agar xotin, kim tomonidan bo‘lmasin, 
tahqirlangan taqdirda ham uni homiy otaxoniga qaytarish; er yoki xotin 
tomonidan nikoh buzilgan taqdirda xotinni homiy otaxoniga qaytarish. 
Agar xotin o‘z homiy otaxoniga qaytarilmagan taqdirda ham kuyov 
to‘lashi lozim bo‘lgan tovonni, homiy otaxonning kuyov yoki uning 
vakilidan mazkur tovonni undirib olish huquqi; butun xonadon, 
jamoaning, hatto xonadon mehmonlarining ham kuyov majburiyatlari 
bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifalari; hujjatning tuzilgan joyi, 
mansabdor shaxs, guvohlar ro‘yxati va kotibning nomi – bular barchasi 
har ikkala hujjatning uzoq va chuqur an’anaga ega bo‘lgan yuridik ish 
hujjatlarining o‘rta asrlardagi mukammal namunasi ekanidan dalolat 
beradi. 
O‘zbekiston hududida huquq tarixini o‘rganishda muhim man-
balardan yana bir turkumi – turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, urf-odatlari 
va qoidalari aks ettirilgan turli yodnomalar hisoblanadi. Ularda 


 30
turkiylarning yurtni boshqarish, vorislik, taxtni egallash, mansab 
darajalari, xalq oldida xonlar va beklarning majburiyatlari, xoqonlarning 
huquqiy vakolat doiralari, adolat yuzasidan ish ko‘rishlari lozimligi, 
askarlik xizmati tartib-qoidalari, oila huquqi, uning axloqiy mezonlari, 
ayollar huquqini himoya qilish kabi holatlar o‘z aksini topgan. 
Shunday qilib, O‘zbekiston hududida qadimgi huquqiy manbalar 
o‘zining uzoq o‘tmishiga ega bo‘lib, ular orqali o‘sha davr ijtimoiy 
munosabatlari huquqiy tartibga solingan.  


 31
III BOB. QADIMGI SHARQ, YUNONISTON VA 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish